1447 йил 23 жумадис сони | 2025 йил 14 декабрь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ya’qubga jo‘natilgan jamoa

15:30 / 08.03.2019 5998 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

3

Yuqoridagi fikrga kelishib olgach, ular Ya’qubning oldiga kelishdi. Ya’qub Yusufdan xavotir olar edi. Inilari unga hasad qilishlarini va uni yoqtirmasliklarini bilar edi. Ya’qub Yusufni akalari bilan birga yubormas edi. Yusuf akalari bilan birga o‘ynar, ammo uzoqqa ketmas edi. Akalari buni bilishar edi, ammo ular yomonlikni qasd qilishgan edi. Ular: “Ey otamiz! Nima uchun sen Yusufni biz bilan birga yubormaysan? Nimadan qo‘rqasan?” deyishdi. “U biz uchun aziz va kichik ukamizdir. Biz bir otaning farzandlarimiz. Aka-ukalar doim birga o‘ynaydilar. Nega biz birga bormaymiz va birga o‘ynamaymiz”.

“Ertaga uni biz bilan yubor, yeb-ichib, o‘ynab keladir. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz”, (Yusuf, 12-oyat) dedilar.

Ya’qub keksa yoshli, oqil, halim inson edi. Ya’qub Yusufning o‘zidan uzoqlashishini yoqtirmas edi. U Yusuf haqida ko‘p qayg‘urar edi. U o‘g‘illariga: “Siz undan g‘ofil qolsangiz, uni bo‘ri yeb ketishidan qo‘rqaman”, (Yusuf, 14-oyat) dedi.

Ular: “Hech qachon! Biz turganimizda bo‘ri qanday yeydi? Qanday ham yesin, axir biz kuchli yigitlarmiz-ku?” deyishdi.

Shunday qilib Ya’qub Yusufga ruxsat berdi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandOvqatlanishdan oldin ikki qo`lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo`lmaslik kerak.Dasturxon yerga yozilgan bo`lsa, o`ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o`tiriladi. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday qilgani rivoyat etilgan.Avval .Bismilloh, aytilib, ovqatlanish o`ng qo`l bilan давоми...

22826 14:10 / 31.01.2019
19 Ular otalarining oldiga qaytib kelib, bo`lib o`tgan voqeani aytib Biz bilan birga ukamizni yubor. Agar qo`shib yubormasang, hokimning huzurida yaxshilikka erisha olmaymizrdquo, dedilar.Ya`qubdan Binyaminni talab qilib .Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz,, deyishdi.Ya`qub esa .Uni sizlarga давоми...

2823 13:00 / 06.06.2019
17Yusuf xabar berganidek Misr va Shomda hozirgi Suriya ochlik bor edi. Misrda shunday rahmdil kishi borligini Shom ahli va Ya`qub eshitdi .Albatta, Misrda ochiqko`ngil va saxovatli inson bor bo`lib, u yer xazinalari ustidadir. Odamlar uning oldiga borib, undan taom olardilar,.Ya`qub bolalariga pul давоми...

2630 12:30 / 29.05.2019
Lekin Muso qaerga borsin Axir Misrning barcha yeri Firaposavn mamlakatiku Firaposavn jallodlari hamma joylarda qarg`a ko`z va chumoli belgi bo`lib, uni izlab izg`ib yurishibdi Alloh Musoga arab shahri Madyanga ketishni ilhom qildi. Chunki u yerga Firaposavnning qo`li yetmasdi. Sahroda joylashgan давоми...

2956 15:29 / 07.11.2021
Аудиолар

213495 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

132708 14:35 / 11.08.2021