1447 йил 8 Рамазон | 2026 йил 26 февраль, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Payg‘ambarimiz ulovga o‘tqazgan bolalar

05:24 / 21.01.2019 10176 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aziz bolajonlar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sizning tengdoshlaringizga o‘ta mehribon bo‘lganlari haqida bilasizmi? Bu haqda juda ko‘plab hadislar rivoyat qilingan. Keling, ulardan biri bilan tanishamiz. 

Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam safardan kelsalar, o‘z ahli baytlarining bolalari ila qarshi olinar edilar. Bas, u zot bir safardan kelganlarida qarshilariga avval men olib borildim. Bas, u zot meni oldilariga o‘tirg‘izib oldilar. So‘ngra Fotimaning ikki o‘g‘lidan biri olib kelindi. U zot uni ortlariga mingashtirib oldilar. Biz – uch kishi bir ulov ustida Madinaga olib kirildik».

Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘ta bolajon zot ekanliklari ma’lum va mashhur. U  ishi qachon bolalarni ko‘rsalar, xursand bo‘lib ketar, ularni erkalar edilar. Shuning uchun ham safardan qaytganlarida u zotni xursand qilish maqsadida birinchi bo‘lib ahli baytlaridan bo‘lgan bolachalarni qarshilariga olib borib, kutib olinar edilar. Bu ishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda ham xursand bo‘lar edilar.

O‘shandoq safarlardan biridan qaytayogan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qarshilariga  birinchi bo‘lib, Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhu olib borilibdi. Bas, u zot uni ko‘tarib olib, o‘z oldilariga, egarga o‘tirg‘izib olibdilar. Bu Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhu uchun, albatta, katta baxt. Lekin u kishi o‘zlarining undan ham katta baxtga muyassar bo‘lganlarini keyingi jumlada bayon qilmoqdalar:

«So‘ngra Fotimaning ikki o‘g‘lidan biri olib kelindi. U zot uni ortlariga mingashtirib oldilar».

Bundan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning otasidan yosh yetim qolgan Abdulloh ibn  Ja’far roziyallohu anhuning ko‘ngli uchun o‘zlarining mahbub nabiralari Imom Hasan va Imom  Husaynlardan birlarini ortlariga mingashtirib, Abdulloh ibn Ja’farni oldilariga olib, Madinagacha kirib borganliklari ko‘rinib turibdi. Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhuning o‘zlari esa xuddi shu holatni o‘zlari uchun faxr va e’zozga arziydigan narsa deb bilmoqdalar.

 

«Hadis va hayot» kitobidan

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
15Boylar .Nuh daaposvat qilayotgan narsa haq va xayrli narsa emas,. Nimaga bilasizlarmi Chunki biz barcha yaxshiliklarda oldinlab ketganmiz. Barcha yaxshi taomlar, barcha yaxshi kiyimlar bizda. Odamlar barcha narsada bizga tobedirlar. Biz bilamizki, albatta yaxshilik bizni adashtirmaydi va shaharda давоми...

3534 08:05 / 16.12.2019
Alloh Nuhning zurriyotlariga baraka berdi, ular yer yuziga tarqaldi. Ulardan bir xalq bo`lib, .Od, qavmi, deb atalar edi. Ular kuchli kishilar edi, ularning jismlari go`yoki temirdek bo`lib, barchani yengardilar. Ularni hech kim yenga olmas, hech kimdan qo`rqmasdilar. Ulardan hamma qo`rqar edi. давоми...

4491 10:00 / 05.12.2020
Bani Isroilga nisbatan Fir`avnning adovatini ko`rgan xalq ham Isroil farzandlariga zulmzo`ravonlik qilishda Fir`avnga yaqinlashdilar. Hatto yosh bolalar Isroil farzandlarini so`kar, mahalla itlari esa oldiga solib quvlar edi. Har kuni yangi bir balo, har kuni tashvishli bir xabar Bani Isroil давоми...

3576 09:00 / 27.06.2022
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

4502 07:30 / 26.01.2019
Аудиолар

232048 06:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

150561 09:35 / 11.08.2021