1447 йил 25 шаъбон | 2026 йил 13 февраль, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Maydonga

16:00 / 20.02.2022 2512 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Va'da kuni choshgohda odamlar to‘p-to‘p bo‘lib uylaridan maydonga chiqishganini ko‘rasan. Bolalar, yigitlaru qariyalar, erkagu ayol maydonga qarab yurardilar. Uyda bemorlar va yura olmaydigan ojizlardan boshqa hech kim qolmadi.

Fir'avnning bosh shahri bo‘lmish Matariyya faqat sehr va sehrgarlar ismlari haqida gaplashar edi;

- Usvon shahrining eng katta sehrgari ham kelibdimi?

- Ha, yana tag‘in Uqsur, va Jiyza shahrining mashhur sehrgarlari ham shu yerda.

- Ey birodar nima deb o‘ylaysiz - kim yengar ekan?

- Misrning eng zo‘r sehrgarlari yig‘ilgan bo‘lsa, ularga kim ham bas kela oladi?!

- Muso va uning og‘asi sehr qilishni qachon-qaerda o‘rganibdiki, bu mashhur sehrgarlardan ustun chiqsa?!

- Muso saroyda katta bo‘lgan bir yigit. So‘ng Misrdan qo‘rqqan holda qochib ketgan edi. U Madyan shahrida bir necha yil bo‘lgan. Ikkovi sehrni qaerda o‘rgandi ekan!

Misrda sehrgarlikni o‘rganmagan edi. Madyanda esa sehrdan ta'lim beradigan fan borligini eshitmaganmiz.

Maydonda Bani Isroil ham umid va noumidlik orasida yuragini hovuchlab turardi. Ularda umidga qaraganda qo‘rquv hissi ko‘proq edi. Imron o‘g‘liga Allohning o‘zi rahm qilsin!

Bani Isroilga Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin!

Maydonga kibru g‘urur bilan sehrgarlar kirib kelishdi.

Turfa liboslarga burkangan bu zotlarning qo‘llarida aso va iplar bor edi.

Ular «bu kun bizning sehr kunimiz» deya sho‘x-shodon kelar edilar:

- Bugun shoh bizning nimalarga qodir ekanimizni ko‘radi.

Odamlarning o‘zi bizning afzalligimizga guvoh bo‘ladi!

«(Shundan keyin) sehrgarlar Fir'avn oldiga kelishib: «Agar biz g‘olib bo‘lsak,albatta (katta) mukofot (berursan)» deyishdi».

«U: «Ha, (agar g‘olib bo‘lsangizlar) albatta sizlar mening yaqinlarimdan bo‘lursizlar» dedi.

Shohlar beradigan mukofot mana shunday bo‘ladi. Kishilar shu mukofot bilan aldanadi. Botir-pahlavonlar shu mukofot bilan ovlanadi. Sehrgarlar Fir'avnning va'dasini eshitib behad shod bo‘ldilar.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Гўзал тарбия олган фарзандларгина чинакамига .жаннат райҳонлари, деб мақталади. Инсонийликдан чекинган, тарбияси бузуқ болалар эса жамият зараркунандасига давоми...

3382 16:07 / 05.08.2019
Ey, farzandTavhid ndash Allohni bir deb bilmoqdir. Tavhid kalimasi.La ilaha illallohu muhammadur rasululloh,. Shahodat kalimasi .Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh,.Tavhid kalimasining ma`nosi .Allohdan boshqa iloh yo`q. Muhammad Uning elchisidir,.Shahodat давоми...

152453 16:00 / 23.12.2018
Ey, farzandBirovga qarz berish sadaqa berishdan afzaldir. Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar.Bir kishining muhtojga qarz berishi sadaqa berishidan o`n sakkiz daraja afzalroqdir,. Ro`za tutish va sadaqa berishni o`ziga nazr qilish xavflidir. Chunki har ikkisini давоми...

36576 11:40 / 30.12.2018
17Yusuf xabar berganidek Misr va Shomda hozirgi Suriya ochlik bor edi. Misrda shunday rahmdil kishi borligini Shom ahli va Ya`qub eshitdi .Albatta, Misrda ochiqko`ngil va saxovatli inson bor bo`lib, u yer xazinalari ustidadir. Odamlar uning oldiga borib, undan taom olardilar,.Ya`qub bolalariga pul давоми...

2758 12:30 / 29.05.2019
Аудиолар

230224 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148801 14:35 / 11.08.2021