1447 йил 25 шаъбон | 2026 йил 13 февраль, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Tavhidga da’vat

19:00 / 28.04.2019 3784 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

11 

Yusuf dedi: “Bu ish menga Robbim o‘rgatgan narsalardandir”. Lekin Alloh ilmini hammaga ham beravermaydi. Albatta Alloh ilmini mushriklarga bermaydi. Nega Robbim bularni menga o‘rgatganini bilasizlarmi? Chunki men shirk ahlining yo‘llarini tark etdim. “Va otalarim Ibrohim, Ishoq va Ya’qubning millati-diniga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emas edi.”

Yusuf dedi: “Bu tavhid faqat biz uchun emas, balki barcha insonlar uchundir.

“Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin odamlarning ko‘plari shukr qilmaslar”. Shu yerda Yusuf o‘rnidan turib, u ikkovlaridan: “Ular quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi, yomg‘ir xudosi, deydilar. Biz, “Alloh olamlarning robbi”, deymiz.

“Turli-tuman Robblar yaxshimi yoki yolg‘iz Qahhor sifatli Allohmi?”

Quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi, yomg‘ir xudosi qayerda?

“Menga ko‘rsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi?”

Osmonlarga va yerga qaranglar, odamlarga qaranglar.

“Bu Allohning yaratganidir. Qani menga ko‘rsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar”.

Qanday qilib ularda quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi, yomg‘ir xudosi bo‘ladi?

“O‘zingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlar-ku?”.

Hukm Allohniki, mulk Allohniki, yer va barcha ishlar Allohnikidir.

“U faqat O‘zigagina ibodat qilishingizni amr etdi. Ana o‘sha to‘g‘ri dindir. Lekin odamlarning ko‘pi bilmaslar”.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

4483 12:30 / 26.01.2019
Isroil farzandlari o`jar tabiatli bolaga o`xshardilar. Ular buyurilgan ishning teskarisini qilishni va masxaralashni yaxshi ko`rishardi. Bu qavm o`zlariga aytilgan narsani albatta almashtirish kerak, deb turardi. Xuddi o`jar bolalar kabi Agar siz ularga .Tur,, desangiz o`tirib olishadi. .O`tir,, давоми...

2310 15:43 / 31.10.2022
1 Yusuf kichkina bola edi. Uning o`n bir akasi bor edi. Yusuf chiroyli bola edi. Yusuf ziyrak bola edi. Uning otasi Ya`qub hamma inilari orasida uni ko`proq yaxshi ko`rar edi. Kechalarning birida Yusuf ajoyib tush ko`rdi. Tushida o`n bitta yulduz, quyosh va oyning unga sajda qilayotganini ko`rdi. давоми...

6329 15:00 / 28.02.2019
Iymon besh burchli qal`aga o`xshaydi.Birinchi burji oltindan, ikkinchi burji kumushdan, uchinchi burji po`latdan, to`rtinchi burji tunj bronza, ruh dan, beshinchi burji misdan.Qal`a ichiga o`g`ri kirsa, qimmatli narsalarni o`maradi. Iymon qal`asining o`grisi ndash shayton.Mis burji ndash adabdir. давоми...

7370 18:00 / 05.12.2018
Аудиолар

230238 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148815 14:35 / 11.08.2021