Har yili 21 sentyabr kuni butun dunyoda Xalqaro tinchlik kuni nishonlanadi. Ushbu kunni BMT Bosh Assambleyasi barcha mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida milliy va xalqaro miqyosda tinchlik g‘oyalarini mustahkamlash kuni deb e’lon qilgan.
1981 yilda Bosh Assambleya 36/67-sonli rezolyusiyasi bilan Tinchlik kunini nishonlash borasida qaror qabul qilgan. Bu bayram avvallari sentyabr oyining uchinchi seshanbasida nishonlanar edi. Oradan 20 yil o‘tgach, ya’ni 2001 yili Bosh Assambleya bir ovozdan 55/282-sonli rezolyusiyani qabul qildi, unga ko‘ra Xalqaro kun 2002 yildan boshlab, har yili 21 sentyabr kuni nishonlanadigan bo‘ldi. Mazkur sana umumjahon sulh tuzish va zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi.
Bu bayram millionlab insonlarni, shuningdek, jamiyat va yoshlar tashkiloti a’zolari o‘rtasida turli aksiya va tadbirlar o‘tkaziladi. Zero, bu kun odamlarni tinchlik haqida shunchaki o‘ylamasdan balki, unga hissa qo‘shishga undaydi.
BMT bu kunda butun dunyo mamlakatlarini har qanday harbiy harakatlarni to‘xtatib, ijtimoiy informasion aksiyalar o‘tkazishga chaqiradi.
Manba: maturidi.uz