1447 йил 21 жумадис сони | 2025 йил 12 декабрь, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Yusuf alayhissalomdan so‘ng

14:00 / 27.06.2021 9935 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Oradan bir muncha vaqt o‘tib Ya'qub alayhissalom hayot bilan vidolashdi. Yusuf alayhissalom, umuman butun Misr qattiq mahzun bo‘ldilar.... Ya'qub alayhissalomni dafn etgan Misr ahli xuddi otalaridan ajragandek bo‘lib qoldilar...

Yana bir qancha vaqt o‘tib Yusuf alayhissalom ham vafot qildilar. Ha, bu kun misrliklar uchun haqiqatan og‘ir bo‘ldi. Yusufga butun mamlakat motam tutdi. Misr ko‘z yoshlarga cho‘mildi... Odamlar barcha qayg‘u musibatlarni unutib, go‘yo musibatning achchiq ta'mini shu kungacha sira totmagandek edilar...

Yusufni ham dafn qildilar. Hamma bir-biriga ta'ziya bildirar edi. Chunki, Yusuf xususida musibat barchaga barobar ta'sir qilgandi. Har-bir kichik otasini va har-bir katta inichini yo‘qotganedi. (Ya'ni, Yusuf kattalarga aka, kichiklarga ota bo‘lib qolgan edi). Odamlar Yusuf alayhissalom inilari va farzandlari huzuriga borib, ta'ziya bildirardilar: Ey Ulug‘lar! Bugun sizlarning qayg‘u va xasratlaringiz biznikidan ulkan emas! Bugun biz mehribon og‘amizni, g‘amxo‘r xojamizni, odil podshohimizni tuproqqa topshirib keldik. U bandalarni rohatlantirar va yurtdan zulmni bartaraf qilar edi. U kichiklarimizni kattalar tazyiqidan, ojizlarimizni kuchlilar zulmidan himoya qilardi. Mazlumlarga yordam berar, qo‘rqqanlarni qanoti ostiga olar va och-nahorlarni to‘ydirar edi.

U bizni haqqa boshladi. Allohni tanishga bizni da'vat qildi. U biz tomon kelishidan avval biz Allohni ham, oxiratni ham bilmas edik. Ocharchilik yillarida u bizga ko‘mak bergan edi. Boshqa yurtlarda odamlar ochlikdan tirishib jon berayotgan bir paytda bizlar yeb to‘yar edik. Biz o‘zimizning saxovatli podshohimizni aslo unutmaymiz. Siz azizlarning uning inilari va xonadon ahli ekaningizni ham hamisha yodimizda turadi. Sizlar Misrga kelgan kun podshohimiz Yusuf qanchalar quvongan edi-ya! Podshohimiz quvonganini ko‘rib bizlar ham behad shod bo‘lgan edik. Mana shu shahar sizlarning ham shahringiz! O‘rtadagi muomala-munosabatlarimiz xuddi podshohimiz hayotlik paytidagidek davom etaveradi!

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad


Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Musoning haq so`zlariga eapostiroz bildirishdan ojiz qolib, javob topa olmagach Firaposavn munozarada yutib chiqmoqchi bo`ldi Ey Muso Sen aytayotganingni eshitib qoldim, barcha olamlar Parvardigori kim o`ziMuso dediU Muso .Agar anglamoqchi bo`lsangiz, U osmonlaru yer va ularning orasidagi давоми...

2700 13:00 / 02.01.2022
Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular cholda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yollarini yoritsinlar.Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi давоми...

3701 09:00 / 29.01.2023
12Nuh qavmi orasida turib .Albatta, men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman,, deganida, ba`zi odamlar .Bu qachon payg`ambar bo`lib qoldi, dedilar.Kecha o`zimizdan bo`lgan bir kishi edi, bugun esa men sizlarga Allohning elchisiman, deydi.Nuhning do`stlari .Bu biz bilan yoshlikda birga o`ynar давоми...

5007 19:50 / 26.11.2019
Гўзал тарбия олган фарзандларгина чинакамига .жаннат райҳонлари, деб мақталади. Инсонийликдан чекинган, тарбияси бузуқ болалар эса жамият зараркунандасига давоми...

3311 16:07 / 05.08.2019
Аудиолар

212719 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

131934 14:35 / 11.08.2021