1446 йил 21 жумадис сони | 2024 йил 23 декабрь, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
islom.uz-1431

Қуръон асримиз илми ҳақида нима дейди?

20:20 / 19.04.2017 55405 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan

1.   KIRISH

    Insoniyat yaratilib yer yuzida yashay boshlagan paytlardan tortib hozirgi kunimizgacha tabiatni anglashga, yaratilishdan maqsad, va umuman hayotdan maqsad ne ekanini tushunishga harakat qilib keladi. Shu savolga to’g’ri javob o’laroq, asrlar osha turli sivilizatsiyalar bo’ylab, takomillashib borgan din insoniyat hayotining shakllanishida bosh omil bo’ldi, tarixiy jarayonlarda o’z o’rnini ko’rsatdi. Yozma manbalarga asoslangan dinlar borki, ularni o’z ergashuvchilari tomonidan Ilohiy deb da’vo qilinadi, yana ba’zilari borki, ular faqatgina insoniy tajribalar asosiga qurilgan bo’ladi.

   Islom dinining asosiy manbasi bo’lmish Qur’on, shu yo’lga ergashuvchilar- musulmonlar tomonidan to’laligicha Ilohiy deb e’tiqod qilinadi, ishoniladi. Musulmonlar, ushbu Qur’on butun bashariyat uchun to’g’ri yo’lni ko’rsatib beruvchi kitob, deb ham iymon keltirishadi. Modomiki, Qur’on keltirgan xabarlar, yo’llanmalar barcha zamonlar uchun ta’alluqli deb e’tiqod qilinar ekan, darhaqiqat bu barcha davrlar uchun mos bo’lishi kerak. Biroq, Qur’on bu borada qanday fikrda?

   Men ushbu kitobchada Qur’onning Ilohiyligi borasidagi Islomiy e’tiqodotlarni zamonaviy ilm-fanda isbotlangan kashfiyotlarga ko’ra xolisona tahlil qilishga harakat qilaman.

   Dunyo sivilizatsiyasi tarixida mo’jizalar sababiyat qonuni va mantiqni ojiz qoldirgan davrlar bo’lgan. Shu o’rinda, mo’jizaning umumiy ta’rifini keltirsak, unga ko’ra, odatiy bir sharoitda sodir bo’ladigan hamda inson aqlini ojiz qoldiradigan narsaga mo’jiza deyiladi.

   Biroq, biz biron narsani mo’jiza deb qabul qilishda ehtiyot bo’lishimiz kerak. 1993 yilda “The Times of India” gazetasida bir maqola chiqarildi, unga ko’ra, Baba Pilot ismli bir rohib uch kecha-kunduz davomiy holatda bir suv idish ichida bo’lganini da’vo qiladi. Lekin, muxbirlar undan o’zining “mo’jizakor ishini” amalga oshirgan o’sha suv idishni tekshirib ko’rishmoqchi bo’lishganida, u bunga ruxsat bermagan. U o’zining bu harakatini haspo’shlash maqsadida aytgan edi: “Sizlar qanday qilib chaqaloqni dunyoga keltirgan onaning qornini tekshirib ko’rmoqchi bo’lasiz?” Shundan ayon bo’ladiki, bu yerda “rohib” janoblarining bizdan berkitmoqchi bo’lgan siri bor. Uning bu da’vosi, bor yo’g’i, odamlar e’tiborini tortish maqsadidagi bir qalloblikdan boshqa narsa emas. Aniqki, zamon bilan hamnafas, to’g’ri fikrlay oladigan hech bir kishi bunaqangi “mo’jizalar”ga aldanmaydi. O’ylab ko’raylik, agar shunaqa sohta mo’jizalarga Ilohiy deb ishonilaversa, dunyodagi barcha mashhur sehrgar –ko’zbo’yamachilarni, ustalik bilan qilayotgan fokuslari-yu aldovlari sababidan, haqiqiy Xudo-odam deb tan olishga to’g’ri kelardi!

   Biron kitobning Ilohiy ekanini da’vo qilishlik, bu Mo’jiza ekanini da’vo qilishlik bilan barobardir. Bunday da’voni har qanday zamonda o’sha payt me’yorlari orqali qiyinchiliksiz tekshirib ko’rish imkoni bo’lishi kerak. Musulmonlarning e’tiqodicha, Qur’on –bu Alloh insoniyatga yuborgan diniy ta’limotlarning oxirgi va yakunlovchi qismidir, mo’jizalar mo’jizasidir va insoniyat uchun rahmat etib nozil qilingandir. Shunday ekan, keling bu e’tiqodni zamonaviy ilmga qanchalik muvofiqligini o’rgansak.

QUR’ONNING DA’VOGARLARGA QO’YGAN TALABI

    Adabiyot va she’riyat hamisha barcha madaniyatlarda insonlar uchun o’z fikrlarini ifodalash hamda yangi g’oyalarni ilgari surish vositalaridan, deb hisoblab kelingan. Butun dunyo guvohi bo’lganki, bir paytlar adabiyot va she’riyat, huddi bugungi kundagi ilm-fan hamda texnologiya rivojlangani kabi, o’z cho’qqisiga chiqqan.

        Hattoki, musulmon bo’lmagan olimlar ham, Qur’onni arab adabiyotining yuksak namunasi – arab adabiyotining yer yuzidagi tengsiz misoli sifatida e’tirof etganlar. Qur’on, uni Xudo huzuridan ekanini rad qiluvchi insonlardan shunga o’xshash narsa keltirishlarini talab qiladi:

“ Va agar bandamizga tushirilgan narsamizga shakingiz bo’lsa, unga o’xshash bir sura kеltiring va rost so’zlovchilardan bo’lsangiz, Allohdan o’zga guvohlaringizni chaqiring.

 Bas, agar qila olmasanglar, hеch qachon qila olmaysizlar ham, yoqilg’isi odamlar va tosh bo’lgan, kofirlar uchun tayyorlangan o’tdan qo’rqinglar.” (Qur’on 2:23-24)

   Qur’on insonlardan undagi suralarga o’xshash bo’lgan aqalli bitta sura keltirishlarini talab qilmoqda. Huddi shu talab Qur’onda bir necha joyda takrorlanadi. Go’zallikda, balog’atda va purma’nolikda Qur’oniy suraga o’xshagan biror bir sura keltirish borasidagi ushbu talabga bugungi kungacha hech kim javob bera olmagan.

   Shunday bo’lsada, zamonamizning hech bir aqlli odami, she’riyatning eng oliy ko’rinishida dunyoni yassi, tep-tekis, deb tasvirlaydigan diniy kitobni hech qachon qabul qilmaydi. Buning sababi shuki, biz hozirda yashayotgan davr –bu  inson ongi, logika va ilm-fanga urg’u katta qo’yilgan davrdir. Qur’onning oliy darajadagi balog’atini, go’zal tilda yozilganini Ilohiy ekaniga dalil deb qabul qiladiganlar ko’p emas. Ilohiy vahiy asosida nozil bo’lganini da’vo qilyotgan har qanday kitob o’zining mantiqiyligi va sababiyat qonuniga muvofiqligiga ko’ra ham qabul qilish mumkin bo’lishi kerak.

   Mashhur fizik, Nobel Mukofoti sovrindori Albert Eynshteyn aytgan edi: “Ilm dinsiz oqsoqdir. Din ilmsiz ko’rdir.” Shunday ekan, Qur’onni o’rganib zamonaviy fan bilan qanchalik muvofiq kelish yoki kelmasligini tahlil qilsak.

     Qur’on ilmga bag’ishlangan kitob emas,balki, belgilar, ishoralar, alomatlar, mo’jizalar, ya’ni, bir so’z bilan aytganda, oyatlardan iborat kitobdir. Qur’onda olti mingdan ortiq oyat bo’lib, ulardan mingdan ko’prog’i ilmning asoslari haqida bahs yuritadi.

   Bizga ma’lumki, ko’p hollarda ilm “U” shaklidagi yo’nalish tarziga ega bo’ladi (ya’ni, avval ilgari surilgan fikr noto’g’ri bo’lib chiqadi). Ushbu kitobda kamina faqat ilmiy isbotlangan faktlarga murojaat qilganman, har xil farazlargagina asoslangan ilmiy jihatdan hech bir asosga ega bo’lmagan gipoteza va nazariyalar e’tiborga olinmagan.

2.   ASTRONOMIYA

OLAMNING YARATILISHI:

“ULKAN PORTLASH” (BIG BANG)

    Olamning yaratilishini astrofiziklar ko’pchilikka ma’lum va mashhur – “Ulkan Portlash” hodisasi orqali tushuntirishadi. Astronomlar hamda astrofiziklar tomonidan o’nlab yillar davomida to’plangan kuzatish ishlari va tajribalardan olingan natijalar ham shunga dalolat qilmoqda. “Ulkan Portlash” hodisasiga ko’ra, butun olam dastlab ulkan massa (Birlamchi Tumanlik) bo’lgan. Keyinchalik, “Ulkan Portlash” (Ikkilamchi Ajralish) sodir bo’lgan, natijada Galaktikalar yuzaga kelgan. Bular keyinroq yana bo’linib, yulduzlar, planetalar, quyosh, oy va hokazolar paydo bo’lgan. Olamning asli mislsiz, ya’ni ilgari unga o’xshashi bo’lmagan bo’lib, uning “tasodifan” sodir bo’lganlik ehtimolligi nolga teng.

Qur’onda olamning asli qanday bo’lgani borasida quyidagi oyat bor:

“Kufr kеltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo’lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni… bilmaydilarmi?” (Qur’on 21:30)


   Qur’on oyati hamda “Ulkan Portlash” hodisasi o’rtasidagi aql bovar qilmas o’xshashlikni ko’ring! 1400 yil ilgari Arab sahrolarida paydo bo’lgan bir kitobda qanday qilib bunday ilmiy haqiqat keltirilgan bo’lishi mumkin?!

GALAKTIKALAR YARATILISHIDAN ILGARI GAZ MASSASI BO’LGANI

    Olimlarining e’tirof etishlaricha, olamda galaktikalar shakllanishidan oldin, osmon materiyasi dastlab gaz holatida bo’lgan.  Qisqacha aytganda, galaktikalar shakllanishidan ilgari ulkan gaz materiyasi yoki bulutlar mavjud edi. Osmonning dastlabki materiyasini, ya’ni nimadan tarkib topganini tushuntirish uchun gaz so’zidan ko’ra “tutun” so’zi ko’proq mos keladi. Qur’onning quyidagi oyati olamning ushbu holati haqida bo’lib, undagi duxaan so’zi tutun degan ma’noni bildiradi.

“So’ngra tutun holidagi osmonga yuzlanib, unga va yerga: «Ikkovingiz ixtiyor qilgan holingizda yoki majbur bo’lgan holingizda kеling! » dеdi. Ikkovlari: «Ixtiyor qilgan holimizda kеldik», dеdilar” (Qur’on 41:11)

   Yana, ushbu fakt “Ulkan Portlash” hodisasining mantiqiy xulosasidir, shuningdek, bu Muhammad (sav) payg’ambarliklaridan ilgari hech kimga ma’lum narsa emas edi. Shunday bo’lsa, qiziq, bu bilimning manbasi nima bo’lishi mumkin?!

YERNING SHAR SHAKLIDA EKANI

    Qadimgi davrlarda insonlar yerni yassi deb bilganlar. Ko’p asrlar uzoq joylarga safar qilishga jur’atlari yetmagan, ular yer tugab qolib pastga qulashdan qo’rqishgan! Ser Fransis Dreik yerni shar shaklida ekanini isbotlagan birinchi kishi edi, u bu ishini 1597 yil yerni kemada aylanib chiqqanidan so’ng bajardi.

   Kecha va kunduzni almashib turishi haqidagi quyidagi Qur’oniy oyatga e’tibor bering-a:

“Alloh kеchani kunduzga kiritishini va kunduzni kеchaga kiritishini… ko’rmadingmi?!” (Qur’on 31:29)

   Ushbu oyatning ma’nosi: kecha sekin-asta va bosqichma-bosqich kunduzga o’zgaradi va aksincha. Bu hodisa yer shar shaklida bo’lganidagina sodir bo’lishi mumkin. Agar yer yassi bo’lganida edi, kechaning kunduzga va kunduzning kechaga o’zgarishi bir lahzadayoq amalga oshgan bo’lardi.

   Quyidagi oyati karima ham yerning shar shaklida ekaniga ishora qiladi.

 “U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kеchani kunduz ustiga o’raydigan, kunduzni kеcha ustiga o’raydigan… zotdir.” (Qur’on 39:5)

   Ushbu oyatda “o’ramoq” ma’nosini bildirib kavvara so’zi kelgan, sallani boshga o’rashda ham aynan shu so’z ishlatiladi. Bu narsa yerning shakli sharsimon, dumaloq bo’lganidagina sodir bo’lishi mumkin.

   Yer huddi to’p kabi dumaloq emas, balki geo-sferikdir, ya’ni qutblarga tomon yassilashib boradi. Quyida keltiriladigan oyat yerning asl shakli haqida ma’lumot beradi:

“Va undan so’ng yerni tuxum shaklida qildi.” (Qur’on 79:30)

   Bu oyatda tuxum ma’nosini bildirib kelgan so’z arabchada dahaahaa bo’lib, bu aslida tuyaqushning tuxumiga nisbatan ishlatiladi. Tuyaqushning tuxumi yerning geo-sferik shakliga o’xshaydi.

   Shunday qilib, o’sha paytlarda yerning yassi, deb hisoblash keng tarqalgan tushuncha bo’lganiga qaramay, Qur’on yerning shaklini to’g’ri tasvirlab bermoqda.

OY NURINING AKS ETTIRILGAN NUR EKANI

    Dastlabki sivilizatsiyalarda, oy o’z nuriga ega, deb ta’kidlangan. Bugungi kunga kelib esa, ilm-fan oyning nuri faqatgina quyosh nurining aksi ekanini aytmoqda. Qur’on esa bu ilmiy faktni bundan 1400 yil oldin aytib qo’ygan:

“Osmonda burjlar qilgan va unda chiroq va nur sochguvchi oy qilgan Zot barakotli-buyuk bo’ldi.” (Qur’on 25:61)

    Qur’ondagi quyoshni bildiruvchi arabcha so’z shams bo’lib, uni ifodalab siraaj so’zi ishlatilgan, bu “chiroq” ma’nosini bildiradi, yoki “mash’ala” ma’nosidagi vahhaaj so’zi, yoki “ziyo” ma’nosini bildiruvchi diya so’zlari ishlatiladi. Bu uchala ta’rifning barchasi to’g’ri, zero quyosh davomiy issiqlik va yorug’likni ichki yonuv orqali hosil qiladi.

   Oyni anglatuvchi arabcha so’z qamar bo’lib,Qur’onda uni tasvirlab muniir so’zi keladi, bu “nur taratuvchi”, ya’ni “nurni aks ettiruvchi”, degan ma’noni bildiradi. Yana bir bor Qur’oniy ifoda oyning tabiiy holatiga to’laligicha muvofiq kelmoqda, ya’ni, oyning bevosita o’zi nur sochmasligi, faqatgina quyosh nurini aks ettirishi aytilmoqda. Qur’onda biron joyda oyni ifodalab siraaj, vahhaaj yoki diya so’zlari yoki quyoshni ifodalab nur yoki muniir so’zlari kelmagan. Bu shuni anglatadiki, Qur’onni nozil qilgan Zot quyosh nuri hamda oy nurining bir-biridan farqli ekanini juda yaxshi bilgan.

   Quyidagi oyatlar quyosh va oydan kelayotgan nurning mohiyatiga oid:

“U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan ... zotdir” (Qur’on 10:5)

Va yana bir oyatda Alloh taolo shunday deydi:

“Alloh yetti osmonni qandoq qilib tabaqama-tabaqa yaratib qo’yganini ko’rmadingizmi? Va ular ichida oyni nur va quyoshni chiroq qilib qo’yganini ko’rmadingizmi?” (Qur’on 71:15-16)

Shunday qilib, Qur’oni Karim va zamonaviy ilm, quyosh nuri va oy nuri o’rtasidagi farq borasida o’zaro muvofiq fikrda ekanini bilib oldik.

QUYOSHNING AYLANISHI

    Uzoq vaqtlar yevropalik faylasuflar va olimlar yerni olamning markazi va boshqa barcha jismlar, shu jumladan quyosh ham, uning atrofida aylanadi, degan fikrda bo’lganlar. G’arbda, olamning geosentrik markazi deya atalgan ushbu tushuncha eramizdan oldingi ikkinchi asrda yashagan Ptolomey davridan beri hukmron edi. 1512 yilda, Nikolay Kopernik o’zining geliosentrik nazariyasini ilgari surdi, unga ko’ra, quyosh o’z sistemasi markazida harakatsiz turadi va boshqa planetalar uning atrofida aylanadi.

1609 yilda, nemis olimi Yohan Kepplerning “Yangi Astronomia” kitobi nashr etildi. O’zining ushbu kitobida u quyidagicha xulosasini bildirdi, planetalar nafaqat o’z elliptik orbitalari bo’ylab quyosh atrofida, balki o’z o’qlari atrofida ham aylanib turadi. Shu narsa ma’lum bo’lgach, yevropalik olimlar uchun quyosh sistemasidagi ko’plab holatlar, shu jumladan, kecha va kunduzning ketma-ketligini to’g’ri tushuntirib berishga yo’l ochildi.

Shu kashfiyotlardan so’ng, quyosh o’z joyidan siljimas, yer kabi o’z o’qi atrofida aylanmas sayyora, deb hisoblanardi. Esimda, men bu noto’g’ri tushunchani, maktab yillarim, geografiya kitoblaridan o’qigandim.

Qur’onning quyidagi oyatiga e’tibor bering:

“U kеchayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.” (Qur’on 21:33)

    Yuqorida keltirilgan oyatda, “suzish” ma’nosida, yasbahuun so’zi ishlatilgan. Bu sabaha so’zidan olingab bo’lib, kishi harakatining turli ko’rinishlarini bildiradi. Agar bu so’zni tekis joyda ketayotgan kishiga nisbatan ishlatilsa, bu u kishing dumalab ketayotganini anglatmaydi, balki, yurib yoki yugurib ketayotganini bildiradi. Shu kabi, agar bu so’zni suvdagi kishiga nisbatan ishlatilsa, bu uni suv oqizib ketayotganini emas, balki, uning suzayotganini bildiradi.

    Shuningdek, agar yasbah so’zini quyosh kabi osmon jismlariga nisbatan ishlatilsa, bu nafaqat o’sha jism fazoda uchib ketayotganini bildiradi, balki, fazoda uchish asnosida aylanayotganini ham bildiradi. Maktab o’quv darsliklarining aksarida, hozirga kelib, quyosh o’z o’qi atrofida aylanishi borasidagi fakt ham kiritilgan. Quyoshning o’z o’qi atrofida aylanishini quyidagi jihoz yordamida isbotlash mumkin; bu jihoz quyoshning tasvirlarini o’zida aks ettirib, stol ustiga o’rnatilgan bo’ladi, buning yordamida istalgan kishi quyoshning tasvirlarini tekshirib ko’rish imkoniga ega bo’ladi. Kuzatuvlardan aniqlanishicha, quyoshda mayda dog’lar bo’lib, ularning bir marta aylanib chiqish vaqti 25 kunga teng ekan, ya’ni, quyosh taqriban 25 kunda o’z o’qi atrofida to’la bir marta aylanib chiqarkan.

    Quyosh koinotda roppa-rosa 240 km/sek tezlik bilan harakatlanib turadi. U bu tezlik bilan o’zimizning Somon Yo’li Galaktikasi markazi atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun 200 million yil kerak bo’ladi.

“Na quyoshning oyga yetib olmog’i durust bo’lar va na kеcha kunduzdan o’zib kеtar. Har biri falakda suzib yurar.” (Qur’on 36:40)

    Bu oyat hozirgi zamon astronomiya ilmi yaqindagina kashf qilgan muhim bir fakt haqida ma’lumot bermoqda, ya’ni, quyosh va oyning o’z orbitalari mavjudligi hamda ularning fazoda o’z harakatlariga ega ekanlari aytilmoqda.

       Quyoshning o’z sistemasi bilan birga “Belgilangan manzil” tomon harakat qilayotgani zamonamiz astronomiyasiga yaqindagina ayon bo’ldi, bu manzilga quyosh apeksi deb nom berildi. Darhaqiqat, quyosh sistemasi Gerkules nomli yulduzlar to’dasi (alfa lira) da joylashgan aniq bir o’rin tomon fazoda harakat qilmoqda. Ushbu yulduzlar to’dasining joylashgan o’rni bugunga kelib hisoblab aniqlangan.

    Oyning o’z o’qi atrofida bir marta aylanishi uchun ketgan vaqt yer atrofida bir marta to’la aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqtga teng bo’lib, bu tahminan 29½ kundan iboratdir.

    Qur’ondagi oyatlarning ilmiy jihatdan qanchalik aniq ekani kishini hayratlantirmay qo’ymaydi. Nega biz, Qur’ondagi ilmning manbasi nima, degan savol haqida chuqurroq bir o’ylab ko’rmaymiz?!

QUYOSHNING BIR KUN KELIB SO’NISHI

    Quyoshdan kelayotgan yorug’lik unda 5 milliard yildan beri davomiy suratda sodir bo’layotgan kimyoviy reaksiyalar tufaylidir. Kelgusida, bir kun, albatta, bu nihoyasiga yetadi, o’shanda quyosh to’laligicha o’chadi, so’nadi, tugaydi, natijada yer yuzidagi barcha tirik narsalar halok bo’ladi. Quyoshning boqiy qolmasligi haqida Qur’on aytadi:

“Quyosh o’z istiqrori uchun jarayon etar. Bu azizu o’ta bilguvchi zotning taqdir qilganidir.” (Qur’on 36:38)

Bu oyatda arabchada ishlatilgan so’z mustaqarr bo’lib, belgilangan makon yoki vaqtni bildiradi. Shunday qilib, Qur’ondagi xabarga ko’ra, quyosh oldindan belgilab qo’yilgan makon –o’z istiqrori tomon muayyan vaqtgacha jarayon etadi, harakatda bo’ladi, ya’ni, bir kun kelib so’nadi, yoki tugaydi.

YULDUZLAR ARO MATERIYANING MAVJUDLIGI 

   Ilgarilari, astronomik sistemalardan tashqaridagi fazo vakuum deb hisoblanardi. Keyinchalik, astrofiziklar yulduzlar aro materiyalardan iborat ko’priklar mavjudligini kashf qilishdi. Bu ko’prik materiyalar plazmalar deb atalib, ular to’la ion holidagi gazdan tarkib topgan. Undagi gaz esa teng miqdordagi erkin elektronlar va pozitiv ionlardan iboratdir. Plazma materiyaning to’rtinchi holati (bizga ma’lum bo’lgan uch holat: qattiq, suyuq va gaz holatlaridan tashqari) deb ham ataladi. Quyidagi oyatda Qur’on bizga yulduzlar aro materiyaning mavjudligi haqida xabar beradi:

“U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni… yaratgan…zotdir” (Qur’on 25:59)

   1400 yil ilgari yulduzlar aro materiya mavjud ekani ma’lum narsa edi, deyishning o’zi kulgilidir!

KOINOTNING KENGAYIB BORISHI

   1925 yilda amerikalik astronom Edvin Habl kuzatuv ishlari davomida shunga guvoh bo’ldiki, barcha galaktikalar bir-birlaridan tobora uzoqlashib bormoqda, ya’ni koinot kengaymoqda. Bugunga kelib esa, koinotning kengayishi ilmiy isbotlangan faktga aylandi. Qur’on esa bu holatni quyidagicha ifodalagan:

“Osmonni O’z qudratimiz ila bino qildik. Albatta, Biz kеng qiluvchimiz.” (Qur’on 51:47)

   Arabcha musiuun so’zi “biron narsani kengaytirish” deb tarjima qilinishi mumkin, ya’ni, bu koinotning kengayib borishiga dalolat qiladi.

   Atoqli astrofiziklardan biri bo’lmish Stefen Hovking o’zining “Vaqtning Qisqacha Tarixi” kitobida aytadi, “Koinot kengayib borishining kashf etilishi XX asrning buyuk intellektual inqiloblaridan biri bo’ldi.” Qur’on esa, insoniyat teleskop yasashni o’rganmasidan ilgari, koinotning kengayib borishini aytib qo’yibdi.

   Kimdir aytishi mumkin, Qur’onda astronomiaga oid faktlarning kelishining ajablanarli joyi yo’q, chunki Arablar astronomiya sohasida ilg’or edilar. Ularning Arablarni astronomiya borasida yetakchi bo’lganlarini e’tirof etishlariga qarshiligimiz yo’q, lekin, Qur’on Arablarning falakiyot ilmida yetakchi bo’lib olishlaridan bir necha asr ilgari nozil bo’lganini ular esdan chiqargan ko’rinishadi. Uning ustiga, yuqorida eslatib o’tilgan, olamning yaratilishi borasidagi Ulkan Portlash hodisasi va boshqa bir qator ilmiy faktlar, Arablarga, ilmda yuksak cho’qqilarga chiqqan paytlarida ham, ma’lum bo’lmagan. Shunday ekan, Qur’onda kelgan ilmiy faktlar Arablarning astronomiya sohasidagi erishgan yutuqlari sababidan emasdir. Aksincha, ularning astronomiya, ya’ni falakiyot sohasida shunday yetakchi bo’lganliklari, astronomiya Qur’onda o’z o’rniga ega bo’lganidandir.  

3.   FIZIKA
ATOMLAR HAM BO’LINADI

    Qadimgi davrlarda, “atomizm nazariyasi” degan tushuncha keng tarqalgan edi. Bu nazariya Greklar, aniqrog’i, bundan 23 asr ilgari yashagan Demokrit ismli olim, tomonidan ilgari surilgan. Demokrit undan keyin yashab o’tgan olimlar materiyaning eng kichik bo’lagi atom deb hisoblab kelishgan. Qadimgi Arablar ham shu fikrda bo’lishgan. Arabcha zarra so’zi, odatda, atom ma’nosini bildiradi. Yaqin o’tmishda, zamonaviy ilm-fan, hatto, atom ham bo’linishi mumkinligini kashf etdi. Atomning yanada maydaroq bo’laklarga ajralishining aniqlangani XX asr muvaffaqiyati, deb hisoblandi. O’n to’rt asr ilgari, bu tushuncha, hattoki, oddiy arab kishisi uchun ham g’ayrioddiy edi. U uchun zarra dan pastroq darajani tasavvur qilishning o’zi bo’lmasdi. Shunday bo’lsada, quyidagi Qur’oniy oyat bu cheklovni rad etardi:

“Kufr kеltirganlar:«Bizga (qiyomat) soati kеlmas», dеdilar. Sеn: «Yo’q! G’oyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kеlur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham g’oyib bo’lmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», dеb ayt.” (Qur’on 34:3 )

    Bu oyat ham Xudoning shomil, mukammal ilmiga dalolat qiladi, Uning hamma narsani, yashirin-u oshkora bo’lsin, barchasini bilib turishini anglatadi. Bu oyat yana aytadiki, Xudo barcha narsadan, jumladan, atom (zarra)dan kichikroq yoki kattaroq narsalardan ham xabardordir. Shunday qilib, ushbu oyat, atomdan kichikroq narsalar ham mavjud ekanini ochiq aytmoqda. Zamonaviy ilm esa bu faktni, faqatgina, yaqin o’tmishda kashf qildi.      

4.   GIDROLOGIYA

SUVNING AYLANISHI (SUV SIKLI)

   1580 yilda, Bernard Palissi, bugungi kunimizda “suvning aylanishi” deb ataluvchi hodisaning mohiyatini tushuntirib bergan birinchi kishi bo’ldi. U okeanlardagi suvning bug’lanishidan tortib, keyinchalik sovib bulutlar hosil qilishigacha bo’lgan jarayonni o’rgandi. Bulutlar quruqlikning ichki qismi tomon harakatlanadi, u yerda suyuqlikka aylanadi va yomg’ir bo’lib yog’adi. Bundan ko’llar va jilg’alar hosil bo’lib, keyinchalik yana okeanlarga qayta oqib boradi, bu hodisa davomiy suratda sodir bo’ib turadi. Miloddan avvalgi VII asrda yashagan Fales Miletskiy okeanlar sirtidagi suvni shamol uchirib ketib, bulutlar hosil qiladi va ulardan yomg’ir yog’adi, deb ishongan.

   Dastavval, insonlar yer osti suvlarining manba’si nima ekanini bilmaganlar. Ular, okeanlardagi suvlar, shamollar ta’sirida, kontinentlarning ichki taraflarigacha yetib boradi, deb o’ylashgan. Ular yana, sirli yo’l yoki tuynuk orqali suv o’z iziga qaytadi, deb ishonishgan. Bu yo’lak okeanlar bilan tutash bo’lib, Platon vaqtlaridan beri, “Tartar” (grekcha –yer osti olami) deb ataladi. Hattoki, o’nsakkizinchi asr mutafakkirlaridan bo’lgan Rene Dekart ham bu fikrga qo’shilgan. O’n to’qqizinchi asrda, Aristotelning bu boradagi nazariyasi hanuz yetakchi edi, unga ko’ra, sovuq tog’lardagi tubsiz g’orlarda bulutlar suvga aylanib, buloqlar manba’si bo’lmish –yer osti ko’llarini hosil qilgan. Bugunga kelib bizga ma’lum bo’ldiki, yerdagi yoriqlardan sizib o’tib yig’ilib qolgan yomg’ir suvlari buning javobi ekan.

   Qur’onda bu narsa quyidagicha tasvirlanadi:

“Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manba’lardan yuritib qo’yganini ko’rmadingmi?! So’ngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqarur.” (Qur’on 39:21)

“Va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o’lgandan kеyin tiriltiradi. Albatta, bunda aql yuratadigan qavm uchun oyat-bеlgilar bordir.” (Qur’on 30:24)

“Biz osmondan o’lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni kеtkazishga ham qodirdirmiz”. (Qur’on 23:18)

 1400 yil ilgari yozilgan hech bir manba’ suvning aylanishi haqida bunaqangi daqiq ma’lumot bergan emas.

BUG’LANISH

“Qaytuvchi (yomg’ir) sohibi bo’lgan osmon bilan qasam.” (Qur’on 86:11)

SHAMOLLARNING BULUTLARNI URCHITISHI

“Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni sеrob qildik.” (Qur’on 15:22)

   Bu oyatda kelgan lavaaqih so’zi laqih so’zining ko’plik shakli bo’lib, laqaha so’zidan olingan, o’zi urchitish yoki hosildor qilish ma’nolarini bildiradi. Bu yerda, shamol bulutlarni bir-biriga yaqinlashtiradi va kondensatsiya yuz beradi, natijada chaqmoq chaqib yomg’ir yog’ishiga sabab bo’ladi, shu narsa urchitish so’zi bilan ifodalanmoqda. Qur’onning quyidagi oyatida ham shunga o’xshash holat tasvirlanadi:

“Alloh bulutlarni haydashini, so’ngra birga to’plashini, so’ngra uyib qo’yishini ko’rmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomg’ir chiqayotganini ko’rursan. U zot osmondan, undagi tog’lardan do’l tushirib, u bilan O’zi xohlagan kishilarga musibat yetkazur va uni O’zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmog’ining yarqirashi ko’zlarni kеtkazgudеk bo’lur.” (Qur’on 24:43)

“Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qo’zg’atar va u (bulut)ni osmonda O’zi xohlaganicha yoyar va bo’lak-bo’lak qilar, bas, uning orasidan yomg’ir chiqayotganini ko’rasan. Qachon u(yomg’ir)ni O’z bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod bo’lurlar.” (Qur’on 30:48)

   Gidrologiya borasidagi hozirgi zamon ma’lumotlari Qur’onda shu mavzuga ta’alluqli oyatlar bilan to’laligicha muvofiq keladi.

   Suvning aylanishi Qur’oni Karimning boshqa bir qator o’rinlarida ham tasvirlangan, jumladan, 7:57, 13:17, 25:48-49, 35:9, 36:34, 45:5, 50:9-11, 56:68-70 va 67:30.

5.   GEOLOGIYA
TOG’LAR CHODIRLARNING QOZIG’I KABIDIR

   Geologiyadagi “qatlamlanish” hodisasi yaqinda kashf etilgan faktdir. Bu hodisa tog’larning qatlamlari shakllanishini ta’minlaydi. Biz ustida yashab turganimiz, yer po’stlog’i, qattiq qobiqqa o’xshaydi, yer ichiga chuqurroq kirib borgan sari, harorat oshib va moddalar suyuqlashib boradi va keyinchalik tirik narsadan asar ham qolmaydi. Ma’lumki, tog’larning bunday subut ila barqaror turishlarining sababi qatlamlanish hodisasi bilab bog’liqdir. O’sha qatlamlar tog’larning asosini tashkil etuvchi rel’eflarni hosil qiladi.

   Geologlarning bizga aytishlaricha, yerning radiusi 6035 km bo’lib, biz yashaydigan qism –yer po’stlog’ining qalinligi bor yo’g’i 2-35 km. Modomiki, yer qobig’i shunday yupqa bo’larkan, uning qimirlab turish ehtimolligi yuqori bo’ladi. Bu vaziyatda, tog’lar, huddi chodirlarni mahkamlab turuvchi qoziqlar kabi, yerning po’stloq qismi barqarorligini ta’minlaydi. Qur’on ham bu holatni aynan shunday ta’riiflaydi:

“Yerni to’shab qo’ymadikmi? Va tog’larni qoziq (qilib qo’ymadikmi?).” (Qur’on 78:6-7)

   Oyatda kelgan avtaad so’zi tirgaklar yoki qoziqlar degan ma’noni bildiradi (chodirni tirgash uchun ishlatilgan qoziqlar kabi). Bular geologik qatlamlarning eng chuqur asoslarini tashkil etadi.

   “Yer” nomli kitob geologiya sohasida dunyoning ko’plab universitetlarida asosiy qo’llanma bo’lib kelgan. Doktor Frenk Press ushbu kitobning mualliflaridan biri hisoblanadi, u o’z vaqtida AQSh Fanlar Akademiyasi Prezidenti lavozimida 12 yil ishlagan hamda Qo’shma Shtatlar sobiq Prezidenti Jimmi Karterning Fan ishlari bo’yicha maslahatchisi bo’lgan. U ushbu kitobda, tog’larni tasvirlashda ponasimon shaklni illustratsiya qilib keltiradi, bu illustratsiyada tog’ning o’zi butun rasmning kichik bir qisminigina tashkil qiladi, katta va asosiy qismi esa, yerga chuqur kirib boruvchi ildizdan iborat.  Doktor Pressga ko’ra, yer po’stlog’ini barqarorligini ta’minlashda tog’lar yuqori ahamiyatga egadir.

   Qur’on tog’larning vazifasi yer qimirlashini oldini olishdan iborat ekanini quyidagi oyatda ochiq-oydin aytadi:

“Biz yerda ularni tеbranmasliklari uchun tog’lar qildik.” (Qur’on 21:31)

   Qur’on berayotgan ta’rif zamonamizning geologik ma’lumotlari bilan to’laligicha muvofiq kelmoqda.

TOG’LARNING MUSTAHKAM QILIB O’RNATILGANLIGI

    Yer yuzasi qalinligi 100 km lar atrofida bo’lgan ko’plab qattiq plastinkalarga bo’linadi. Bu plastinkalar yarimsuyuq holatdagi astenosfera qatlamida oqib yuradi. Plastinkalar tutashgan joylarda esa, tog’lar hosil bo’ladi. Yer po’stlog’i okeanlar ostida 5 km, kontinentlar ostida 35 km va ulkan tog’ tizimlari ostida 80 km qalinlikda bo’ladi. Mana shular tog’larning mustahkam poydevorlari hisoblanadi. Quyidagi oyatda Qur’on tog’larning o’sha mustahkam poydevorlari haqida xabar beradi:

“Va tog’larni sobit qildi.” (Qur’on 79:32)

    Shunday qilib, Qur’oni Karimdagi tog’lar haqidagi ma’lumotlar geologiyadagi zamonaviy kashfiyotlar bilan to’la muvofiq kelmoqda.

6.   OKEANOLOGIYA
CHUCHUK VA SHO’R SUVLAR O’RTASIDAGI TO’SIQ

“Daryo-dеngizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qo’ydi. O’rtalaridagi to’siqdan oshib o’tolmaslar.” (Qur’on 55:19-20)

   Arabchada barzax so’zi to’suvchi yoki ajratuvchi ma’nolarini bildiradi. Biroq bu moddiy to’siq emas. Maraja so’zi esa, “uchrashishdi va aralashib ketishdi” ma’nosini bildiradi. Ilgarilari tafsirchilar ushbu oyatdagi ikkita qarama-qarshi ma’noni tushuntirib berishga imkonlari bo’lmagan, ya’ni, ikki xil suv uchrashib aralashishadi deyilsada, yana o’rtalarida to’siq bor bo’lsa! Bugunga kelib, zamonaviy ilmning ko’rsatishicha, ikkita dengiz uchrashadigan joyda o’rtada to’siq bo’ladi. Bu to’siq ikki dengizni bir-biridan shunday to’sadiki, har bir dengizning o’ziga xos harorati, sho’rlik darajasi va hajmi saqlanib qoladi.  Hozirda, okeanologlar ushbu oyatni yanada aniqroq tushuntirib berish imkoniga ega bo’ldilar. Ikki dengiz orasida qiyasimon shaffof suv to’sig’i bo’lib, undan suv bir dengizdan boshqasiga o’tib turadi.

   Biroq, e’tiborlisi shuki, bir dengizdan boshqasiga o’tayotganda, suv o’zining ilgarigi xususiyatlarini yo’qotadi va qo’shilgan dengiz suvi bilan bir xil bo’lib qoladi. Bu yerda, haligi to’siq, bir dengiz suvi boshqasiga qo’shilganida, uni o’sha keying suvning xususiyatlariga o’tkazadigan “post” vazifasini bajaradi.

   Bu hodisa Qur’onning quyidagi oyatida ham aytiladi:

“…va ikki dеngiz o’rtasida to’siq qilgan zotmi?!” (Qur’on 27:61)

    Ushbu hodisa ko’p joylarda kuzatilishi mumkin, Gibraltardagi O’rtayer dengizi va Atlantik Okeanlari o’rtasidagi to’siq bunga misol bo’la oladi.Janubiy Afrikada joylashgan Keyp yarimorolidagi Atlantik va Hind okeanlari uchrashadigan Keyp nuqtasida ham bir oq to’siqni ko’rishimiz mumkin.

    Biroq, Qur’onda chuchuk va sho’r suvlar o’rtasidagi to’siq haqida xabar kelgan o’rinlarda, ushbu to’siq suvlarni bir-biriga qo’shilishdan butunlay to’sishi aytiladi.

“U ikki dеngizni-bunisi chuchuk-shirin, unisi sho’r-achchiq qilib oqizib qo’ygan va oralariga ko’rinmas to’siq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir.” (Qur’on 25:53)

   Zamonaviy kashfiyotlardan ma’lum bo’lishicha, daryo suvlari dengizga quyiladigan joylardagi, ya’ni chuchuk suv va sho’r suvlar o’rtasidagi to’siq ikki sho’r dengiz suvlari o’rtasidagi to’siqdan farqli bo’ladi. Fanga ma’lum bo’ldiki, daryolarning dengizga quyilish joylarida bo’ladigan, chuchuk suvdan sho’rini ajratib turadigan to’siq –“bu o’ziga xos hajmdagi, ikki tarafni uzik-uzik qilib ajratib turuvchi hududdir.”  Bu qism (ajratuvchi hudud) har ikki suv: chuchuk va sho’r suvlardagidan farqli sho’rlik darajasiga egadir.

   Bu hodisa ko’p joylarda kuzatilishi mumkin, shu jumladan, Misrda ham, Nil daryosi O’rta yer dengiziga quyiladigan joyda shu narsaga guvoh bo’lish mumkin.

   Qur’onda aytib o’tilgan shu kabi ilmiy hodisalar Kolarado Universitetida Geologiya Fanlari professori, taniqli dengizshunos olim Doktor Vilyam Hey ham buni tasdiqlagan.

OKEAN QA’RIDAGI ZULMAT

    Professor Durga Rao dengizshunos geolog sifatida jahonda tan olingan, u o’z vaqtida Jiddadagi Qirol Abdul Aziz Universitetining ham professori bo’lgan. Undan quyidagi oyat haqida mulohaza bildirish so’ralgan edi:

“Yoki xuddi qa’rsiz dеngizdagi zulmatlarga o’xshaydir. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qo’lini chiqarsa, ko’ra olmas. Kimgaki Alloh nur bеrmasa, uning uchun nur bo’lmas.” (Qur’on 24:40)

   Professor Rao aytgan ediki, olimlar faqatgina bugunga kelib zamonaviy jihozlar yordamida aniqlashlaricha, okeanlar qa’rida zulmat bo’lishi tasdiqlandi. Odam bolasi hech qanday yordamchi jihozsiz 20-30 metrdan chuqurroqqa sho’ng’iy olmaydi hamda okeanning chuqur joylarida 200 metrdan narida tirik qolmaydi. Bu oyat barcha dengizlarga ta’alluqli emas, chunki barcha dengizni ham, zulmat ustidan zulmat bo’lgan qavatlarga ega, deb tavsiflab bo’lmaydi. Bu, xususan, chuqur dengiz yoki okeanga tegishlidir, zero Qur’onda buni “qa’rsiz dengizdagi zulmatlar”, deb ifodalamoqda. Chuqur dengizlardagi ushbu qavatma-qavat zulmatlarga sabab bo’lgan ikki narsa bor:

1.   Yorug’lik nuri kamalakning yetti xil rangidan tashkil topgan bo’ladi. Ushbu yetti rang quyidagicha: Binafsha, Ko’k, Moviy, Yashil, Sariq, Zarg’aldoq va Qizil ranglar (BKMYSZQ). Yorug’lik nuri suvga tushganida refraksiyalanadi, ya’ni sinadi. Suvning yuqorigi 10-15 metrgacha qalinlikda bo’lgan qismi qizil rangni yutib yuboradi. Shuning uchun ham, 25 metr chuqurlikka sho’ng’igan g’avvos jarohatlanib qolsa, u o’zidan chiqqan qonning qizil rangini ko’rish imkoniga ega bo’lmaydi, chunki qizil rang bu chuqurlikkacha yetib bormaydi. Shunga o’xshab, zarg’aldoq rang ham 30-50 metr chuqurlikda yutiladi, sariq 50-100 metr, yashil 100-200 metr hamda moviy va ko’k ranglar 200 metrdan pastroqda butunlay yutib yuboriladi. Ranglarning ketma-ket yutilib borishi natijasida, okean, pog’onama-pog’ona, qorong’ulashib boradi, ya’ni yorug’lik o’rinlarini qorong’ulik egallab boradi. 1000 metrdan chuqurroqda esa butunlay zulmatga aylanadi.

2.   Quyoshdan kelayotgan nurni yo’ldagi bulutlar qisman o’zida tutib qoladi va sochib yuboradi, va natijada bulutlar ostida bir qavat qorong’ulik hosil bo’ladi. Bu zulmatning birinchi qavati hisoblanadi. Yorug’lik nuri okeanga tushganida mavjli yuza uni qaytaradi, ya’ni refleksiyalanadi, shuning uchun okean yuzasi yaltiroq bo’lib ko’rinadi. Shundan ko’rinib turibdiki, nurni qaytaradigan narsa to’lqinlar bo’lib, qorong’ulikni keltirib chiqaradi. Nurning refleksiyalanmagan qismi esa okean qa’ri tomon yo’lida davom etadi. Shundoq ekan, okeanlarni ikki qismdan iborat deyishimiz mumkin. Yorug’lik va iliqlik xususiyatlariga ega bo’lgan sath hamda zulmatli qa’r. Okean sathi va qa’rini ajratib turadigan narsa to’lqinlardir.

    Okean va dengizlar tubidagi suvni ichki to’lqinlar qoplab turadi, chunki tubdagi suvning zichligi yuqoriroqdagiga nisbatan kattaroqdir.

Zulmat o’lkasi ichki to’lqinlar ostidan boshlanadi. Okean qa’ridagi bu zulmatda, hattoki, baliqlar ham ko’rmaydi; ular faqatgina o’z tanalaridan chiqqan yorug’likdan foydalanishadi.

    Qur’on buni juda o’rinli shaklda tasvirlaydi:

“Qa’rsiz dеngizdagi zulmatlarga o’xshaydir. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj”.

    Boshqacha aytganda, ushbu to’lqinlar ustida yana boshqa to’lqinlar bor, ular okean sathida bo’ladi. Qur’on oyati davom etadi: “va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir.”

    Yuqorida aytib o’tilganidek, bu bulutlar yorug’likni qorong’ulikka sabab bo’ladigan zulmat qavatlarining biridir. Ranglarning birma-bir yutilishi bilan zulmatlashuv keyingiz qavatlarda davom etadi.  

    Professor Durga Rao o’z fikrini xulosalab aytgan edi, “1400 yil ilgari yashagan har qanaqangi kishining bu hodisani shunday faktlar bilan tushuntirib berishi aql bovar qilmas narsadir. Shunday ekan, bu ma’lumotlar g’ayrioddiy manbadan kelgan bo’lishi kerak.”

7.   BIOLOGIYA
HAR BIR TIRIK NARSA SUVDAN YARATILGAN

   Qur’onning quyidagi oyatiga e’tibor bering:

“Kufr kеltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo’lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon kеltirmaydilarmi?” (Qur’on 21:30)

   Ilm-fan anchagina rivojlanib olgachgina, hujayraning asosiy qismi sanalgan sitoplazmaning 80% i suvdan iborat ekani bizga ma’lum. So’nggi tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’p organizmlar 50%-90% atrofida suvdan tarkib topgan ekan, shuningdek, har bir tirik jon yashash uchun suvga o’ta muhtoj ekani ham ma’lum narsa.

     14 asr ilgari insoniyatga har bir tirik narsa suvdan yaratilgani ma’lum narsamidi? Uning ustiga, har doim suv taqchil bo’lib kelgan Arab sahrolarida yashagan kishining shunchalik darajadagi “topqirligi” qanchalik haqiqatga yaqin?

   Quyidagi oyat jonzotlarning suvdan yaratilganiga dalolatdir:

Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi.” (Qur’on 24:45)

   Quyidagi oyat esa, insonlarning ham suvdan yaratilganiga ishoradir:

“U suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qo’ygan Zotdir. Robbing qodir bo’lgan Zotdir.” (Qur’on 25:54)

7.   BOTANIKA   

 O’SIMLIKLARNING ERKAGI VA URG’OCHISI BO’LADI

   Ilgarilari, o’simliklarda ham erkak va urg’ochi kabi jinsga ajratilish mavjudligi insoniyatga qorong’u edi. Botanika fanining ta’kidlashicha, har bir o’simlikning erkagi va urg’ochisi bo’ladi. Hattoki, bir jinsli o’simliklarning ham erkak va urg’ochi ekanini ajratib turadigan jihatlari bo’ladi.

“«…va osmondan suv tushirgan zotdir», dеdi. Bas, o’sha (suv) ila turli nabototlar juftlarini chiqardik.” (Qur’on 20:53)

MEVALARNING HAM ERKAK URG’OCHISI BO’LADI

“U… har xil mеvalardan juft-juft qilgan zotdir.” (Qur’on 13:3)

    Meva oliy o’simliklarning qayta ishlovdan o’tgan yakuniy mahsulidir. Meva bo’lib yetilishdan ilgari gullaydi, bu gulning erkagi va urg’ochisi bo’ladi (tuxumdon va urug’don). Chang gulga kelib tushgach, u meva tugadi, meva pishib yetiladi va o’zidan danak qoldiradi. Shu sababga ko’ra, barcha o’simliklarda erkak va urg’ochi organlar borligi ayon bo’ladi; Qur’onda kelgan bir xabar tasdiqlanadi. 

    Mevalarning muayyan turlarida esa, meva urug’lanmagan gullardan ham hosil bo’lishi mumkin (partenokarpik mevalarda), misol uchun, bananlar, ananasning ba’zi turlari, anjir, apelsin, uzum va boshqalar. Ularda ham, albatta, jinsiy xususiyatlar aniq namoyon bo’ladi.

HAMMA NARSA JUFT YARATILGAN

“Va Biz har bir narsani juft yaratdik.” (Qur’on 51:49)

    Bu oyatda urg’u hamma narsaga tushmoqda. Bu narsa insonlar, hayvonlar, o’simliklar va muvalardan tashqari elektrga ham ta’alluqlidir, elektr  atomi manfiy va musbat zaryadlangan zarrachalar –elektron va neytronlardan tashkil topgandir. Bundan boshqa ham ko’plab misollar keltirish mumkin!  

“Yer o’stiradigan narsalardan, ularning o’zlaridan va ular bilmaydigan narsalardan, barchasidan juftlarni yaratgan zot pok bo’ldi.” (Qur’on 36:36)

   Bu o’rinda, Qur’on barcha narsalar, shu jumladan, bugunda insoniyatga ma’lum bo’lmagan, keyinchalik kashf qilinishi mumkin bo’lgan narsalar ham juft yaratilganini xabarini bermoqda.

8.   ZOOLOGIYA
JONZOTLAR VA QUSHLARNING JAMOA BO’LIB YASHASHI

“Yer yuzidagi yuruvchi har bir jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir.” (Qur’on 6:38)

   Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, jonzotlar va qushlar ham insonlar kabi jamoalarda yashashadi, ya’ni, ular ham birgalashib hayot kechirishadi va ishlashadi.

QUSHLARNING UCHISHI

“Osmon bo’shlig’idagi bеminnat, bo’ysundirilgan qushlarga qaramaydilarmi? Ularni faqatgina Alloh ushlab turadi, xolos. Albatta, bunda iymon kеltiradigan qavmlar uchun oyat-bеlgilar bordir.” (Qur’on 16:79)

Yana bir oyat qushlar mavzusida so’zlaydi:

“Tеpalarida (qanoatlarini) yoyib va yig’ayotgan qushni ko’rmaydilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turuvchi yo’q. Albatta, U barcha narsani ko’ruvchidir.” (Qur'on 67:19)

   Arabcha amsaka so’zi to’g’ridan to’g’ri tarjima qilinsa, “qo’lga olmoq, changallamoq, ushlab turmoq, ushlab qolmoq” kabi ma’nolarni bildiradi, ya’ni, bu yerda, Alloh qushlarni O’z qudrati ila ushlab turishini anglatadi. Bu oyatlar qushlarning fe’l-atvori Ilohiy qonuniyatga qanchalik tobe ekaniga alohida urg’u bermoqda. Zamonamiz ilmi bergan ma’lumotlarga ko’ra, qushlarning muayyan turlari tomonidan sodir etilayotgan harakatlar mukammal darajadagi programmalashtirishga misol bo’la oladi. Qushlarning, hattoki hali juda yosh bo’lganlaridan tortib, uzoqlarga qiladigan murakkab sayohatlarini hech qanday tajribaga ega bo’lmagan holda hamda hech qanday yo’l boshlovchilarsiz uddalay olishlarining birdan-bir sababi shuki, ularning genetik kodida sayohat dasturi oldindan o’rnatilgandir. Ular sayohatni boshlagan joylariga aniq bir kunda qaytib ham kelishadi.

   Professor Hamburger o’zining “Kuch va Zaiflik” kitobida Tinch okeanida yashovchi “bo’ron-qushi”ni misol qilib keltiradi, bu qush 24000 masofalik sayohati davomida “8” simon yo’nalishda uchadi. Uning bu safari 6 oydan ko’proq davom etadi va safarini boshlagan joyga uzog’i bilan bir hafta kechikib qaytishi mumkin. O’ta murakkab tuzilishga ega bo’lgan bunday sayohat rejasi qushning nerv hujayralarida o’rnatilgan bo’lishi kerak. Albatta, bu sayohat rejasi programmalashtirilgandir. Shunday ekan, nega endi, shu narsalarning “Programmisti” kim ekani haqida biroz tafakkur yuritmaymiz?!

ASALARI VA UNING QOBILIYATI   

“Robbing asalariga: «Tog’lardan, daraxtlardan va ko’tarilgan so’ritoklardan uy tutgin. So’ngra hamma mеvalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qo’ygan yo’llardan yurgin», dеb vahiy qildi.” (Qur’on 16:68-69)

   Von-Frisch asalarilar jamoasi va fe’l-atvorini o’rganish bo’yicha qilgan o’zining tadqiqot ishi uchun 1973 yilda Nobel Mukofotini qo’lga kiritdi. Asalari yangi bog’ yoki gullarni topsa, qaytib borib o’z sheriklariga ham aytadi va ularni aynan o’sha joyga boshlab keladi, bu narsaga “asalarilar raqsi” deb nom berilgan. Bu hasharotning o’ziga xos harakatlaridan maqsad ishchi asalarilar o’rtasida ma’lumot almashinish ekani ilmiy jihatdan isbotlandi, bunda ularning harakatlari suratga olindi, shu va boshqa vositalar orqali o’rganildi. Yuqoridagi oyatlarda asalari o’z qobiliyatini ishga solgan holda Robbisining oson qilib bergan yo’llarini qanday qilib topishi haqida gap ketmoqda.

   Yuqorida keltirilgan oyatlarda nazarda tutilgan asalarilar urg’ochi jinsda ekanini bilib olishimiz mumkin (fa’slukî va kulî),ya’ni, ozuqa topish maqsadida inidan chiqadigan asalarilar urg’ochi asalarilar ekani aytilmoqda. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, askar yoki ishchi asalari bu urg’ochi asalaridir.

   Shu o’rinda bir gap, Shekspirning “Genri To’rtinchi” asaridagi ba’zi qahramonlar asalarilar haqida ham gapirib o’tishadi, bunda asalarilar askarlar bo’lib ularning Podshoxi bo’ladi. Mana, Shekspir davridagi odamlar asalarini qanday deb bilganlari. Ular ishchi asalarilar erkak asalarilar va ular iniga qaytganlarida podshoxlariga hisob berib turishadi, deb o’ylashgan. Aslida esa, bunday emas. Ishchi asalarilar urg’ochi bo’lib, ular podshoxga emas, balki qirolichalariga hisob berishadi. Lekin buni aniqlash uchun so’nggi 300 davomida yangidan yangi tadqiqotlar olib borishga to’g’ri keldi.

O’RGIMCHAK TO’RI –ENG ZAIF UY  

“Allohni qo’yib, o’zga do’stlar tutganlarning misoli o’ziga uy tutgan o’rgimchakka o’xshaydi. Holbuki, eng zaif uy o’rgimchakning uyasidir. Koshki bilsalar edi.” (Qur’on 29:41)

   O’rgimchak uyasining zaif, nozik va mo’rt ekanini haqida so’z yuritarkan, Qur’on quyidagi ma’no, ya’ni o’rgimchakning uyasidagi erak va urg’ochisi o’rtasidagi munosabatning qanchalik zaif ekaniga ham urg’u beradi, ko’p hollarda urg’ochi o’rgimchak o’z juftini, erkak o’rgimchakni nobud qilishi bor gap.

   Qissadan, bu dunyo va oxirat uchun Allohni qo’yib o’zgadan panoh istaganlarning holi juda xarob holda ekani ayon bo’ladi.

CHUMOLILARNING YASHASH VA MULOQOT TARZI

“Sulaymonga jin, ins va qushlardan bo’lgan askarlari to’planib, tizilgan holda turdilar.Toki ular chumolilar vodiysiga kеlganlarida, bir chumoli: «Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dеdi.” (Qur’on 27:17-18)

   Ilgarilari, ehtimolki ba’zi odamlar, Qur’onda kelgan bu xabar, ya’ni chumolilarning o’zaro gaplashishlari va murakkab xabarlarni bir-birlariga yetkazishlarini aqllariga sig’dira olmagandirlar. Biroq, chumolilarning yashash tarzini o’rganish borasida olib borilgan so’nggi tadqiqotlar ilgari insoniyatga ma’lum bo’lmagan bir nechta faktlarni taqdim etdi. Bu tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, barcha jonzotlar va hasharotlar ichida yashash tarzi insonlarnikiga eng o’xshab ketadigani chumolilar ekan. Buni chumolilarda uchraydigan quyidagi holatlarda ko’rishimiz mumkin:

(a)   Chumolilar vafot etgan sheriklarini insonlar kabi dafn qilishadi.

(b)   Ularda murakkab tuzulmaga ega mehnat taqsimoti shakillangan, ularning alohida ish boshqaruvchilari, nazoratchilari, o’nboshilari hamda ishchilari va boshqalar mavjud.

(c)   Ular har zamonda bir o’zaro gaplashib olish uchun yig’ilib turishadi.

(d)   Ularda o’zaro axborot almashinishning takomillashgan usuli mavjud.

(e)   Ularning o’z “bozor” lari borki, u yerda narsalar ayirboshlashadi.

(f)   Ular uzun qishki mavsum uchun don yig’ishadi, agar don kurtak tuga boshlasa, ular o’sha tomirlarni qirqib turishadi, go’yoki, agar qo’yib berishsa, don chirib qolishini bilishadiganday. Agar yig’ib qo’ygan donlari yomg’irdan tufayli nam tortib qolsa, ularni quyosh nuriga olib chiqib qo’yishadi, qurigach yana qaytarib inlariga olib kirishadi; namlik ta’sirida donlar ildiz otib, keyinchalik sifati buzilishini ular biladiganday go’yo.

9.   TIBBIYOT
ASAL: INSONIYAT UCHUN SHIFO

Asalarilar turli xil gullarning sharbatlarini iste’mol qilishgach, keyinchalik tanalari ichida ulardan asal hosil bo’ladi, asalni esa mum katakchalardan iborat uyalarida saqlashadi. Asalning asalari qornidan chiqishi insoniyatga faqatgina ikki asr oldin ma’lum bo’ldi.

Qur’onda esa bu xabar bundan 1400 yil ilgari aytib qo’yilgan:

“Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir.” (16:69)

   Bizga asalning shifobahsh hislatlari ko’p ekani va beg’aliz malham ekanini faqatgina bugunga kelib ayon bo’ldi. Ikkinchi Jahon Urushida Sovet qo’shinlari jarohatlariga asalni malham qilib qo’yishardi, shunda jarohatlangan joy namligicha saqlanar va undan biroz chandiq qolardi xolos. Asal o’ta zich modda bo’lganligi sababli, jarohat o’rnida zamburug’ yoki bakteriyalarning ko’payishi uchun hech qanday sharoit qoldirmasdi.

    Angliyada xususiy shifoxonalarida hamshira Kerol xonim qo’li ostida bo’lgan bedavo ko’krak kasalligi va Alsgeymer kasalligiga chalingan 22 ta bemorni da’volashda propolis (asalarilar uyalaridagi bakteriyalarga qarshi ishlatilvuchi) moddasidan foydalanganida, hayratlanarli darajada ijobiy o’zgarishlar kuzatildi.

    Muayyan bir o’simlik turiga nisbatan allergiyasi bor kishiga o’sha o’simlik asalidan berilsa, unda o’sha allergiyaga qarshi immunitet hosil bo’ladi. Shu bilan birga asal fruktoza va K vitaminiga ham boydir.

    Qur’onda kelgan asal, uning manbasi va xususiyatlari haqidagi xabarlar, u nozil qilinganidan asrlar o’tib kashf qilinmoqda.

10.   FIZIOLOGIYA
QON AYLANISHI VA SUT

   Qur’on nozil bo’lganidan 600 yil o’tib Islom olimi Ibn Nafis qon aylanishni aniqladi hamda 1000 yil o’tib bu tushunchani Vilyam Harviy Yevropaga olib keldi.

   Ichaklardagi ozuqalar qanday kimyoviy o’zgarishlarga uchrashi, ya’ni qanday hazm bo’lishi va undan so’ng tanaga so’rilib, turli organlar undan ozuqalanishi ilmga ma’lum bo’lgan paytdan roppa-rosa 13 asr ilgari Qur’ondagi bir oyat sutning nimalardan tarkib topganini shunga muvofiq tarzda tasvirlab bergan.

   Yuqoridagi konsepsiyaga taalluqli bo’lgan Qur’on oyatini tushunish uchun ichaklarda qanday kimyoviy reaksiyalar sodir bo’lishi, bu orqali, ozuqadan hosil bo’lgan moddalar, keyinchalik qon aylanish sistemasiga murakkab yo’llar, ba’zida moddalarning tabiatiga qarab, jigar orqali o’tishi, kabi muhim narsalarni bilib olishimiz kerak. Qon bu moddalarni tananing barcha organlariga yetkazadi, shu jumladan sut ishlab chiqaruvchi bezlarga ham.

   Sodda qilib aytganda, ichaklarda yig’ilgan muayyan moddalar ichak devoridagi tashuvchilarga birikadida, keyin tananing turli organlariga qon aylanish tizimi orqali yetkazib beriladi.

   Qur’onning quyidagi oyatini tushunish uchun hozirgina aytib o’tilgan fiziologik konsepsiyani yodda tutishimiz lozim:

“Chorva hayvonlarida ham siz uchun, albatta, ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidan, go’ng va qon orasidan ichuvchilar (tomog’i)dan oson o’tuvchi sof sut ila sug’oramiz.” (Qur’on 16:66)

“Albatta, siz uchun chorva hayvonlarida ibrat bordir. Biz sizni ularning qorinlaridagi narsa ila sug’orurmiz va siz uchun ularda ko’pgina manfaatlar bor va ulardan yersizlar.” (Qur’on 23:21)

   Chorva hayvonlarida sutning qanday hosil bo’lishi borasidagi 1400 yil ilgari aytilgan Qur’oniy ta’rif yaqin o’tmishda fiziologiya faniga ma’lum bo’lgan kashfiyotlar bilan naqadar o’xshash?!

11.   EMBRIOLOGIYA
MUSULMONLAR JAVOB AXTARURLAR

   Yamanlik olim Shayx Abdul Majid boshchiligidagi bir guruh musulmon olimlari embriologiyaga oid hamda Qur’on va Sahih Hadislarda kelgan bir qator ilmiy ma’lumotlarni yig’ishib, ularni ingliz tiliga tarjima qilishdi. Undan so’ng esa Qur’oniy ko’rsatmaga amal qilishdi:

“Agar bilmaydigan bo’lsangiz, zikr ahllaridan so’rangiz.” (Qur’on 16:43 va 21:7)

   Qur’on va Sahih Hadislarda kelgan embriyologiyaga oid barcha xabarlar yig’ilib inglizchaga o’girilgach, Embriologiya Fanlari Professori va Kanadadagi Toronto Universitetining Anatomiya Bo’limi rahbari professor Keit Muurga taqdim etildi. U hozirgi kunda Embriologiya sohasida eng e’tiborli shaxslardan hisoblanadi.

   Unga taqdim etilgan ma’lumotlar  haqida o’z fikrini bildirishini so’rashganda, uni yaxshilab o’rganib, tahlil qilib chiqqach, Doktor Muur, Qur’on va Sahih Hadislarda keltirilgan embriologiyaga oid xabarlarning asosiy qismi shu sohaga tegishli bo’lgan so’nggi kashfiyotlar bilan to’la-to’kis muvofiq holda ekani va o’rtada hech qanday qarama-qarshiliklar yo’q ekanini ta’kidlaydi. Shu bilan birga u ba’zi bir oyatlarning ilmiy jihatdan qanchalik asosli ekani haqida fikr bildira olmasligi, ya’ni ularni asosli yoki asossiz, deb ayta olmasligi, zero bu xabarlar uning o’ziga hali ma’lum bo’lmagan narsalar ekanini qo’shimcha qiladi. Shuningdek, bunday xabarlar embriologiyaga oid zamonaviy qo’lyozmalar-u izlanishlarda ham o’rganilmagan ekan.

   Shunday oyatlardan biri quyidagicha:

“Yaratgan Robbing nomi bilan o’qi. U insonni alaqdan yaratdi.” (Qur’on 96:1-2)

   Arabcha alaq so’zi, qotgan qon, quyuq qon degan ma’nodan tashqari, osilib turmoq, chirmashib olmoq ma’nosini ham bildiradi, huddi zulukning chirmashishi kabi.

   Doktor Keit Muurning embrion dastlabki bosqichlarda zuluksimon shaklda bo’lishidan xabari yo’q ekan. Buni tekshirib ko’rish maqsadida u embrionning boshlang’ich paytdagi holatini o’ta kuchli mikroskop ostida o’rganib chiqadi va kuzatgan narsasini zulukning fotosuratlari bilan solishtirib ko’radi, va bu ikkisining bir-biriga naqadar o’xshash ekanidan hayratda qoldi!

   Bahonada, u Qur’onda kelgan embriologiya oid xabarlardan ilgari bilmagan narsalarini bilib, o’z bilimini oshirib oldi.

   Doktor Keit Muur Qur’on va Hadislarda kelgan embriologiyaga oid ma’lumotlar bo’yicha saksonga yaqin savolga javob berar ekan, bu ma’lumotlar embriologiya sohasidagi so’nggi kashfiyotlar bilan tamoman muvofiq kelishini ta’kidlaydi. U aytgan ediki: “Agar menga ushbu savollar o’ttiz yil ilgari berilganida, ilmiy ma’lumotlar kamligidan ularning yarmiga ham javob bera olmagan bo’lardim”.

   1981 yilda Saudiya Arabistonining Dammam shahrida o’tkazilgan Yettinchi Tibbiyot Anjumanida Doktor Muur quyidagilarni aytgandi: “Insonning rivojlanish jarayoni haqida Qur’onda kelgan xabarlarga oydinlik kiritishga o’z hissamni qo’shganimdan bag’oyat hursandman. Endilikda, bu xabarlar Muhammad (SAV)ga Xudo (Alloh)dan kelganiga shubha qilmayman, chunki bu bilimlarning barchasi bir necha asrlardan keyingina insonlar tomonidan kashf etildi. Shu narsa men uchun Muhammad (SAV) Allohning rasuli ekaniga dalil sifatida yetarlidir”.

   Avvalroq Doctor Keit Muur “Insonning Rivojlanishi” nomli kitob yozgan edi. Qur’ondan o’rgangan yangi ma’lumotlarni ham unga kiritib, 1982 yilda kitobning 3-nashrini tayyorlaydi. Ushbu kitob yagona muallif tomonidan yozilgan eng yaxshi tibbiyot asari mukofotini qo’lga kiritgan. Bu kitob dunyodagi asosiy tillarning ko’plariga tarjima qilingan, va tibbiyot bilim yurtlarida birinchi kursda embriologiya fanidan asosiy darslik sifatida foydalanib kelinadi.

    AQShning Hyuston shahrida joylashgan Beylor Tibbiyot Kollejining Akusherlik va Ginekologiya Bo’limi rahbari Doktor Jo Li Simpson quyidagilarni e’tirof etadi: “… bu hadislar, Muhammad (SAV)ning so’zlari, u yashagan davr (7 asrni nazarda tutmoqda) ilmiga doir bilimlarga asoslangan, deyish to’g’ri bo’lmaydi. Bundan, nafaqat genetika va din (Islom nazarda tutilmoqda) o’rtasida hech qanday qarama-qarshilik yo’qligi kelib chiqadi, balki din (Islom) turli an’anaviy ilmiy qarashlarga Ilohiy ko’rsatmalarning qo’shilishi bilan, ilm-fanni ham to’g’ri yo’lga boshlay olishi ham ayon bo’ladi… Qur’onda ba’zi xabarlar kelganki, ular asrlar o’tib isbotlanmoqda, bularni bari Qur’on Xudo tomonidan yuborilgan ekanining tasdig’idir.”

UMURTQA VA QOVURG’A ORASIDAN CHIQUVCHI TOMCHI SUV

“Inson nimadan yaralganiga nazar solsin. U otilib chiquvchi suvdan yaratilgandir. U (suv) sulb (umurtqa) va taroib (ko’krak suyagi) orasidan chiqadir.” (Qur’on 86:5-7)

   Embrional rivojlanish bosqichlarida, erkak va ayol jinsiy organlari, ya’ni moyak hamda tuxumdonning rivojlanish jarayoni buyrak yonida umurtqa pog’onasi va 11-12 qovurg’alar orasidan boshlanadi. Keyinchalik ular rivojlanishda davom etadi; ayollar tuxumdoni tos suyagiga kelib to’xtasa, erkaklar moyagi esa, to embrion tug’ilgunicha, chot orqali o’tib moyak haltasi hosil bo’lgunicha davom etadi. Hattoki kishi balog’atga yetib, uning jinsiy organlari shakllangach ham, ushbu organlar nerv hamda qon ta’minotini, umurtqa pog’onasi va qovug’alar orasida joylashgan, Qorin Aortasidan oladi. Limfa suyuqligi hamda venoz qon ham huddi shu joyga qaytadi.

NUTFA –SUYUQLIKNING LAHZADAGI MIQDORI

   Qur’oni Karim, kamida o’n bir o’rnida, odam bolasi nutfadan, ya’ni bir lahzalik suyuqlik miqdori yoki piyoladan suvini to’kib yuborgach, quyqasi sizib chiqadigan miqdordagi suyuqlikdan yaratilganini eslatib o’tadi. Bu Qur’onning bir necha o’rinlarida keltirilgan, masalan, 22:5 va 23:13

    Yaqinda ilmga ma’lum bo’lishicha, tuxum hujayrasini urchitish uchun uch million dona urug’ hujayra –spermatozoiddan bittasi yetarli ekan. Boshqacha aytganda, chiqarilgan spermatozoidlarning 0,00003 % miqdori urchitish uchun yetarli ekan.

SULAALA –SUYUQLIKNING AFZAL QISMI

“So’ngra uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi.” (Qur’on 32:8)

   Arabcha sulaala so’zi butunning eng yaxshi, afzal qismi degan ma’noni bildiradi. Bizga ma’lum bo’ldiki, tuxum hujayrani urchitish uchun millionlab spermatozoidlar ichidan bir donasi kifoya qilarkan. O’sha bir dona spermatozoid Qur’onda sulaala deb atalmoqda. Yana bilamizki, ayol kishidagi o’n minglab tuxum hujayralardan atigi bittasi urug’lanadi. O’n minglab tuxum hujayralar ichidagi o’sha bir donasi ham Qur’onda sulaala deb ataladi. Bu ham chiqariluvchi suyuqlikning yaxshi qismi degan ma’noda kelmoqda. Bu yerdagi suyuqlik erkakda ham ayolda ham mavjud bo’lgan, gametalardan iborat germinal suyuqliklarga taalluqlidir. Tuxum hujayra ham, urug’ hujayra ham urug’lanish jarayonida o’z o’rinlaridan ohista chiqariladi.

NUTFATUN AMSHAAJ –ARALASH SUYUQLIK

“Albatta, Biz insonni aralash nutfadan yaratdik.” (Qur’on 76:2)

   Nutfatun amshaaj so’zi o’zbekchada aralash suyuqlik degan ma’noni bildiradi. Ba’zi mufassirlarga ko’ra, aralash suyuqlikdan nazarda tutilgan narsa erkak va ayolning suyuqliklaridir. Erkak va ayol gametalari aralashgach zigota deb ataladi, zigota ham nutfa hisoblanadi. Aralash suyuqlik deganda, turli sekretsiya bezlari sekretlaridan tashkil topgan –sperma suyuqligini ham tushunish mumkin.

   Shuning uchun ham, aralash suyuqliklarning lahzalik miqdori hisoblangan  nutfatun amshaaj erkak va ayol gametalari (jinsiy hujayralari) hamda ular atrofidagi suyuqliklar qorishmasidan iboratdir.

JINSNING BELGILANISHI

    Homilaning jinsi qanday bo’lishi ayolning tuxum hujayrasi emas, balki erkakning urug’i –spermaning tabiatiga bog’liq. Bola, hoh qiz bo’lsin, hoh o’g’il bo’lsin, jinsi qanday bo’lishi 23-xromosomalar XX yoki XY bo’lishiga mos ravishda bog’liq.

    Umuman olganda, urug’lanish paytidayoq embrionning jinsi belgilanib bo’ladi, qaysi jinsda bo’lishi esa, tuxum hujayrani urug’lantiruvchi spermaning jinsiy xromosomasi turiga bog’liq. Agar bu “X” sperma bo’lsa, homila qiz bo’ladi, agar “Y” sperma bo’lsa, homila o’g’il bola bo’ladi.

“Albatta, ikki juftni; erkak va ayolni yaratgan ham O’zi. Nutfadan, oqib tushganda.” (Qur’on 53:45-46)

   Nutfa so’zi suyuqlikning bir lahzalik miqdori degan ma’noni bildirsa, tumnaa so’zi oqib chiqmoq –eyakulyatsiya bo’lmoq yoki ekmoq ma’nosini bildiradi.

   Shuning uchun ham nutfa, asosan, sperma ma’nosini bildiradi, chunki, sperma oqib chiqadi.

   Qur’onda aytiladi:

“U maniydan oqqan nutfa bo’lmaganmidi? So’ng alaqa bo’ldi. Bas bеkamu-ko’st etib yaratdi. Bas undan juftni-erkak va ayolni yaratdi.” (Qur’on 75:37-39)

   Bu yerda ham, homilaning qaysi jinsda bo’lishi erkakning spermasidan chiquvchi tomchi suv (nutfatun min maniyyin) ga bog’liqligi yana bir bor ta’kidlanmoqda.

   Ba’zi bir qaynonalar, odatda o’qil nevaralar ko’rgisi keladi, va agar bola o’g’il bo’lmasa, kelinlarini ayblashadi. Qaniydi, homilaning jinsini belgilovchi omil ayollarning tuxum hujayralari emas, balki erkaklarning urug’ hujayrasi ekanini ular ham bilishsa! Shunda birontasini ayblash kerak bo’lsa, avvalo o’z o’g’illarini ayblagan bo’lardilar, zero Qur’on ham Ilm ham bolaning jinsi qanday bo’lishiga erkakning maniysi javobgar ekanini ko’rsatmoqda.

HOMILANING UCH QAVAT ZULMAT PARDASI ILA TO’SILGANI

“U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida, bir yaratishdan kеyin yana boshqa yaratishga o’tkazib, asta yaratadir.” (Qur’on 39:6)

   Professor Keit Muurga ko’ra, Qur’ondagi ushbu uch qavat parda quyidagilardir:

(i)   Onaning qorin pardasi

(ii)   Bachadon pardasi

(iii)   Omnioxorionik membrana

HOMILANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

“Qasamki, batahqiq, insonni loy sulolasidan yaratdik. So’ngra uni mustahkam qarorgohda nutfa qildik. So’ngra nutfadan alaqa yaratdik, alaqadan chaynalgan go’sht yaratdik, chaynalgan parcha go’shtdan suyak yaratdik, bas, suyakka go’sht qopladik, so’ngra uni boshqa bir jonzot etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli va buyukdir.” (Qur’on 23:12-14)

   Yuqoridagi oyatda Alloh insonning bir tomchi suvdan yaratilib, mustahkam qarorgoh (qaraarin makiyn) ga joylashtirilganini ta’kidlamoqda. Bachadon orqa tarafdan umurtqa suyaklari bilan mustahkam himoyalangan, umurtqani esa orqa mushaklar tutib turadi. Shu bilan birga, embrion amniotik suyuqligi bo’lgan embrion haltasi bilan ham o’ralgan, himoyalangan. Xullas, embrionning yaxshigina himoyalangan boshpanasi bor.

   Ushbu bir tomchi suv keyinroq alaqaga, ya’ni yopiship oladigan narsaga o’zgaradi. Bu zulukka o’xshash narsaga ham ishlatiladi. Har ikki ma’noning ham to’g’ri ekani ilmiy jihatdan asoslangan, zero dastlabki bosqichlarda embrion bachadon devoriga yopishib, chirmashib oladi hamda zuluksimon ko’rinishga ega bo’ladi. Uning fe’li ham qon so’ruvchi zulukka o’xshaydi, o’ziga kerakli qon ta’minotini yo’ldosh orqali onasidan oladi.

   Alaqa so’zining uchinchi ma’nosi qotgan qon, laxta qon degan ma’noni bildiradi. Alaqa bu bosqichda, ya’ni homilaning 3-4 haftalarida qon tomirlari yopilishi natijasida qon qotib qoladi. Shunday qilib embrion zuluksimon shaklga o’tish bilan birga, qotgan qonga ham o’xshab qoladi. Qur’onda keltirib qo’yilgan tayyor ilmni ko’ring-u, quyida keltiriladigan, insoniyatning qiyinchiliklar bilan erishgan ilmiy xulosalarini ko’ring:

   1677 yilda Hamm va Livenhoik ismli olimlar birinchi bo’lib, insonning sperma hujayrasi –spermatazoani mikroskop ostida kuzatishga muvaffaq bo’lishdi. Ular sperma hujayrasi insonning kichraytirilgan shakliga o’xshagan narsa bo’lib, keyin u yangi tug’ilgan chaqaloq ko’rinishiga kelgunicha bachadonda katta bo’lib boradi, deb hisoblanardi. Bunga perforatsiya nazariyasi nomi berilgan edi. Keyinchalik, tuxum hujayrasi urug’ hujayrasi (sperma) dan kattaroq ekani ma’lum bo’ldi va De Graf kabi bir qator olimlar embrion kichraytirilgan ko’rinishda tuxum hujayrada mavjud bo’lgan va undan shakllangan, degan fikrda bo’lishgan. Vaqt o’tishi bilan, 18-asrga kelib, Mopertyu ota-ona merosxo’ri nazariyasini ilgari surdi.

   Alaqa keyinchalik mudg’a holiga o’tadi, bu so’z “chaynalgan narsa (tishlangani ko’rinib turgan)” hamda og’izga sig’adigan saqich kabi kichik va yopishqoq narsa, degan ma’nolarni bildiradi. Ushbu ta’riflarning har ikkisi ham ilmiy jihatdan to’g’ri. Professor Keit Muur gips moddasidan kerakli o’lchamda bir bo’lak olib, embrionning dastlabki bosqichdagi ko’rinishi holiga keltirgach, undan mudg’a hosil qilish uchun tishlari orasiga qo’yib chaynab ko’radi. So’ng buni embrionning dastlabki bosqichlardagi fotosuratlari bilan solishtirib ko’radi. Undagi tish izlari, keyinchalik umurtqa pog’onasi shakllanishida asos bo’ladigan “somit” (сомит) ga o’xsharkan.

   Ushbu mudg’a keyinchalik suyaklarga (izaam) aylanadi. Bu suyaklarga esa, go’sht yoki mushaklar (lahm) qoplanadi. Keyin Alloh uni boshqa jonzot etib yaratadi.

   AQShdagi yetakchi olimlardan hisoblangan, Tomas Jefferson Universiteti qoshidagi Deniel Instituti direktori hamda Anatomiya Bo’limi rahbari Professor Marshall Jonsondan Qur’ondagi embriologiyaga oid oyatlar haqidagi fikri so’ralgan edi. U avvalo, Qur’ondag embriologiya haqidagi bu oyatlar tasodif bo’lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. Balkim Muhammad (sav) ning kuchli mikroskopi bo’lgandir. Qur’on 1400 yil ilgari nozil bo’lgani va mikroskoplar Payg’ambar Muhammad (sav) davrlaridan bir necha asrlar o’tib paydo bo’lgani eslatilganida, Professor Jonson tabassum qilgan holda, birinchi yasalgan mikroskoplar narsalarni atigi 10 marta kattalashtira olgani bu esa tiniq ko’rinish bera olmasligini tan oladi.

   Keyinroq u aytadi: “Menimcha, Muhammad (sav) o’qigan Qur’on Ilohiy ekani haqidagi tushunchaning hech qanday g’alati joyi yo’q”

   Doktor Keit Muurga ko’ra, embrionning rivojlanish bosqichlari borasidagi zamonaviy ilm belgilagan klassifikatsiya o’zlashtirish va tushunib ketish uchun oson emas, chunki unda bosqichlar raqamli ko’rinishda, ya’ni 1-bosqich, 2-bosqich,  vahokazo. Boshqa tarafdan, Qur’ondagi taqsimotlar esa embrionning rivojlanish jarayonida kuzatiladigan, bir-biridan farqli hamda ajratib olish oson bo’lgan har xil shakllarga asoslanadi. Bular homiladorlikdagi turli bosqichlarga asoslangan bo’lib, bizga bu borada to’liq va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy ma’lumotlarni beradi.

   Insonning rivojlanishidagi embriologik bosqichlar quyidagi oyatda ham tasvirlangan:

“U maniydan oqqan nutfa bo’lmaganmidi? So’ng alaqa bo’ldi. Bas bеkamu-ko’st etib yaratdi. Bas undan juftni-erkak va ayolni yaratdi.” (Qur’on 75:37-39)

“U sеni to’la-to’kis va mo’tadil qilib yaratgan zotdir. O’zi xohlagan suratda sеni tarkib qildi.” (Qur’on 82:7-8)

BITGAN-BITMAGAN EMBRION

   Mudg’a bosqichida, agar embrionni kesib, ichki organlari yorib ko’rilsa, ularning ko’p qismi shakllanib ulgurganini va ba’zilari hali to’la shakllanmaganini ko’rish mumkin.

   Professor Jonsonga ko’ra, agar biz embrionni bitgan jonzot deb tasvirlamoqchi bo’lsak, shakllanib ulgurgan a’zolarinigina nazarda tutgan bo’lamiz. Agarda uni to’la shakllanib ulgurmagan jonzot deb atamoqchi bo’lsak, uning hali bitmagan a’zolarini nazarda tutgan bo’lamiz. Bu qanaqasi, u butun jonzotmi yoki chala? Embriogenez (embrion rivojlanish jarayni) ning ushbu bosqichini ta’riflash uchun Qur’oniy ifodadan munosibrog’i yo’qdir, bu narsa “bitgan-bitmagan” deb quyidagi oyatda tasvirlangan:

“Ey odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bo’lsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, so’ngra nutfadan, so’ngra alaqadan, so’ngra bitgan-bitmagan bir chaynam go’shtdan yaratdik.” (Qur'on 22:5)

    Bizga ilmiy jihatdan ma’lumki, rivojlanishning ushbu erta bosqichida ba’zi hujayralar o’z shakliga kirib bo’lgan bo’lsa, ba’zilariga hali biroz vaqt  kerak –ba’zi organlar shakllanib ulgurgan ba’zilari hali bitmagan bo’ladi.

ESHITISH VA KO’RISH QOBILIYATI

    Inson embrionining rivojlanish jarayonida birinchi shakllanadigan qobiliyati –bu eshitishdir. Homila 24 haftalik bo’lganidan so’ng eshita boshlaydi. Undan keyin ko’rish qobiliyati shakllanadi, 28 haftalik homilada ko’z to’rpardasi yorug’likka ta’sirlana boshlaydi.

Qur’on buni quyidagicha ifodalaydi:

“U sizlarga quloq, ko’zlar va dillar paydo qildi.” (Qur’on 32:9)

“Albatta, Biz insonni aralash nutfadan yaratdik. Sinash uchun, bas, uni eshitadigan, ko’radigan qildik.” (Qur’on 76:2)

“U zot sizga quloqni, ko’zlaru qalblarni paydo qilgan zot. Naqadar oz shukr qilursiz!” (Qur’on 23:78)

   Yuqoridagi oyatlarning barchasida eshitish ko’rishdan oldin kelmoqda. Shunday qilib, Qur’oniy ta’riflar zamonamiz embriologik kashfiyotlari bilan shomil suratda mos kelmoqda.

12.   UMUMIY ILM
BARMOQ IZLARI

“(Kofir) Inson Bizni, uning suyaklarini jamlay olmas, dеb o’ylarmi? Ha, Biz uning barmoq uchlarini ham asl holiga kеltirishga qodirmiz.” (Qur’on 75:3)

   Iymon keltirmagan kishilarning da’vo qilishlaricha, vafot etgan kishilarning suyaklari yemirilib tuproqqa qorishib ketgan bir holda, qanday qilib qayta tiriladilar-u, qiyomat kunida qanday qilib har biri kishini tanib olish mumkin bo’ladi? Barcha narsaga qodir Alloh bunga javoban, nafaqat suyaklarimizni yig’ishga qodir ekanini, balki barmoqlarimiz uchlarigacha qayta tiklashga ham qudrati yetishini bildirmoqda.

    Kishining shaxsiyatini aniqlash borasida gapirar ekan, Qur’on nega aynan barmoq uchlari haqida to’xtalmoqda? 1880 yilda, Ser Fransis Golt olib borgan tadqiqotdan so’ng, barmoq izlaridan foydalanish kishilar shaxsini tasdiqlovchi ilmiy usulga aylandi. Bir kishining barmoq izlari dunyodagi boshqa hech kimniki bilan aynan bir xil bo’lmas ekan, hattoki egizaklarda ham. Shuning uchun ham butun dunyoda, politsiya jinoyatchilarni aniqlash borasida barmoq izlaridan foydalanadi.

   Bir ming to’rt yuz yil ilgari, har bir kishining barmoq izlari betakror ekanini kim bilgan bo’lishi mumkin? Javob aniq, buni  biron kimsa bilgan bo’lishi mumkin emas, magar Yaratuvchining o’zi!

TERIDAGI OG’RIQNI SEZISH RESEPTORLARI 

   Og’riq va his qilish sezgilari faqatgina miyaga bog’liq deb hisoblab kelinar edi. So’nggi kashfiyotlar esa, terida ham og’riq reseptorlari bor ekanini tasdiqlamoqdaki, kishi ularsiz og’riqni sezmas ekan.

   Shifokor kuyishdan jabrlangan bemorni tekshirayotganida, kuyish darajasini aniqlash uchun ignasimon narsani sanchib ko’radi. Agar bemor og’riqni sezsa, shifokor hursand, chunki bu narsa kuyish terining yuza qismida ekanini va og’riq reseptorlari hali zararlanmaganini ko’rsatadi. Mabodo bemor hech qanday og’riqni sezmasa, bu kuyish terining ichiga ham o’tganini va undagi og’riq reseptorlari o’lganini bildiradi.

   Quyidagi oyatda Qur’on terida og’riq reseptorlari borligini ochiq-oydin ko’rstadi:

“Oyatlarimizga kufr kеltirganlarni, albatta, do’zaxga kiritamiz. Qachonki, tеrilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa tеri almashtiramiz. Albatta, Alloh aziz va hakim zotdir.” (Qur’on 4:56)

   Tailanddagi Chiang Mai Universiteti Anatomiya Bo’limi Rahbari Professor Tagatat Tejasen og’riq reseptorlarini o’rganishga uzoq vaqt sarf etdi. Qur’onda bu ilmiy fakt bundan 1400 yil ilgari aytib qo’yilganiga dastlab ishona olmadi. Keyinroq, u Qur’ondagi ushbu oyatning tarjimasi bilan tanishgach, undagi ilmiy daqiqlikni ko’rib juda tasirlandi. Saudiya Arabistonining Riyod shahrida Qur’on va Sunnatdagi Ilmiy Mo’jizalar mavzusida bo’lib o’tgan 8-Tibbiyot Anjumanida u quyidagini faxr bilan e’lon qildi:

“Allohdan o’zga Iloh yo’q va Muhammad (sav) Uning Payg’ambaridir."

13.   XULOSA

    Qur’onda kelgan ilmiy faktlarni tasodifga yo’yish sog’lom aqlga to’g’ri kelmaydi, va haqiqiy ilmiy yondashuvga zid bo’ladi.

Batahqiq, Qur’ondagi ilmiy daqiqlikni Qur’onning o’zi baralla e’lon qilib qo’ygan:

“Biz ularga ham ufqlardagi, ham o’z nafslaridagi oyat-bеlgilarimizni ko’rsatamiz. Toki ularga Uning haqligi ravshan bo’lsin. Sеning Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?!” (Qur’on 41:53)

   Qur’on quyidagi oyatda, barcha insonlarni koinotning yaratilishi haqida bir tafakkur qilib ko’rishga chorlaydi:

“Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kеcha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun bеlgilar bor.” (Qur'on 3:190)

   Qur’ondagi ilmiy dalillar uning Ilohiy ekanini tasdiqlamoqda. O’n to’rt asr ilgari, bu darajada salmoqli ilmiy dalillarni o’zida mujassam qilgan mana shunday bir kitobni yozishga hech bir odam bolasi qodir bo’lmagan.

   Shularnining barchasini hisobga olib bo’lsada aytamiz, Qur’on ilmga bag’ishlangan emas, balki oyatlar –belgilar, ishoralar, mo’jizalar, alomatlar kitobidir. Ushbu oyatlar insonni yerdagi hayotidan maqsadni anglashga va tabiat bilan uyg’unlikda yashashga chorlaydi. Qur’on, haqiqatda ham, butun olamlarning Yaratguvchisi va Robbisi –Allohdan kelgan Ilohiy ko’rsatmalar majmuidir. U barcha payg’ambarlar, Odam, Muso, Iso va Muhammad (alayhimussalom) larning umumiy yo’li, ya’ni Allohning biru bor Iloh ekaniga asoslangan ta’limotni olib kelgan.

   “Qur’on va zamonaviy ilm” mavzusida qancha-qancha jildlab kitoblar yozib bo’lingan, yozilmoqda va tadqiqotlar olib ham borilmoqda. Alloh nasib etsa, ushbu urinishimiz kishilarni barcha narsaga qodir bo’lgan Allohning so’ziga yanada yaqinlashtirar degan umiddamiz. Ushbu kitobchada Qur’onda kelgan ilmga oid xabarlarning ozgina qismigagina to’xtalib o’tdim, xalos. Mavzuni to’la-to’kis yoritib berdim deb ayta qila olmayman.

    Professor Tejasen Qur’ondagi birgina oyat –mo’jizadan ta’sirlanib Islomni qabul qildi. Ba’zilar o’nta mo’jiza talab qilishlari ba’zilar esa, Qur’onning haqiqiy Ilohiy ta’limot ekanini tan olish uchun yuzlab oyat –mo’jizalarni talab qilishlari mumkin. Kimlardir ming-minglab mo’jizalar keltirilsa ham Haqiqatni tan olishni istamaydilar. Qur’on bunday johillarni quyidagicha tasvirlaydi:

“Ular kar, soqov, ko’rdirlar. Bas, ular qaytmaslar.” (Qur’on 2:18)

   Qur’onda shaxs uchun ham jamiyat uchun ham hayot tarzi borasida shomil ko’rsatmalar mavjud. Allohga hamdlar bo’lsinki, Qur’oniy ta’limot kishilar ixtiro qilgan har qanaqangi “izm” lardan xolidir, ulardan oliydir. Yaratuvchining O’zi ko’rsatib bergan to’g’ri yo’ldan afzalrog’ini kim ham ko’rsata olardi?

   Ushbu kamtarona ishimizni Alloh dargohida qabul qilishini so’rayman hamda O’zining marhamati va hidoyatini bizlarga nasib etishini so’rayman, omin.  


smartboy_uz



Муаллиф
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Бисмиллаҳир Роҳманир роҳиймБиринчи тавсияКалимаи тавҳидРасул марҳамат қилди Абу Ҳурайра,Сенга шафоатдан берайин дарак. Лаа илаҳа иллаллоҳhelliprdquoни ким айтса давоми...

4105 19:49 / 19.04.2017
Кўпчилигимиз вақт ҳақида эсламасакда, сўзламасакда барибир вақт аталмиш уммон оқимида сузаётганимизни ҳис қиламиз. Бу уммон шундай уммонки, барчамиз шу уммон давоми...

7225 20:13 / 19.04.2017
Ushbu maqolalar www.truthsforkids.com bolalar uchun oylik jurnal, 1sonidan olingan boaposlib sayt rahbariyati ruhsati bilan tarjima qilindi. Barcha tarjimalar qilingandan soaposng saytga oaposzbek tilidagilari kiritiladi BiizniAlloh. Bularni tarjima qilishdan niyyatim bolalarimiz bizga давоми...

9333 20:43 / 19.04.2017
Глобализация жараёни бутун инсониятга ижобий ҳодисалар олиб кeлиши билан бирга ўзининг салбий қирраларини ҳам намоён қилаётгани кўп таъкидланмоқда. Умуман давоми...

3443 19:53 / 19.04.2017