1447 йил 24 шаъбон | 2026 йил 12 февраль, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Farishtaning hikoyasi

13:02 / 19.08.2024 3490 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Assalomu alaykum. Siz farishtalar haqida eshitganmisiz? Hozir esingizga solaman: «Bolajonim, uyga bismilloh aytib kir, boʻlmasa, uyning farishtasi qochadi». «Hushtak chalma, farishtasiz boʻlib qolasan», «Doimo yaxshi niyat qil, yaxshi gapgayam, yomon gapgayam farishtalar omin deydi»... Siz bunaqa shirin oʻgitlarni kimlardan eshitasiz-a? Oʻylab koʻrdingizmi? Albatta, bobojonlaringiz, buvijonlaringizdan. Yana bu tabarruk kishilar birovni maqtamoqchi boʻlsalar «Baraka topsin, farishtali odam-da», deb qoʻyishadi. Yoki birov ularga yoqinqiramasa, «Voy, muncha befarishta odam ekan-a?» deb qoʻyishadi.

Bundan keyin siz har bir odamning ikki yelkasida ikkita farishta borligini, oʻng yelkadagisi odamning savob ishlarini, chap yelkadagisi gunoh ishlarini yozib borishini ham eshitgansiz.

Biz farishtalar hamma yerda hozir-u nozirmiz. Biz judayam koʻpmiz. Aytaylik, quyoshning nurlarini sanab boʻladimi? Osmondagi yulduzlarni-chi? Soydagi toshlarnichi? Sanab boʻlmaydi! Biz ham ana shunaqa son-sanoqsizmiz. Bilasiz, Makka shahrida musulmonlar tavof etadigan Allohning uyi – Baytulloh bor. Xuddi shu Baytullohning qoq tepasida – osmonning toʻrtinchi qavatida biz farishtalarning ham haj qiladigan muqaddas uyimiz bor.

Biz ham u joyni ziyorat qilib, ikki rak’at namoz oʻqishni orzu qilamiz. Lekin qiyomatgacha bizga bir martagina navbat tegadi, xolos. Ikki marta tegmaydi. Bu koʻpligimizga misol, demoqchiman-da.

Bizni Alloh taolo tuproqdan emas, nurdan yaratgan. Bizda nafs yoʻq. Yemaymiz, ichmaymiz. Jinlarga oʻxshab musulmon, kofirlarga boʻlinmaymiz. Bizlarning hammamiz komil musulmonmiz. Qiladigan ishimiz Allohga ibodat va itoatdir.

Alloh Odam alayhissalomni yaratib, unga sajda qilinglar, deganda birinchi boʻlib biz buyruqqa itoat qilganmiz. Lekin bu sajda Allohga qilingandek emas, U Zotning buyrugʻiga koʻra, Odamga hurmat yuzasidan boʻldi. Alloh taolo har bir odamga jon ato qilgandan boshlab to joni chiqqunicha bizni oʻsha odamning xizmatiga buyurib qoʻygan. Biz hatto odamning kuni bitgach, tanadan chiqqan ruhni ham Allohning Arshiga olib chiqamiz. Lekin sizlarga aytib qoʻyay, hamma ruhlar ham Arshga chiqavermaydilar. Biz faqat Allohga itoat qiladigan solih insonlarninggina ruhlarini u joyga olib chiqamiz. Bunday ruhlar judayam xushboʻy, ukpardek yengil boʻladilar. Ulardan jannat gullarining isi kelib turadi! Biz bunday ruhlarni nurli kaftlarimizda erkalab, avaylab osmonning birinchi qavatiga olib chiqamiz. U yerda soqchi farishtalar boʻladi. Biz birinchi osmon darvozasini qoqamiz. Shunda eshik ogʻalari: «Hay, hay, hay, bu kimning ruhi? Buncha muattar?» deb soʻrashadi. Biz boʻlsak «Falonchi jannati odamning ruhi», deymiz. Shundan keyin osmon eshiklari ochiladi.

Yomon odamlarning ruhlari badboʻy boʻladi. Biz ularni jirkana-jirkana osmonning birinchi qavatiga olib chiqamiz. Eshik ogʻalari bunday ruhlarga osmon eshigini ochishmaydi. «Tepaga yoʻl yoʻq, pastga olib tushing!» degan amr boʻladi. Yomon odamlarning ruhi qiyomat kunigacha pana-pastqam, xilvat joylarda soyadek sudralib yurishga majbur boʻladi.

Men sizlarning yaxshi inson boʻlishingizni juda-juda xohlayman. Siz bu dunyoda farishtalarni koʻrgan odamlar bormi, deb soʻrarsiz. Bor. Biz paygʻambar Muhammad alayhissalom hayotlik paytlarida u kishining moʻjizalari bilan ayrim kishilarga koʻringanmiz.

Bir marta bunday boʻlgan: Paygʻambarimiz sahobalari Ibn Masʼudni kechasi shahardan tashqariga olib chiqdilar. U kishini bir yerga oʻtqazib qoʻyib, atrofiga aylantirib doira chizdilar-da, «Sen shu yerda qimirlamay oʻtira tur», deb oʻzlari jinlarga dars bergani ketdilar. Yarim tunda qaytib kelib, Ibn Masʼudning tizzasiga muborak boshlarini qoʻyib, uxlab qoldilar. Shunda biz osmondan goʻzallikda tengi yoʻq, xushroʻy, oppoq harir liboslarda tushib keldik. Ha, men ham ularning safida edim. Farishtalar Allohning Rasulini biri olib, biri qoʻyib taʼriflay ketishdi. Biri dedi:

– Bu zotga Xudo tarafidan berilgan neʼmat hech bir odamga berilmagan. Shu kungacha bunday ulugʻ inson tugʻilmagan.

Ikkinchisi unga qoʻshimcha qildi:

– Bu hazratni qaranglar, koʻzlari uyquda-yu, qalblari uygʻoq.

Uchinchi farishta bunday dedi:

– Bir podshoh juda chiroyli saroy qurdiribdi. Uning ichini dur-u gavharlar bilan bezatibdi. Keyin katta dasturxon yozib, ustini noz-u neʼmatlar bilan toʻldiribdi. Shundan keyin oʻzining sodiq elchilarini chaqirib, «Boring, qoʻl ostimdagi jamiki fuqaroni bu muhtasham saroyga boshlab keling. Noz-neʼmatlardan yeyishsin. Shunda men ulardan rozi boʻlaman. Agarda kelishmasa, men ularga qahr qilaman», debdi. Bu Podshoh – Allohdir. Saroy esa jannatdir. Elchilar – paygʻambarlardir. Muhammad alayhissalom odamlarni ana shu saroyga, yaʼni jannatga chaqirgani kelgan elchidir. U kishidan keyin boshqa paygʻambar kelmaydi. U zot oxirgi zamon Paygʻambaridir.

Bu gaplarni Ibn Masʼud oʻz quloqlari bilan eshitib, biz farishtalarni paygʻambar moʻjizalari tufayli oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Tong yorisha boshlagach, biz osmonga koʻtarilib ketdik. Shundan soʻng Allohning rasuli uygʻondilar va:

– Ey Ibn Masʼud, sen ularning soʻzlarini angladingmi? Kimliklarini bildingmi? Ular – Allohdan kelgan farishtalardir, – dedilar.

Ibn Masʼud tunda koʻrganlarini hayajon bilan, toʻlib-toshib sahobalarga hikoya qilib berdi.

Ana shunaqa. Ulgʻaying. Paygʻambarimiz sunnatlariga amal qiling. Allohning muhtasham saroyi – jannatga doxil boʻling. Buni biz – farishtalar koʻrib quvonaylik. Men sizlar bilan xayrlashmayman. Nega desangiz, biz hamisha siz bilan birgamiz!

Erkin bobo

«Hilol» jurnali 1(58)son

 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
2Iblis va uning zurriyoti bunga qanday rozi bo`sin Insonlar Allohga ibodat qilishda davom etsinlarmi Insonlar bitta xalq bo`lib, ixtilof qilmasinlarmi Albatta bunday bo`lmaydi Albatta bunday bo`lmaydi Odam zurriyotlari jannatga kiradimi, iblis va zurriyotlari do`zaxga kiradimi Albatta bunday давоми...

3334 16:30 / 15.09.2019
Assalomu alaykum, hikoya qilish navbati nihoyat menga ham yetib keldi. Qadimgi paytlarda yuk tashishda mening oldimga tushadigani yoq edi. Mashinalar, poezdlar, samolyotlar paydo boldiyu, odamlar meni eslaridan chiqarib qoyishdi. Meni ilgari uluglashib .Sahro kemasi, ham deb atashardi. Mening давоми...

6448 09:19 / 11.11.2023
Assalomu alaykum. Gapni uzoq cho`zmay, o`zimni tanishtirib qo`ya qolsam. Kamina Jin bo`laman. Haligi, siz bolajonlarni kattalar .Ana jin,, .Ana ajina,, deb qo`rqitishadiku. Xuddi o`sha Jinmanda Lekin aytib qo`yay men na bolalarni va na kattalarni qo`rqitaman. Ishonmaysizmi Aytingchi, musulmon odam давоми...

4554 17:31 / 10.10.2024
Musoning onasi emizishni tugatgach, bolani qasrga qaytardi. U saroyda huddi shahzodalardek ulg`aydi. Shu bois shohlar va boybadavlat kimsalar qarshisida esankirash, o`zini yo`qotib qo`yish unga begona edi. Muso Firaposavn va uning ahli qanday nematlar ichida yashayotganiga shaxsan guvoh bo`ldi. давоми...

2476 17:30 / 10.10.2021
Аудиолар

230155 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148735 14:35 / 11.08.2021