1446 йил 20 жумадис сони | 2024 йил 22 декабрь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

O’ringa yotishdan avvalgi duolar

17:30 / 10.02.2019 91161 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Kechasi uxlash uchun o‘ringa yotishdan avval Mulk (Taborak) surasi o‘qiladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu surani o‘qimasdan o‘rinlariga kirib uxlamasdilar. Bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar:

«Yotadigan vaqtda Mulk (Taborak) surasini bir marta o‘qigan kishi qabriga qo‘yilgan paytda shu suraning o‘n oyati boshida, o‘n oyati ko‘ksida, o‘n oyati esa yonlarida turib kutadi. So‘rovchi farishtalar kelganda bu oyatlar:

«Bu kishi bilan sizning ishingiz (bo‘lmasin) yo‘q. Bu kishi har tun o‘rniga yotishdan oldin bizni o‘qirdi. Unga oid savoblarni berish uchun biz tayyor bo‘lib kutib turibmiz» deyishadi».

Yotayotganda «Mulk»ni o‘qiganga Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazganchalik savob beriladi.

Mo‘minlarning onasi hazrati Oyisha roziyallohu anho aytadilar.

«Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga shunday dedilar:

«Ey, Oyisha! Qur’oni karimni xatm et. Alloh taoloni o‘zingdan rozi ayla! Barcha payg‘ambarlarni o‘zingga shafoatchi qil. Barcha mo‘minlarni mamnun etib, o‘zingga duochi qil. Keyin yaxshi tushlar ko‘rib uxla!» dedilar. So‘ngra namozga turdilar.

«Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam! Ota-onam, jonim yo‘lingizda fido bo‘lsin! Buncha ko‘p narsani bir soat ichida qanday qilish mumkin?!» Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini o‘qib bo‘lgach, menga qarab shunday deydilar:

«Ey, Oyisha! Uch marta «Ixlos» surasini o‘qisang, Qur’onni xatm etgan bo‘lasan. Bir marta:

«Subhanallohi valhamdulilahi va la ilaha illallohu vallohu akbar. Va la havla va la quvvata illa billahil aliyyil aziym» desang, Alloh rizosini qozonasan.

Bir marta:

«Allohumma solli ala Muhammadin va ala jamiyil anbiyoi val mursaliyn!» desang, barcha payg‘ambarlarni o‘zingga shafoatchi qilasan.

«Allohum mag‘firliy va lil mu’miniyna val mu’minati val muslimiyna val muslimati» desang, barcha mo‘minlar sendan mamnun va senga duoda bo‘ladilar!»

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga shunday deydilar:

«Ey, Abu Hurayra! Bir kishining ilm majlisida bir soatcha o‘tirishi va suhbat tinglashi, Alloh haqqi uchun o‘z-o‘zicha qirq yil ibodat qilgan bilan barobar».

Bilmasdan, anglamasdan bajarilgan bir amalning Alloh huzurida hech bir qiymati yo‘q.

Ey, farzand!

Yer yuzidagi barcha jonzotlarga shafqatli, marhamatli bo‘lmoq lozim.

Siddiqlarning alomati:

I. Qilgan yaxshiligini va yordamini yashirincha qiladi.

2. O’ziga kelgan falokatni yashiradi, boshqalar eshitmasin deb harakat qiladi.

3. Qay vaqt ixtiyoridan tashqari bir gunoh qilib qo‘yganini bilib qolsa, darhol ketidan tavba qiladi, istig‘for aytadi va sadaqa beradi.

Ey, farzand!

Keraksiz, foydasiz suhbatdan saqlanmoq lozim. Mazmunli va oz, haqiqiy suhbatlashish va g‘ayrat qilish kerak. Ham dunyoda, ham oxiratda huzurli bo‘lish shunga bog‘liq. Shuni unutmaslik kerakki, ko‘p gapirgan – ko‘p xato qiladi.

Allohni ko‘p zikr etish kerak. Allohni ko‘p zikr etuvchining qalbiga ilm, ko‘ngliga hikmat oqadi.

Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga xitoban shunday deydilar:

«Ey, Abu Hurayra! Bir kishiga Alloh Nuhning alayhissalom umri qadar o‘n asrlik yosh bersa, o‘sha kishida shu uch xislat bo‘lmasa, yillab qilgan ibodatining bir qiymati yo‘q. Bu xususiyatlar shular:

1. Bilganiga amal etish.

2. Dunyoviy ehtiyojlarda xasis ham, isrofgar ham bo‘lmaslik.

3. Gunohlardan saqlanish. Gunoh qilishdan ko‘ra olovda yonmoqni afzal ko‘rish». Taqvo sohibi bo‘lish uchun U farz qilgan narsalarni o‘rniga qo‘yib ado etib, gunoh ekanini bildirgan narsalarni tark qilish shartdir.

Faqir va muhtojlarga yordam bergan, taomlantirgan kishini Alloh jannat ne’matlari bilan siylaydi. Ming gunohini o’chirib, ming savob yozadi. Muhtojlarga har jihatdan madad-yordam berish zarur. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘larga, qo‘ni-qo‘shnilar, do‘stu birodarlarga xasislik qilmaslik kerak. Bularga sarflangan narsa sadaqa o‘rniga o‘tadi.

Abu Umoma roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadislarida shunday deyiladi:

«Bir kishining oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga ko‘rsatadigan ikromi ikromlarning eng go‘zalidir. Bularga nisbatan xasislik qilmaslik kerak».

Ey, farzand!

To‘rt xislat kishining yaxshilik egasi ekanini va yaxshiligini bildiradi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

1. Mo‘l-ko‘l (boy va kambag‘al) zamonlarda zakot va taqchil paytlarda sadaqa bermoq.

2. G’azablangan holda jahlini yutmoq.

3. Bir kishida ko‘rgan kamchilikni atrofga yoymasdan berkitmoq.

4. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga, atrofidagilarga nisbatan jo‘mard, saxovatli muomalada bo‘lmoq.

Shunday xislatlarga ega bo‘lgan zot yaxshi insondir. Bu xislatlar kishini yaxshi inson sifatida namoyon etadi.

Chanqagan kishiga suv ichirmoq ikromlarning eng savoblisidir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Chanqagan bir kishiga suv ikrom etganning amal daftariga yetmish yillik ibodat savobi yoziladi.

Bu ikromni suv tanqis joyda qilganga hazrati Ismoil alayhissalom (bunga Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallam ahli bayti ham doxil) avlodlaridan bir kishini kofir qo‘lidan qutqarganning savobi beriladi».

Ey, farzand!

Xayr va hasanotni mo‘l qilmoq, saxiy bo‘lmoq lozim. Alloh xayr qilguvchi, saxiy qullarini sevadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Har doim xayr qilib, xayrli ishlar bilan mashg‘ul va yomon ishlardan uzoq bo‘lgan qulini Alloh sevadi».

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir dona xurmo bilan bo‘lsa ham faqirga ikrom etganga o‘sha xurmo donasi besh narsani mujdalaydi:

1. Men bir dona edim, meni ko‘paytirding.

2. Kichik narsa edim, ulg‘aytirding.

3. Men dushman edim, sen do‘st aylading.

4. Men yeyilib yo‘q qilinardim, meni abadiylashtirding.

5. Hozirgacha sen meni saqlashga harakat etarding, bundan buyon men seni saqlanishingni tilayman».

Ey, farzand!

O’rniga xarjlangan mol kamaymaydi. Shubhasiz ortadi. Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qilgan:

«Uch xususda hech shubha qilmasdan qasamyod etaman:

1. Sadaqa berish va xayrga sarf etish bilan mol kamaymaydi. Balki ortadi, ko‘payadi.

2. Bir kishiga yomonlik qilinsa, yomonlik ko‘rgan uni kechirsa, Alloh qiyomat kunida o‘sha kechirgan qulini mahshar xalqi havas qiladigan bir kishiga aylantiradi.

3. Tilanmoqqa odatlangan faqirlikdan qutilmaydi.

Ey, farzand!

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytgan rivoyatga ko‘ra, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Alloh rizosi uchun qilingan bir yaxshilikka ming savob bilan javob beriladi».

Abu Hurayra roziyallohu anhu deydilarki:

«Buni eshitgan bir zot mendan shu xabar to‘g‘rimi, yo‘qmi deb so‘radi. Men unga shunday javob berdim: Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitdim. Shunday dedilar:

«Kim Alloh uchun qarz bersa, Alloh unga ikki ming savob ehson etadi. Birovga qarz beruvchi yaxshilik bilan bersin, hamda yaxshilik bilan olsin».

Chunki yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sizlar bir-biringiz bilan qarz oldi-berdi qilgan paytingizda bu ishni yaxshilik bilan ado etingiz. Agar boy bo‘lib, faqirda bergan qarzingizni kechib yuborsangiz, mahshargohda arshning soyasida bo‘lasiz. Jannat ham sizni oshiq bo‘lib kutadi!»

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
23Yusuf Ya`qubni ko`rishga oshiqdi. Qanday ham oshiqmasin, axir ayriliq uzoq cho`zilgan edikuHozir nima uchun toqat qilsin, axir sir oshkor bo`lgankuQanday qilib ovqat va suv uning tomog`idan o`tsin, axir otasining ovqati, suvi, hatto uyqusida ham halovat yo`qkuSir ochilib bo`ldi. Sir aniq bo`ldi. давоми...

2007 21:00 / 27.06.2019
Ey, farzandRasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.Har bir kishi azon eshitganda shu duoni o`qishi kerak .Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Roziytu billahi robban va bil islami diynan. Va bi muhammadin sallallohu давоми...

14566 17:08 / 18.11.2018
Alloh taolo Bani Isroilni kitobsizhidoyatsiz qavmlar kabi adashibuloqib ketishni istamadi. Ularni kor tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek bolib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun roza tutishni, songra Tur togiga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur давоми...

2232 14:50 / 04.02.2023
Fir`avn ta`qibidan sog`salomat qutulgan Bani Isroil bexavotir yerga yetganlarida sharafli ozod kishilardek yengil nafas oldilar. Bu yerda ularga na Fir`avn na Homon va na Fi`avn mirshablari xavf solardi. Endi qo`rqmasdan eminerkin, xotirjam, Allohdan boshqa biror kishidan qo`rqmasdan yurishlari давоми...

2210 19:00 / 04.09.2022
Аудиолар

137637 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

57703 14:35 / 11.08.2021