Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.
Kaftim ochiq qoladi,
Duolarim ostida.
Robbimga yuzlanaman,
Joynamozim ustida.
Koʻzlarimda yosh qalqir,
Qalbimda iymon balqir.
Shukronadaman axir,
Joynamozim ustida.
Kechirilish fikrida,
Dilim Robbim shukrida.
Zabonim Haq zikrida,
Joynamozim ustida.
Aslida Men bir gado,
Farzimni etib ado,
Jonim boʻlsaydi qazo,
Joynamozim ustida.
Men bir qulman Hojamga,
Shahanshox U olamga.
Labbay, deydi nolamga,
Joynamozim ustida.
Sabrimga bersin toʻzim,
Vaslin qurboni Oʻzim.
Yegʻlab qoraydi koʻzim,
Joynamozim ustida.
Jannatidan umidvor,
Namozla qilgum bezor.
Tunlari boʻlib bedor,
Joynamozim ustida.
Zorman marhamatiga,
Magʻfirati qastida.
Yo Rab Senla soʻzlashsam,
Joynamozim ustida.
Shodiyaxon Qosimova Saidgʻofur qizi