1447 йил 25 шаъбон | 2026 йил 13 февраль, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Fir’avnning g‘arq bo‘lishi

11:00 / 28.08.2022 7791 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroilning dengiz o‘rtasidan ochilgan yo‘ldan sog‘-omon o‘tib ketganini ko‘rgan Fir’avn o‘z qo‘shiniga qarab dedi:

Qaranglar! Qochoqlarni tutmog‘im uchun mening amrimga bo‘ysunib dengiz yorildi! Fir’avn qo‘shini bilan olg‘a intildi. Bani Isroilni yana qo‘rquv qamradi. Zolim dushman biz tomon dengiz o‘rtasidan emin-erkin o‘tib kelmoqda. Tamom, biz qo‘lga tushdik. Fir’avn hozir bizni yana xorlab, asir qilib Misrga olib ketadi yoki mana shu kimsasiz yerda qilich tig‘idan o‘tkazadi. Muso alayhissalom dengiz qaytadan asliga kelishi uchun asosi bilan yerni urmoqchi bo‘ldi. Shunda Alloh taolo vahiy qildi:

Ey Muso, dengizga teginma «albatta ular g‘arq qilinuvchi qo‘shindir». Fir’avn va uning qo‘shini paydo bo‘lgan yo‘l o‘rtasiga yetgach dengiz harakatga keldi. Ular to‘lqinlar tagida qolishdi.

O‘lishini aniq bilgach, Fir’avn o‘zining kufr-kibr mastligidan uyg‘ondi.

Endi bo‘lish (payti) yetganida esa, u dedi: «Hech qanday iloh yo‘q, magar Bani Isroil iymon keltirgan zot – Allohgina borligiga iymon keltirdim. Men ham musulmonlardan - Allohga bo‘ysinuvchilardanman». Lekin, endi Fir’avn uchun tavba qilish fursati o‘tgan edi. «Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki birovlariga o‘lim kelganida «endi tavba qildim» deydigan va na kofir holda o‘lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmas».

«Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas».

Fir’avnga shunday deyildi.

- «Endi-ya! Axir sen ilgari (ya'ni shu paytgacha) itoatsizlik qilgan va buzg‘unchi kimsalardan bo‘lgan eding-ku!». Fir’avn dengizga g‘arq bo‘lib vafot qildi. Minglab go‘daklarni qatl qildirgan qonxo‘r o‘ldi! Ming-minglab kishilarni zindonband qilib chiritgan, osgan, so‘ygan zolim jon taslim etdi! Misr podshohi taxtidan, koshonasidan, saltanatidan yiroqda jon berdi. Uning boshida na davolovchi tabib, na mehribon do‘st va na yig‘lovchi bir ko‘z turmadi! Bani Isroil hali ham Fir’avnning o‘lganiga shubha qilardi. Ular «Fir’avn o‘lmaydi» deyishardi. - Axir u necha kunlab yemasdan, ichmasdan yurar edi-ku?! Faqat dengiz uning jasadini qirg‘oqqa chiqarib tashlaganidan keyingina «Fir’avn aniq o‘libdi» dedilar. Alloh taolo Fir’avnga xitoban shunday dedi: «Mana bugun o‘zingdan keyingi kishilarga oyat-ibrat bo‘lishing uchun seni jasadingni qutqarurmiz». Fir’avn jasadi inson farzandlariga oyat-ibrat bo‘lishi uchun asrab qo‘yildi. Bani Isroilni ta'qib etgan qo‘shindan biron kishi ham omon qolmadi.

Shunday muazzam Misr mamlakatidan ularga bir arshin ham qabr nasib qilmadi. «Ular qanchadan-qancha bog‘larni, chashmalarni, ekinzorlarni va ulug‘-go‘zal joylarni qoldirib (o‘zlari g‘arb bo‘lib) ketdilar va (Qanchadan-qancha) o‘zlari vaqtichog‘lik qilgan ne’matlarni (qoldirib ketdilar)! Mana shunday! Biz u (ne'matlarni boshqa) bir qavmga meros qilib berdik. Bas, ularga osmon ham, yer ham (aza tutib) yig‘lamadi, ularga (tavba-tazarru’ uchun) muhlat ham berilmadi!».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
16 Yusuf bilardiki, odamlarda omonatdorlik oz edi.Yusuf bilardiki, odamlarda xiyonat ko`p edi.Yusuf ko`rardiki, odamlar Allohning mollariga xiyonat qilardilar.Yusuf ko`rardiki, albatta yerda xazinalar ko`p, lekin ular zoe qilingan edi. Albatta ular zoe qilingan, chunki amirlar Allohdan qo`rqmas давоми...

2243 11:40 / 26.05.2019
Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular cho`lda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yo`llarini yoritsinlar. Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi давоми...

2961 16:00 / 13.11.2022
Nil daryosi sohillarida Firaposavnning ko`p qasrlari bor edi. Firaposavn qasrdan qasrga ko`chib, nil sohilidagi qasrlarida sayr qilar edi. Bir kun u oyoqlari tagida shovillayotgan daryoga tikilib o`tirardi. U bilan birga Misr malikasi ham bor edi.U podshoh bilan birga sayr qilib yursa, banogoh давоми...

4056 15:00 / 29.08.2021
2Yusufning Binyamin ismli tug`ishgan ukasi bor edi. Ya`qub u ikkovini juda yaxshi ko`rar edi. Hech kimni ulardek yaxshi ko`rmas edi. Akalar esa Yusuf va Binyaminga hasad qilardilar va g`azab bilan Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`pa ko`proq yaxshi ko`radi Nega otamiz Yusuf va Binyaminni давоми...

3639 12:10 / 03.03.2019
Аудиолар

230238 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148815 14:35 / 11.08.2021