1446 йил 20 жумадис сони | 2024 йил 22 декабрь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ota-onaga itoat odobi

11:10 / 07.01.2019 49491 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

 Ey, farzand!

Eng avvalo, onaga juda e’tiborli bo‘lish kerak. Uni ranjitadigan so'z va harakatlardan tiyilmoq lozim.

Alloh Muso alayhissalomga shunday dedi:

«Ey, Muso! Bir kishi ota-onasiga qarshi chiqib, tili bilan ularni va yoki ulardan birini xafa qilsa, o‘sha kishining tilini kes (tiy, to‘xtat)! Har qanday bir a’zosi bilan ularga yoki ulardan biriga ozor bergan farzandning o‘sha a’zosini kes!»

Kimki ota-onasini rozi qilib, ularning xayrli duolarini olsa, o‘sha kishi uchun jannatdan ikki eshik ochiladi. Ota-onasi rozi bo‘lmagan kishi uchun esa jahannamdan ikki eshik ochiladi.

Ota-ona farzandga nisbatan zulm qilsalar ham ularga qarshi turilmaydi, qarshi chiqilmaydi. Chunki Alloh taolo Muso alayhissalomga shunday dedi:

«Ey, Muso! Gunohlar ichra shunday bir gunoh borki, og‘irligi dunyodagi tog‘larning og‘irligicha keladi».

«Allohim! O’sha qanday gunoh?!» deb so‘radi Muso alayhissalom.

Alloh taolo marhamat etdi:

«Ota-onasi yoki ulardan biri chaqirganda, farzandning javob bermasligi!»

Alloh taoloning g‘azabidan qo‘rquvchi kishi ota-onasini ranjitmaydi, qanday qilib bo‘lsa ham ilojini topib, ularning ko‘nglini, roziligini va duolarini oladi.

Hatto xafa qilsalar ham, farzand ularga qarshi bosh ko‘tarmaydi, ularning istaklariga, ko‘ngillariga qaraydi. Agar ular yanglish, xato va harom ishni taklif etsalar, ularga buni juda muloyim tarzda bildirishi, ishontirishi va ogohlantirishi lozim bo‘ladi.

Ota-ona ozor bersa, ranjitsa, og‘ir so‘z aytsa ham darhol qo‘llarini o‘pib, yumshatish, duolarini olishga kirishish kerak.

Ularga sovg‘alar berish ularni sevintirish va ko‘ngillarini topishning eng qulay yo‘lidir.

Ota-ona keksa bo‘lsa, ularga yordam berish va yolg‘iz qoldirmaslik kerak. Boshqalarning ular bilan yengil-yelpi muomalalariga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatlarini to‘la ado etish uchun qo‘ldan ne kelsa bajarmoq lozim.

Farzand kichik paytida ota-ona unga qo‘l-qanot bo‘ldilar. Yemadilar, yedirdilar. Kiymadilar, kiydirdilar. Kenglik-tanglik, bor-yo’q, issiq-sovuq demadilar. Xizmatdan qochmadilar.

Ota-onaning duoyibadi – yoydan uchgan o‘q, orqaga qaytmaydi. Nishonga tegadi. Vayron qiladi...

Ota-onasi rozi bo‘lgan farzanddan Alloh ham rozi bo‘ladi. Ota-ona kechirmagan farzandni Alloh g‘azabiga oladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida shunday dedilar:

«Jannat – onalar oyog‘i ostidadir». Bu hadisning majoziy ma’nosi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ma’noni ummatga ramzli, qisqa, badiiy va go‘zal bir tarzda yetkazmoqdalarki, aqli bor odam buni anglaydi.

Oyoqdan murod – onaning roziligi, jannatdan murod – Allohning roziligidir.

Boshqacharoq aytganda «Onaning rizoligini olsang, Allohning rizoligi (jannat)ga yetgan bo‘lasan!»

Jannatga kirishga loyiq bo‘lish uchun ota-ona roziligini olish zarur. Ularni xushnud va xursand qilish zarur.

Alloh taolo Muso alayhissalomga marhamat etdi:

«Ey, Muso! Ota-onasiga yaxshi muomalada bo‘lib, ularning roziligini olgani holda Menga osiy bo‘lgan qulimni Men yaxshi qullarim qatorida yozaman. Aksincha, Menga qullik xizmatida qusuri bo‘lmasa ham, ota-onasiga yaxshiliklar qilmay, yaxshi muomalada bo‘lmay, ota-ona roziligini olmagan qulimni esa osiylar qatorida yozaman!»

Ey, farzand!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar:

«Ota-onasiga yaxshiliklar qilib, yaxshi muomalada bo‘lib, ularni mamnun etgan kishining umri barakali, uzun bo‘ladi. Aksincha, ularni ranjitib, xafa qilgan kimsaning umri qisqa bo‘ladi».

Qiyomat kun eng og’ir jazolanuvchilar ota-onasini ranjitganlar bo‘ladi. O’sha dahshatli kunda Alloh rahmatidan ularni uzoq qiladi.

Zuhd va taqvo sohibi bo‘lmoq kerak.

Yahyo ibn Muoz deydilarki:

«Zuhdning ma’nosi – dunyo (ziynati)ni tark etmoqdir».

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Dunyo sevgisi barcha xatolarning boshidir. Dunyoni zohidlardan boshqasi tark etolmaydi!». Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sevimli sahobalarim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Siz juda ko‘p sevadigan uch narsa

borki, hech biri sizniki emas! Bular:

1. Jon (ruh)ni juda sevasiz, lekin jon — Alloh taoloning bir amridir.

2. Molni (mol-dunyoni) ko‘p sevasiz. Lekin mol - merosxo‘rlarnikidir.

3. Dunyoni ko‘p sevasiz. Holbuki, qisqa bir umr surib, dunyoni tashlab ketasiz!»

Boylikka havas qalbni qattiqlashtiradi.

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Sabrli faqir, din jihatidan boydir. Qirq kun ilmiga amal etguvchi olimlar majlisida davomli qatnashgan kishining qalbi nurlanadi. Chunki ilm – qalb jilosidir».

Alloh bir kishiga boylikdan nasiba bergan bo‘lsa, buni imtihon uchun qilgan. Aslo xasislik qilmaslik lozim.

Ey, farzand!

Ilmiga amal qiluvchi olimlar va oriflarning majlislaridan uzoq bo‘lmaslik lozim.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga shunday deydilar:

«Ey, Abu Hurayra! Bir kishining ilm majlisida bir soatcha o‘tirishi va suhbat tinglashi, Alloh haqqi uchun o‘z-o‘zicha qirq yil ibodat qilgan bilan barobar».

Bilmasdan, anglamasdan bajarilgan bir amalning Alloh huzurida hech bir qiymati yo‘q.

Ey, farzand!

Yer yuzidagi barcha jonzotlarga shafqatli, marhamatli bo‘lmoq lozim.

Siddiqlarning alomati:

I. Qilgan yaxshiligini va yordamini yashirincha qiladi.

2. O’ziga kelgan falokatni yashiradi, boshqalar eshitmasin deb harakat qiladi.

3. Qay vaqt ixtiyoridan tashqari bir gunoh qilib qo‘yganini bilib qolsa, darhol ketidan tavba qiladi, istig‘for aytadi va sadaqa beradi.

Ey, farzand!

Keraksiz, foydasiz suhbatdan saqlanmoq lozim. Mazmunli va oz, haqiqiy suhbatlashish va g‘ayrat qilish kerak. Ham dunyoda, ham oxiratda huzurli bo‘lish shunga bog‘liq. Shuni unutmaslik kerakki, ko‘p gapirgan – ko‘p xato qiladi.

Allohni ko‘p zikr etish kerak. Allohni ko‘p zikr etuvchining qalbiga ilm, ko‘ngliga hikmat oqadi.

Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga xitoban shunday deydilar:

«Ey, Abu Hurayra! Bir kishiga Alloh Nuhning alayhissalom umri qadar o‘n asrlik yosh bersa, o‘sha kishida shu uch xislat bo‘lmasa, yillab qilgan ibodatining bir qiymati yo‘q. Bu xususiyatlar shular:

1. Bilganiga amal etish.

2. Dunyoviy ehtiyojlarda xasis ham, isrofgar ham bo‘lmaslik.

3. Gunohlardan saqlanish. Gunoh qilishdan ko‘ra olovda yonmoqni afzal ko‘rish». Taqvo sohibi bo‘lish uchun U farz qilgan narsalarni o‘rniga qo‘yib ado etib, gunoh ekanini bildirgan narsalarni tark qilish shartdir.

Faqir va muhtojlarga yordam bergan, taomlantirgan kishini Alloh jannat ne’matlari bilan siylaydi. Ming gunohini o’chirib, ming savob yozadi. Muhtojlarga har jihatdan madad-yordam berish zarur. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘larga, qo‘ni-qo‘shnilar, do‘stu birodarlarga xasislik qilmaslik kerak. Bularga sarflangan narsa sadaqa o‘rniga o‘tadi.

Abu Umoma roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadislarida shunday deyiladi:

«Bir kishining oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga ko‘rsatadigan ikromi ikromlarning eng go‘zalidir. Bularga nisbatan xasislik qilmaslik kerak».

Ey, farzand!

To‘rt xislat kishining yaxshilik egasi ekanini va yaxshiligini bildiradi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

1. Mo‘l-ko‘l (boy va kambag‘al) zamonlarda zakot va taqchil paytlarda sadaqa bermoq.

2. G’azablangan holda jahlini yutmoq.

3. Bir kishida ko‘rgan kamchilikni atrofga yoymasdan berkitmoq.

4. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga, atrofidagilarga nisbatan jo‘mard, saxovatli muomalada bo‘lmoq.

Shunday xislatlarga ega bo‘lgan zot yaxshi insondir. Bu xislatlar kishini yaxshi inson sifatida namoyon etadi.

Chanqagan kishiga suv ichirmoq ikromlarning eng savoblisidir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Chanqagan bir kishiga suv ikrom etganning amal daftariga yetmish yillik ibodat savobi yoziladi.

Bu ikromni suv tanqis joyda qilganga hazrati Ismoil alayhissalom (bunga Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallam ahli bayti ham doxil) avlodlaridan bir kishini kofir qo‘lidan qutqarganning savobi beriladi».

Ey, farzand!

Xayr va hasanotni mo‘l qilmoq, saxiy bo‘lmoq lozim. Alloh xayr qilguvchi, saxiy qullarini sevadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Har doim xayr qilib, xayrli ishlar bilan mashg‘ul va yomon ishlardan uzoq bo‘lgan qulini Alloh sevadi».

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir dona xurmo bilan bo‘lsa ham faqirga ikrom etganga o‘sha xurmo donasi besh narsani mujdalaydi:

1. Men bir dona edim, meni ko‘paytirding.

2. Kichik narsa edim, ulg‘aytirding.

3. Men dushman edim, sen do‘st aylading.

4. Men yeyilib yo‘q qilinardim, meni abadiylashtirding.

5. Hozirgacha sen meni saqlashga harakat etarding, bundan buyon men seni saqlanishingni tilayman».

Ey, farzand!

O’rniga xarjlangan mol kamaymaydi. Shubhasiz ortadi. Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qilgan:

«Uch xususda hech shubha qilmasdan qasamyod etaman:

1. Sadaqa berish va xayrga sarf etish bilan mol kamaymaydi. Balki ortadi, ko‘payadi.

2. Bir kishiga yomonlik qilinsa, yomonlik ko‘rgan uni kechirsa, Alloh qiyomat kunida o‘sha kechirgan qulini mahshar xalqi havas qiladigan bir kishiga aylantiradi.

3. Tilanmoqqa odatlangan faqirlikdan qutilmaydi.

Ey, farzand!

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytgan rivoyatga ko‘ra, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Alloh rizosi uchun qilingan bir yaxshilikka ming savob bilan javob beriladi».

Abu Hurayra roziyallohu anhu deydilarki:

«Buni eshitgan bir zot mendan shu xabar to‘g‘rimi, yo‘qmi deb so‘radi. Men unga shunday javob berdim: Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitdim. Shunday dedilar:

«Kim Alloh uchun qarz bersa, Alloh unga ikki ming savob ehson etadi. Birovga qarz beruvchi yaxshilik bilan bersin, hamda yaxshilik bilan olsin».

Chunki yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sizlar bir-biringiz bilan qarz oldi-berdi qilgan paytingizda bu ishni yaxshilik bilan ado etingiz. Agar boy bo‘lib, faqirda bergan qarzingizni kechib yuborsangiz, mahshargohda arshning soyasida bo‘lasiz. Jannat ham sizni oshiq bo‘lib kutadi!»

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Solih tuyaning so`yib, o`ldirilganini bilgach, afsuslandi va juda xafa bo`ldi. Insonlarga qarata .Diyoringizda uch kun bahramand bo`lib turing. Bu yolg`on bo`lmagan vaaposdadir, Hud surasi, 65oyat dedi.Mana shu yurtda yer yuzida fitnafasod qo`zg`ab yuradigan to`qqizta buzg`unchi kimsa ham yashardi. давоми...

2361 14:53 / 12.06.2021
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

3555 12:30 / 26.01.2019
Fir`avn tug`yonga kelib g`aflat va qaysarligida qattiq turib olgach, Alloh taolo unga o`zini o`nglab olishi uchun tanbeh bermoqni iroda qildi. U zot bandalarining kofir holda yurishlariga aslo rozi bo`lmas Alloh taolo yer yuzida fasodning yoyilishini yaxshi ko`rmaydi. Fir`avn juda nodon podshoh давоми...

2058 11:00 / 01.08.2022
Musoning onasi jajji go`dagidan qattiq xavotirda edi. Qandoq ham qo`rqmasinki, yangi tug`ilgan chaqaloqlar dushmani qattiq kuzatuvda bo`lsa Qanday ham qo`rqmasinki, mirshab o`nlab go`daklarni oilasidagi onalari bag`ridan yulqib olgan bo`lsa Chumolidek sezgir, qarg`adek o`tkirko`z jallodlardan давоми...

4189 16:30 / 22.08.2021
Аудиолар

137649 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

57718 14:35 / 11.08.2021