1447 йил 23 шаъбон | 2026 йил 11 февраль, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Binyamin Yusuf huzurida

09:35 / 10.06.2019 3518 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

20

Aka – ukalar xuddi otalari buyurganidek, turli xil eshiklardan kirib, Yusufning huzuriga keldilar. Yusuf Binyaminni ko‘rganida juda xursand bo‘lib, uni o‘z uyiga tushirdi.

Yusuf Binyaminga: «Albatta men seni akangman», dedi. Binyamin tinchlandi.

Yusuf Binyaminni uzoq vaqtdan keyin uchratgan edi. U onasini, otasini, uyini va yoshligini esladi. Yusuf Binyaminning o‘z oldida qolishini, uni har kuni ko‘rishni va uyi haqida so‘rab-surishtirishni xohladi. Ammo bunga qanday yo‘l bor, axir ertaga Binyamin Kan’onga qaytib ketadi-ku? Bunga qanday yo‘l bor, axir akalari u bilan birga qaytishga Alloh nomi ila qasam ichishgan-ku?

Yusuf Binyaminni qanday qilib sababsiz qamoqqa olishi mumkin? Odamlar: «Hokim bir Kan’onlikni sababsiz qamoqqa oldi, bu zulmdir», deydilar-ku?!

Lekin Yusuf dono va aqlli edi. Yusufning qimmatbaho idishi bo‘lib, unda suv ichar edi. O‘sha idishni Binyaminning yukiga joyladi, so‘ng jarchi: «Sizlar o‘g‘risiz», deb jar soldi. Akalar ularga qarab: «Nimani yo‘qotdingiz», dedilar. Ular: «Podshohning (suv ichadigan) idishini yo‘qotdik. Uni keltirgan kishiga bir tuya yuk», dedilar.

Ular: «Allohga qasamki, o‘zingiz bilasiz, biz yer yuzida fasod uchun kelgan emasmiz, biz o‘g‘rilar bo‘lgan ham emasmiz», dedilar. «Ular: Agar yolg‘onchi bo‘lib chiqsangiz, jazosi nima?» dedilar. Ular: «Uning jazosi, kimning yukida topilsa, o‘shadir. Bas, uning jazosi o‘shadir. Zolimni shunday jazolaymiz», dedilar».

 Idish esa Binyaminning buyumlari orasidan chiqdi. Akalar hijolat bo‘ldilar, lekin hech qanday hijolatsiz: «Agar (Binyamin) o‘g‘irlik qilgan bo‘lsa, uning akasi (Yusuf) ham bundan ilgari o‘g‘rilik qilgan edi», deyishdi. Yusuf bu bo‘htonni eshitdi, sukut saqlab ,g‘azablanmadi. Yusuf sahiy va halim edi.

Ular: «Ey Aziz, buning katta yoshli chol otasi bor. Bas, birimizni uning o‘rniga ol. Biz seni yaxshilik qiluvchilarda ekanligingni ko‘rmoqdamiz», dedilar. U: «Narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin.Aks holda, albatta, zolimlardan bo‘lib qolamiz», dedi».

Shunday qilib Binyamin Yusufning oldida qoldi. Ikki aka-uka juda xursand bo‘ldilar. Albatta, Yusuf uzoq vaqtdan beri yolg‘iz edi. Yaqinlaridan hech kimni ko‘rmagan edi. Alloh unga Binyaminni qaytarib berdi. U uni har doim yonida bo‘lishi va u bilan suhbatlashish uchun qamoqqa olmagan-ku?

Uka o‘z akasining oldida turishi zulm bo‘ladimi?

Hech qachon! Hech qachon!

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
20Nuhning bir o`g`li bo`lib, u kofirlar bilan birga edi. Nuh o`z o`g`lini to`fon ichida ko`rib .Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin, desa, u o`g`il .Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi,, dedi. U esa .Bugun Allohning amridan saqlovchi yo`qdir. Faqat rahm давоми...

5359 15:05 / 19.01.2020
Solih, qavmi oldida turib, ovozi boricha .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 62oyat dedi. Boylar yebichish va befoyda, o`yinkulguda edi. Butlarga ibodat qilib, ulardan boshqani iloh deb bilmasdilar. Solihning daaposvati ularni ajablantirmadi.Samud давоми...

3699 16:00 / 03.04.2021
Arab qabilalarining yetakchisi hisoblangan Quraysh qabilasining boshlig`i Abu Tolib ibn Abdulmuttolibning uyida odatdagidan boshqacharoq holat hukm surmoqda. U kishining bolalari Tolib, Aqiyl, Ja`far, qizlari Foxita va Jumonalar ham nimanidir hayajon bilan kutayotganga o`xshaydilar. Xonadon давоми...

16917 17:02 / 14.01.2019
Ey, farzandBoylikka havas qalbni qattiqlashtiradi.Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Sabrli faqir, din jihatidan boydir. Qirq kun ilmiga amal etguvchi olimlar majlisida davomli qatnashgan kishining qalbi nurlanadi. Chunki ilm ndash qalb jilosidir,.Alloh bir kishiga давоми...

3996 11:39 / 02.01.2019
Аудиолар

229652 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148255 14:35 / 11.08.2021