1447 йил 8 Рамазон | 2026 йил 26 февраль, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Od qavmining qaysarligi

10:00 / 06.02.2021 4772 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Od qavmi bularning barchasini eshitdilar-u, lekin iymon keltirmadilar. Hudning nasihati va hikmati ular ichida zoe bo‘ldi.

Ular: «Ey Hud dalil va isboting yo‘q-ku? Axir, sening yangi so‘zingni deb eski ilohlarimizni tark qilmaymiz-ku? Otalarimiz ibodat qilib kelgan ilohlarni, bitta so‘z bilan tark etamizmi? Hech qachon! Hech qachon! Tark etmaymiz. Ey Hud! Sen bizning ilohlarimizga ishonmaysan va ulardan qo‘rqmaysan. Biz ham sening ilohingga ishonmaymiz va uning azobidan qo‘rqmaymiz. Biz seni ko‘p azob haqida gapirganingni eshityapmiz. Ey Hud! Qani bu azob? U qachon keladi?» deyishdi.

Hud: «Albatta, ilm (ya'ni azob kelish xabari) faqat Allohning huzuridadir. Va albatta, men yaqqol ogohlantiruvchiman, xolos» (Mulk surasi, 26-oyat), dedi.

Od qavmi esa: «Albatta biz bu azobni kutyapmiz va uni ko‘rishga mushtoqmiz», deyishdi. Hud ularning jur'atlaridan ajablanib, nodonliklaridan afsuslandi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Aziz bolajonlar, Payg`ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo`lganlarini bilasizmi Bu haqda sizga aytib berishganmi Keling, quyidagi hadisni birgalikda o`rganamiz. Shunda o`zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko`rganini.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat давоми...

4502 07:30 / 26.01.2019
Alloh taolo ularga ketmaket balolar yubora boshladi. Parvardigor ular ustiga suv balosini yubordi. Osmondan yomg`ir quydi. Nil to`lib toshdi. Osmondan yomg`ir yog`averdi, yog`averdi, yog`averdi. Ekin maydonlari va dalalarni suv bosdi. Don va mevalarga qattiq talofat yetdi. Aslida rahmat bo`lgan давоми...

3695 04:00 / 07.08.2022
Muso kelishilgan muddatni o`tab bo`lgach, ahli oilasi bilan Misr tomon yo`lga tushdi. Qizning otasi bilan xayrxo`shlashdilar. Chol ularni kuzatib Allohning barakoti ey bolam Safaringiz bexatar bo`lsin ey qizimQopqorong`u, sovuq bir kechada Muso ahli oilasi bilan yo`lga chiqdi. Sahroda milt etgan давоми...

3030 11:16 / 12.12.2021
16 Yusuf bilardiki, odamlarda omonatdorlik oz edi.Yusuf bilardiki, odamlarda xiyonat ko`p edi.Yusuf ko`rardiki, odamlar Allohning mollariga xiyonat qilardilar.Yusuf ko`rardiki, albatta yerda xazinalar ko`p, lekin ular zoe qilingan edi. Albatta ular zoe qilingan, chunki amirlar Allohdan qo`rqmas давоми...

2253 06:40 / 26.05.2019
Аудиолар

232049 06:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

150562 09:35 / 11.08.2021