1447 йил 4 шаъбон | 2026 йил 23 январь, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

To’y va bozor odoblari

18:40 / 03.02.2019 6612 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

To‘y va shunga o‘xshash ko‘ngilxushlik joylariga borilganda oshkor gunoh qilayotganlar guruhiga qo‘shilib, ular bilan birga gunoh orttirmaslik, borar-bormas oldingi safda ko‘rinishga harakat qilmaslik ma’qul.

Jamoat holida bo‘lgan yig‘inlarda xizmatdan qochmaslik, atrofdagi yeb-ichiladigan taomlarga qo‘l urmaslik, borganda va qaytayotganda salom berish odobdandir.

Ey, farzand!

Bir jamoatda suv yoki choy tarqatish xizmati tushadigan bo‘lsa, mavqeyi va yoshiga qarab navbati bilan bu ishni davom ettirish kerak. Bu ish o‘ngdan boshlanib, so‘nggiga yetkazilgach suv idishlari joyiga qo‘yiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir kishi ehtiyojli bir kishiga suv ikrom etsa, Alloh taolo o‘sha kishiga barcha xalqni tiriltirganchalik savob beradi».

Ya’ni chanqagan odamga suv berishning savobi shunchalar ulug’ va cheksiz.

Yana bir hadisi shariflarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar:

«Ey, sevimli ashobim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Oyoqda (tik) turgan holda suv ichmang! Bunday qilishingiz o‘zingiz (taningiz)ga bir necha kasallikni chaqirishingizdir. Faqat tahorat olib bo‘lgach, qolgan suvdan uch yutum va zamzam suvini oyoqda turib ichmoq zarar bermaydi. Bu zamzam va tahorat suviga hurmatan ibodatdir».

Bozorga o‘xshash odam gavjum joylarga kirayotganda, duo qilib Allohga sig‘inmoq foydalidir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Kim bozorga va shunga o‘xshaga odam gavjum joylarga kirayotganda shu duoni o‘qisa, o‘sha kishining ming gunohi afv etilib, mingta savob beriladi. Duo budir:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu. Lahul mulku va lahul hamdu. Yuhyi va yumiytu vahuva hayyun la yamutu. Biyadihil xoyru va huva ala kulli shayin qodiyr». Bozor va shunga o‘xshash odamlar ko‘p joylarda qo‘pol harakatlar qilib, yelka bilan urib, turtib birovlarni ranjitmaslik, yo‘llarga, maydonlarga, duch kelgan yerga tupurmaslik, burun qoqmaslik kerak. Jamoat ichida yolg‘iz ovqatlanmaslik, hech kim bilan urishib-tortishmaslik, g‘avg‘o ko‘tarmaslik lozim. Yolg‘on aytmaslik, hech kimni aldamaslik va aldanmaslikka harakat qilmoq darkor.

Bozordan olingan yeguliklar ko‘zdan yashirin, berk, o‘rog‘liq holda keltirilgani maqsadga muvofiq, ularga faqirlar va bolalarning ko‘zlari tushmagani ma’qul, bordi-yu ko‘zlari tushsa, ularga berib, tottirgan yaxshi. Uyga ochiq chehra bilan qaytib, uydagilarni sevintirgan a’lodir. Oila a’zolarini va boshqalarni shodlantirganni Alloh oxiratda sevinchli martaba va maqomlarga yetkazadi. Shunday go‘zal maqomlarki, mahshar xalqi hayratdan lol qoladi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Assalomu alaykum, azizlar Men odamzotning ajralmas dosti ndash Olov bolaman. Ha, qiyomatgacha inson bilan birgabirga yashash mening taqdirimga yozilgan. Odamzot ovqat pishirmoqchi bolsa otga aylanaman. Tunlarni yoritmoqchi bolsa, chiroqqa aylanaman. Sovqotib qolsa, isitib qoyaman. Bu dostlik давоми...

5714 16:30 / 21.01.2023
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2794 19:08 / 13.06.2020
Musoning onasi emizishni tugatgach, bolani qasrga qaytardi. U saroyda huddi shahzodalardek ulg`aydi. Shu bois shohlar va boybadavlat kimsalar qarshisida esankirash, o`zini yo`qotib qo`yish unga begona edi. Muso Firaposavn va uning ahli qanday nematlar ichida yashayotganiga shaxsan guvoh bo`ldi. давоми...

2445 17:30 / 10.10.2021
21Akalar otalarining oldiga qanday qilib qaytib boramiz, deb hayron bo`ldilar.Ular otalariga nima deb aytishni o`yladilar.Ular kechagina otalarini Yusuf xususida baxtsiz qilgan edilar. Endi bugun uni Binyamin bilan baxtsiz qiladilarmiKatta akalari Ya`qubning oldiga borishdan bosh tortib, inilariga давоми...

2698 18:30 / 14.06.2019
Аудиолар

224542 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

143447 14:35 / 11.08.2021