1447 йил 27 шаъбон | 2026 йил 15 февраль, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Solih alayhissalom

16:00 / 27.03.2021 7588 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Alloh ularga huddi Nuh ummati va od qavmiga yuborganidek, elchi yuborishni xohladi. Albatta Alloh bandalarining kufr botqog‘iga botishiga rozi bo‘lmaydi, albatta Alloh yerda buzuqlikni yoqtirmaydi. Ularning ichida Solih ismli, obro‘li xonadonda tug‘ilib, aqlli va salohiyatli bo‘lib voyaga yetgan kimsa bor edi. U juda odobli, aql – farosatli bola edi, insonlar unga ishora qilib: «Bu Solih, Bu Solih», deyishar edi. Insonlarni undan umidlari katta edi.

- Hali bu bola ulug‘ odam bo‘ladi!

- Hali bu bola ulug‘ odam bo‘ladi!

- Qavmning oqsoqoli, eng boy-badavlat kishilari qatoriga kiradi.

- O‘zining hushmanzara qasri, ulkan bog‘-rog‘lari bo‘ladi.

Solih alayhissalomning otasi ham shunga o‘xshash xayollarni surardi:

«Hali uning o‘g‘li aqli zakovati orqali hammadan ko‘p mol-dunyo to‘playdi. Zotdor oti ustida ortidan bir gala xizmatkorlarini ergashtirib chiqqanida, ko‘rgan kishi o‘g‘liga salom beradi.

Hamma «Bu Falonchining o‘g‘li, Bu Falonchining o‘g‘li» deb aytadi. Odamlar uning juda baxtliligini va o‘g‘lining haddan tashqari katta boyligini o‘zaro gaplashadilar...».

Lekin Alloh taolo boshqa narsani iroda qilgandi. Solih alayhissalom payg‘ambarlik sharafiga musharraf qilib, zulmatlardan nurga olib chiqish uchun uni qavmiga elchi qilib yubordi.

Aytingchi, bundan ham ulug‘ sharaf va bundan ham karomat

bormi?

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ular suratlardan haykallarga o`tdilar. Solih kishilarga ko`plab haykallar yasadilar. Ularni, uylariga va masjidlariga qo`ydilar. Ular, Allohga ibodat qilar va unga hech narsani sherik qilmasdilar. Bu haykallar, solih kishilar ekanini bilardilar. Albatta, bular bir tosh bo`lib, ularga foyda ham давоми...

2468 17:38 / 06.10.2019
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2819 19:08 / 13.06.2020
Yaaposqub alayhissalom o`z o`g`illari bilan Kanaposondan Misrga ko`chdilar. Chunki, uning o`g`li Yusuf alayhissalom Misrda hokimlik qilib, buyruq va qaytariqlar uning izmida edi. Ular Kanaposonda qo`y boqib, echki sog`ib, jun sotib tirikchilik qilishardi. Misrda esa Yusufning xizmatkorlari ham давоми...

3105 15:00 / 20.06.2021
Musoning haq so`zlariga eapostiroz bildirishdan ojiz qolib, javob topa olmagach Firaposavn munozarada yutib chiqmoqchi bo`ldi Ey Muso Sen aytayotganingni eshitib qoldim, barcha olamlar Parvardigori kim o`ziMuso dediU Muso .Agar anglamoqchi bo`lsangiz, U osmonlaru yer va ularning orasidagi давоми...

2821 13:00 / 02.01.2022
Аудиолар

230698 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

149252 14:35 / 11.08.2021