1447 йил 8 шаъбон | 2026 йил 27 январь, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ey, farzand!

17:39 / 22.10.2018 7737 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Imom G’azzoliy haqlarida bir necha so’z

Hujjatul islom Imom G’azzoliy hazratlari bir necha asrlarda bir keladigan buyuk islom mutafakkirlaridan biri sanaladi. Hijriy 450 (m.1058) yilda Eronning Xuroson viloyati, Tus shahrida dunyoga kelib, hijriy 505 (m. 1111) yilda shu yerda vafot etganlar. Hayratda qolarli darajada teran bilimga ega bo‘lgan bu ulug‘ zot davrining barcha ilmlari bo‘yicha yetuk bo‘lganlar, zohiriy va botiniy ulamolar orasida katta jarlik yuzaga kelgan bir paytda har ikki tomonni murosaga keltirgan benazir olimdir. Qisqa umrlari davomida turli sohalarda va mavzularda ko‘plab ulug‘ asarlar yozdilar, ta’lif etdilar. «Ihyoi udumid-din» ilm olamida ma’nolari chuqurligi bilan mashhurdir. Boshqa barcha asarlari ham u zotni dunyoga fazilat va kamolot sohibi sifatida tanitdi. Shogirdlaridan juda ko‘pchiligi u zot yonida zohir va botin ilmlarining shavqlarini totib, maqsadlariga yetdilar. O’zidan yiroqda bo‘lganlarga maktublar yo‘llab ilm va irshod maqomida xizmatlarini davom etdirdilar va davom etdirmoqdalar, bu nurlardan kelajak avlodlar ham bahramand bo‘ladilar, inshaalloh. Bunday ziyo manbasida, ilm osmonida pirlant (brilliant) qandillarga, bilimdonlik zaminida nur chashmalariga aylangan «Al-munqizu minaz zalol» va «Ayyuhal valad» asarlari shular jumlasidandir. Islom olami, butun dunyo 900 yildan buyon hazrat G’azzoliy asarlaridan o‘rganib kelmoqda, bu asarlar turli tillarga tarjima qilingan. Sharq mamlakatlaridan tashqari Ovro‘pa, hatto Amerikada u zot nomida ilmgoh (institut) lar ochilib, hayoti va ilmiy faoliyatiga bog‘liq tadqiqotlar olib borilmoqda. G’azzoliy kabi zotlarning nufuzli asarlari har bir asr, har bir jamiyat uchun har doim faqat foyda keltiradi. Bizdek ojiz bandaning xatolarini Alloh mag‘firat qilib, siz aziz o‘quvchilarning fikr-mulohazali so‘zlari bilan o‘zi tuzatib, to‘g‘ri yo‘lga boshlasin. Xato-kamchiliklar bizdan, muvaffaqiyat Allohdandir. Unga behad hamdu sanolar, Payg‘ambarimizga salovatlar, ahli baytiga, sahobalariga G’azzoliydek, Imom A’zamdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Marg‘inoniy kabi olim, aziz avliyolariga, U zotga ergashganlarga, U zotni sevganlarga salomlar bo‘lsin. Bu dunyoda barchaga, u dunyoda esa mo‘minlarga marhamatli bo‘lgan Alloh nomi bilan «Ayyuhal valad» (“Ey, farzand”) mutolaasini boshlaymiz.

 

Rahmon va Rahim bo’lgan Alloh nomi bilan boshlayman

Birinchi bo’limga kiruvchi odoblar  

Ey, farzand! Odob bir necha ko‘rinishga ega. Inson avvalo kiyinish odoblarini yaxshi bilmog‘i lozim. Shuningdek eshik ochish, hojatini o‘rinlatish, tozalanib hojatxonadan chiqish, tahorat olib masjidga borish, namoz o‘qish, masjiddan chiqish va uyiga yoki ish joyiga kirish, odamlar bilan uchrashish kabi odoblarga ham rioya etishi kerak. Rajab, sha’bon va ramazon oylariga xos odoblar bilan birga qo‘l, oyoq, til, quloq va tanosil a’zolariga tegishli odoblarni saqlash ham zarur. Qo‘ni-qo‘shni haqlari, muhtojlarning ehtiyojlarini qondirish, bozor-o‘charga borish, qarz olish-berish, olimlarni, oriflarni, murshidlarni ziyorat etish, ularning majlislarida qatnashish odoblari ham bor. Kiyinish, yurish-turish, kimlarga qanday qarash, kimlarga qaramaslik, qanday suhbatlashish, mehmon qabul qilish va mehmon bo‘lish odoblari, taomlanish va taomlantirish odoblari, qir-adirda, tog‘u toshda va istirohat maskanlarida bo‘lish odoblari, safar va musofirlik, xasta zisrati, er-xotin munosabatlariga tegishli odoblarini bilib, ularni saqlash kerak.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Iymon besh burchli qal`aga o`xshaydi.Birinchi burji oltindan, ikkinchi burji kumushdan, uchinchi burji po`latdan, to`rtinchi burji tunj bronza, ruh dan, beshinchi burji misdan.Qal`a ichiga o`g`ri kirsa, qimmatli narsalarni o`maradi. Iymon qal`asining o`grisi ndash shayton.Mis burji ndash adabdir. давоми...

7328 18:00 / 05.12.2018
Aziz bolajonlar, albatta, siz ovqatlanish odoblarini yaxshi bilsangiz kerak. Ularga rioya qilish, boshqalarga ham o`rgatish zarur ekanini ham unutmang. Eng asosiysi, bunday odob turlarini bizga Payg`ambarimiz alayhissalom o`rgatganini esda saqlang. Ularga asoslanib yashash savob ekanini doimo yodda давоми...

3580 16:01 / 01.02.2019
Rostgo`ylik nimaRostgo`ylik bu so`z yoki amalning haqiqatga to`g`ri kelishidir. Masalan, o`qituvchingiz sizdan .Uyga vazifani bajardingmi, ndash deb so`raganda siz .Ha,, ndash deysiz. Haqiqatda ham uyga vazifani bajargan bo`lsangiz, rostgo`ysiz, gapingiz haqiqatga to`g`ri keldi, bo`lmasa, давоми...

25491 11:00 / 21.06.2023
Ey, farzandVujud insoniyatga Alloh bergan bir omonat hisoblanadi. Demak, vujuddagi a`zolar ham Allohning omonatidir. Omonatga xoinlik, ya`ni xiyonat qilinmaydi. Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Ummatim ustiga shunday bir zamon keladiki, omonatlar saqlanmaydi давоми...

9998 12:30 / 01.01.2019
Аудиолар

225607 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

144456 14:35 / 11.08.2021