1447 йил 22 шаъбон | 2026 йил 10 февраль, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Otaga hurmat

11:00 / 05.02.2019 9393 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aziz bolajonlar! Siz, albatta, bobo-buvilaringizni, ota-onangizni, aka-opalaringizni, umuman, yoshi kattalarni hurmat qilish zarur ekanini bilasiz. Bu ishingiz tahsinga loyiq. Bu bilimingizga amal qilish esa ko‘plab savob keltiradi.

Musulmonlar o‘z ota-onalariga hurmat ko‘rsatish borasida hammaga ibratdir. Ota-onani e’zozlashni bizga sahobalar ham juda chiroyli tarzda o‘rgatganlar. 

Hishom ibn Urva otasidan rivoyat qiladi:
«Abu Hurayra ikki kishini ko‘rib qolib, ulardan biriga:
«Bu kiming bo‘ladi?» dedi.
«Otam bo‘ladi», dedi u.
«Unday bo‘lsa, uni ismini aytib chaqirma, oldiga tushib yurma va undan oldin o‘tirma», dedi».

Demak, ota-onaning hurmati ushbu hadisi sharifda zikr qilingan narsalarda ham ko‘rinar ekan. Farzand otasiga «Ota», deb yoki boshqa bir ehtirom ma’nosidagi so‘zlarni aytib murojaat qilishi yaxshi ekan. Lekin boshqalarning ismini aytgandek, otasining ismini aytib chaqirish musulmonchilik odobiga to‘g‘ri kelmaydi.

Shuningdek, yo‘lda yurganda ham otadan keyin yurish kerak, oldinga o‘tish mumkin emas. O‘tirishda ham avval ota, keyin esa bola o‘tirishi lozim.

Qadrli bolajonlar, katta yoshdagi va olim kishilar paytini topib, yoshlarga ta’lim berishlari, odobli bo‘lishga chorlab turishlari kerakligini ko‘ryapsizmi? Sizga ham biror ish ustida kattalar saboq yoki tanbeh berishsa, ularni aslo og‘ir olmang. Hammasi o‘zingizning foydangiz uchun.

Musulmonchilik odobi bo‘yicha, farzand ota-onasining ismini aytib chaqirishi to‘g‘ri emasligini ham bilib oldik. O‘ylaymizki, orangizda bunday bolalar yo‘q.

Yana bilishimiz kerakki, musulmonchilik odobi bo‘yicha, farzand ota-onasining oldiga tushib yurishi to‘g‘ri emas. Musulmonchilik odobi bo‘yicha, farzand ota-onasidan oldin o‘tirishi to‘g‘ri emas.

 «Odoblar xazinasi» kitobi asosida tayyorlandi

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Shundan so`ng Alloh taolo Muso alayhissalomga faoliyatga kirishishni amr qildi. Aslida, Muso mana shu ish uchun yaratilgan edi. Firaposavn yer yuzida haddidan oshib, tug`yonga tushdi, buzg`unchilik qildi. Uning qavmi Allohga kufr keltirdi. Ular ham Allohning yerida buzg`unchilik qildilar.Alloh давоми...

3285 14:00 / 19.12.2021
Ey, farzandRasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.Har bir kishi azon eshitganda shu duoni o`qishi kerak .Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Roziytu billahi robban va bil islami diynan. Va bi muhammadin sallallohu давоми...

17877 17:08 / 18.11.2018
Ey, farzandHar narsaning nuri bor. Din nuri mdash besh vaqt namozdir. Namoz ayni vaqtda din tirgagi va libosidir. Har narsani buzguvchisi bor. Dinni buzuvchi ndash namozni tark etmoqdir. Namozni tark etgan ndash dinining binosini qulatgan bo`ladi.Kim jamoat bilan namoz o`qishni sevsa, Alloh ham uni давоми...

32034 17:03 / 12.11.2018
Ey, farzandOvqatlanishdan oldin ikki qo`lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo`lmaslik kerak.Dasturxon yerga yozilgan bo`lsa, o`ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o`tiriladi. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday qilgani rivoyat etilgan.Avval .Bismilloh, aytilib, ovqatlanish o`ng qo`l bilan давоми...

23362 14:10 / 31.01.2019
Аудиолар

229634 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148238 14:35 / 11.08.2021