1447 йил 19 жумадис сони | 2025 йил 10 декабрь, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Hajarul asvadning hikoyasi

13:26 / 01.12.2024 4680 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Hajarul asvad nima ekanini bilasizmi? Hajarul asvad «qora tosh» degani. Aslida mening nomim hajarul asʼad, yaʼni baxt toshi boʻlgan. Men jannatdan tushganman. U paytda nuqradek shaffof oq tosh edim. Oh... jannat qanday joy-ki! Shu desangiz men yerga tushgandan keyin arab sahrosida yana bitta oy paydo boʻlgandek boʻldi. Osmoni falakda oymoma-yu, yerda esa men. Tahoratsiz, irkit qoʻllari bilan yuzlarimni silab yuzlariga surtishar, onadan tugʻilgandek yalongʻoch xollarida tavof qilishardi. Bu sharmandaliklardan yer yorilsa-yu yerga kirib ketsam. Ammo tushgan joyim – jannatga qayta olmayman. Shunday qilib mendagi nur kundan kunga xira tortib, soʻnib boraverdi. Oxiri hajarul asvad – qop-qora toshga aylanib qoldim.

Ibrohim alayhissalom oʻgʻli Ismoil alayhissalom bilan Allohning uyi boʻlmish Kaʼbani tiklaganlarida meni ham eʼzozlab, poydevorga oʻrnatdilar. Vaqti kelib, Kaʼbatullohni sel bosdi, vayron boʻldi. Men Kaʼbaning devorlari bilan tuproq tagida koʻmilib ketdim. U yerda qancha qolganimni bilmayman.

Tuproq tagida yotgan davrimda bir kuni Kaʼbatullohning qaytadan qurilishi haqida qandaydir xabarlarni eshitib qoldim. Quruvchilar binoning Ibrohim alayhissalom qurgan qadim poydevorini qidirishar edi. Ishqilib Allohning marhamati bilan meni topishsin-da, yangi qurilajak Kaʼbatullohdan men ham joy olayin-da deb ichki hayajonda yorugʻlikka chiqadigan kunlarimni kutib yotardim. Voh, ana meni topishdi! Quruvchilar shunaqangi sevinib ketishdiki... Ulardan koʻra mening xursandchiligimning chek-chegarasi yoʻq edi.

Lekin shu payt bir muammo paydo boʻldi. Hajarul asvadni eski oʻrniga men qoʻyaman, yoʻq uni qoʻyishga bizning qabila haqli, deguvchilar koʻpaydi. Oʻrtada janjal chiqdi. Qon toʻkilishi aniqqa oʻxshab qoldi. Yo Allohim, meni deb bandalaringni qoni toʻkilmasin, deb Yaratganga iltijo qilardim. Bunday xunrezlikka sabab boʻlgandan koʻra tuproqqa qorishib, jimgina yotganim ming marta yaxshi edi. Ana shunday tang bir paytda Alloh taolo odamlar orasida bir kishining diliga soldi. U yigʻilganlarga yuzlanib:

– Bunday qilsak, mana bu eshikdan biz tomon kim kirib kelsa, bu sharafli ishni oʻshanga topshiramiz. Shunda hech kimning bir-biridan gina qilishga haqqi qolmaydi, – dedi.

Bu taklif hammaga maʼqul tushdi. Hammaning koʻzi eshikka qaratilgan edi. Baxti chopgan odam kim boʻlar ekan-a? Shuayb avlodlari qurgan eshikdan bir zot koʻrindi. Toʻplanib turgan olomon behad xursand boʻlib ketdi.

– Ana Muhammad amin kelyapti!..

– U amin rostgoʻydir...

– Ha, oramizdagi eng halol, pok inson.

– Uni bizga Xudoning oʻzi yubordi, axir u Ibrohim paygʻambarning naslidan-da.

– U bu ishga hammadan ham haqliroq!

Bu gaplarni eshitib, Muhammad amin kim ekan deb men ham qiziqa boshladim. U kishi mening yonimga keldilar. Qani endi men Muhammad aminning oʻrnida boʻlib qolsam, degandek u zotga havas bilan qarab turganlardan rido berishni soʻradilar. Ridoni qoʻllariga olgach, ohista uni yerga toʻshadilar, keyin meni koʻtardilar va haligi ridoning ustiga qoʻydilar. Ibrohim alayhissalomdan keyin menga inson qoʻli tegmagan edi. Muhammad aminning qoʻllari shunaqayam yoqimli, shunaqayam muloyim ediki... Bu qoʻllarda bitmas-tuganmas barokat borligini sezdim. Men oʻshanda bu kishining oxirgi zamon paygʻambari boʻlib dunyoga tanilishlarini hali bilmasidim. Chunki paygʻambarlik vahiyi qirq yoshlarida kelgan-da. Kaʼbatulloh qayta qurilayotganda u kishi oʻttiz besh yoshlarda edilar.

Shunday qilib desangiz, hammalari u zotga qarab qolishdi. U kishi har bir qabiladan bittadan vakil chaqirdilar va hammalari baravar ridoni ushlab, meni koʻtarib borib, Baytullohga oʻrnatishdi. Bu tadbir hozirgina urush holatida turgan qabilalar uchun bamisoli bir moʻjiza boʻldi. Ham janjalning oldi olindi, ham bu qutlugʻ ishda Makkada nechta qabila boʻlsa hammasi baravar qatnashdi. Ana shunaqa gaplar...

Mabodo haj yoki umra ibodatini ado etishga kelib qolsangiz, meni Kaʼbutullohning burchagiga oʻrnatilgan kumush gardish ichidan topasiz.

Erkin bobo

«Ҳилол» журнали 4 (61) сон

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandEng avvalo, onaga juda e`tiborli bo`lish kerak. Uni ranjitadigan soaposz va harakatlardan tiyilmoq lozim.Alloh Muso alayhissalomga shunday dedi.Ey, Muso Bir kishi otaonasiga qarshi chiqib, tili bilan ularni va yoki ulardan birini xafa qilsa, o`sha kishining tilini kes tiy, to`xtat Har давоми...

62118 11:10 / 07.01.2019
Firaposavn o`zining g`azab o`qlarini bo`shatgach, Muso uni Alloh o`qi bilan otmoqchi bo`ldi..Muso dedi, Yoki men senga ochiqoydin narsa keltirsamchi,.Firaposavn dedi .Agar rostgo`y kishilardan bo`lib, oyat mo`aposjiza bilan kelgan bo`lsang, qani uni keltir,..Shunda Muso tutib turgan asosini давоми...

12627 15:00 / 09.01.2022
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

4346 12:30 / 26.01.2019
Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda kop narsaga siginishlarini Bani Isroil oz kozlari bilan korardilar. Shu bois Isroil farzandlari astasekin shirkdan nafratlanmay qoydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk давоми...

2427 09:00 / 12.02.2023
Аудиолар

212287 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

131514 14:35 / 11.08.2021