1447 йил 8 Рамазон | 2026 йил 26 февраль, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Bani Isroilning Kufroni ne’mati

11:13 / 24.10.2022 1917 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Lekin uzoq davom etgan qullik Bani Isroilga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, ularning xulq-atvori va hayotdan zavq olish hissini buzgan edi.
Bani Isroil bola tabiatli bo‘lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi. Shukri kam, nolishi ko‘p, noz-zerikishi xo‘b bu qavm ta’qiqlangan narsani xush ko‘rib, berilgan ne’matlarni yoqtirmasdi.
Hali hech qancha o‘tmasdan turib ular yana nolishga o‘tdilar: Ey Muso, bir xil taom jonimizga tegdi. Go‘shtu holvalardan zerikdik. Yerda o‘sadigan ko‘k-sabzavotlardan yegimiz kelyapti.
- «Ey Muso, bir xil taomga hech qanoat qila olmayapmiz. Parvardigoringa duo qil, bizga yerda unib-o‘sadigan sabzavotlardan, bodring, sarimsoq, mosh, piyozga o‘xshagan o‘simliklardan chiqarib bersin».
Muso ularning bu g‘alati so‘rovlaridan taajjubga tushib ham inkor, ham hayrat, ham tanbeh ohangida dedi;
- «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni istaysizlarmi?»
- Qush go‘shtlari, holvalar kabi inson qo‘li tegmagan noz-ne’matlarni tashlab ko‘k-sabzavotlarni orzu qilasizlarmi?
- Shohlar taomini dehqonlar yeguligiga almashasizlarmi?
- Eh sizlarda ta’m bilishdagi zavq buzilgan-ku?!
- Eh muncha yomon narsani ixtiyor qilasizlar!
Lekin Bani Isroil ko‘kat va sabzavot talabida turib olib qayta-qayta so‘rayvergach, Muso alayhissalom ularga dedi:
- Xohlagan qishloq va shahringizdan aytayotgan narsalaringizni topasiz.
«Qaysi shaharga tushsangizlar so‘ragan narsalaringiz turibdi-ku?».

 

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
17Nuh ko`p harakat qilib, qavmini uzoq vaqt daaposvat qildi. Nuh o`z qavmida ellik yil kam ming yil, yaaposni to`qqiz yuz ellik yil turib, ularni Allohga daaposvat qildi. Lekin Nuhning qavmi iymon keltirmadi. Butlarga ibodat qilishni tark etib, Allohga qaytmadilar. Nuh qachongacha kutadi давоми...

7668 14:03 / 29.12.2019
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

4759 05:40 / 20.07.2019
Bani Isroilning dengiz o`rtasidan ochilgan yo`ldan sog`omon o`tib ketganini ko`rgan Fir`avn o`z qo`shiniga qarab dedi Qaranglar Qochoqlarni tutmog`im uchun mening amrimga bo`ysunib dengiz yorildi Fir`avn qo`shini bilan olg`a intildi. Bani Isroilni yana qo`rquv qamradi. Zolim dushman biz tomon давоми...

7840 06:00 / 28.08.2022
Solih .Qaysi oyatni xohlaysizlar, desa, ular .Agar rostgo`y bo`lsang, biz uchun shu tog`dan homilador tuya chiqargin, deyishdi. Odamlar tuyani tosh emas, tuya tug`ishini yaxshi bilardilar, Tuyaning yerdan o`sib chiqmasligi yoki toshdan paydo bo`lmasligi hammaga maaposlum edi. Ular Solihni ojiz давоми...

5813 10:00 / 09.05.2021
Аудиолар

232064 06:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

150576 09:35 / 11.08.2021