1447 йил 8 Рамазон | 2026 йил 26 февраль, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Tuyani bog‘lab qo‘yib tavakkul qil

04:30 / 05.01.2019 5993 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Chol va uning nabirasi bir kuni baliq ovlagani bordilar. Ko‘lning yaqiniga chodir tikdilar. To‘r-qarmoqlarini suvga tashlab chodirga qaytdilar. Bir soatdan keyin qarmoqdan xabar oldilar. Qarasalar, to‘rt-besh baliq ilingan ekan. Bolakay cholga qarab:  

– Bobo, men baliqlarni to‘rga ilinishini bilgandim, – dedi.

­– Qayerdan bilgan eding, ayt-chi?

– Qarmoqqa baliq ilinsin, deya duo qilgan edim.

To‘r-qarmoqni qaytadan tayyorladilar va tutgan baliqlarini pishirib, tanovul qilish uchun chodirga qaytdilar. Bobo va nabira qarmoqni nazorat qilish uchun suv yoniga bordilar. Qarashsa, yana baliqlar ilingan ekan.

Bolakay:

– Men yana baliqlar to‘rga ilinishini bilardim, – dedi.

Chol:

­– Endi qayerdan bilding?

Bolakay:

– Yana duo qilganim uchun baliqlar ilindi.

Qarmoqni suvga otib, chodir tomonga yurdilar. Yotishdan avval kelib, yana to‘rga qaradilar. Ammo unga birorta baliq tushmagan edi.

Bolakay:

– Baliqlar to‘rga ilinmasligini bilardim, – dedi.

Chol:

­– Qayerdan bilding?

Bolakay:

– Chunki bu safar duo qilmadim, shuning uchun baliqlar ilinmadi.

Chol:

­– Nega duo qilmading?

Bolakay:

– Negaki qarmoqqa xo‘rak qo‘yishni unutdingiz, shuning uchun duo qilmadim, baliqlar esa ilinmadi.

Bolaning oqilligini qarang, ne’matga erishish uchun duoning o‘zi emas, sa’y-harakat ham zarurligini anglagan edi.

Abdurahmon ibn Abu Laylo aytadi:

Bir kishi Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib: “Ey Allohning rasuli, tuyamni qo‘yib yuborib tavakkul qilayinmi yoki bog‘lab qo‘yibmi?” – deb so‘radi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uni bog‘lab, keyin Allohga tavakkul qil”,  ­– dedilar.


islom.uz portali tahririyati

Мавзуга оид мақолалар
6Akalar uyga qaytishdi, Yusufni esa quduq ichida qoldirishdi. Akalar ovqatlanib, oz orinlariga yotishdi. Yusuf esa quduq ichida, u yerda yotishga toshak yoq, ovqat ham yoq. Akalari Yusufni unutib, uxlashdi. Yusuf esa uxlamadi va hech kimni ham unutmadi. Endi Yaqub Yusufni, Yusuf esa Yaqubni esladi. давоми...

7401 07:40 / 28.03.2019
17Yusuf xabar berganidek Misr va Shomda hozirgi Suriya ochlik bor edi. Misrda shunday rahmdil kishi borligini Shom ahli va Ya`qub eshitdi .Albatta, Misrda ochiqko`ngil va saxovatli inson bor bo`lib, u yer xazinalari ustidadir. Odamlar uning oldiga borib, undan taom olardilar,.Ya`qub bolalariga pul давоми...

2769 07:30 / 29.05.2019
Odning yebichish, bekorchilik va o`yinkulgudan boshqa ishlari yo`q edi. Birbirlariga, baland qasrlar va keng uylarni qurishda maqtanishar edi. Ularning mollari suvda, loyda va toshlarda zoe bo`lib ketar edi. Biror bo`sh joy yoki baland yerni ko`rsalar, u yerga baland qasr qurardilar. Uylarni, xuddi давоми...

2800 10:00 / 26.12.2020
Qadrli bolajonlar, bugun siz bilan birovning uyiga yoki xonasiga kirish uchun ruxsat so`rashni o`rganamiz. Siz kimningdir xonadoniga borganda kirish uchun, avvalo uy egasini chaqirish kerakligini bilasiz. Eshik ochiq bo`lsa ham, ichkaridan uy egasini chaqirmasdan kirib ketish mumkin emas. Buni давоми...

4708 09:40 / 01.04.2019
Аудиолар

232037 06:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

150550 09:35 / 11.08.2021