1447 йил 8 Рамазон | 2026 йил 26 февраль, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ko‘chaga chiqishdan oldin

08:00 / 09.02.2019 7004 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aqlli bolalar ko‘chaga chiqishdan oldin oila a’zolariga bu haqda xabar berib, ularga yaxshi tilaklar bildiradi va duolarini so‘raydi. Ota-onasidan alohida duo oladi.

Bunday qilish bolalarning odobli ekaniga ishoradir. Ota-onasidan, bobo-yu buvisidan, yaqinlardan duo olib, ko’chaga chiqqan  bolaning kuni xayrli, darslari barakali, har bir harakati unumli bo‘ladi.

Dovud ibn Qaysdan rivoyat qilinadi:

«Bir odam menga xabar berdi. Abu Hurayra ertalab uyidan chiqmoqchi bo‘lsa, kiyimlarini kiyib, onasining oldiga kelar: «Assalomu alaykum, onajon va rohmatullohi va barokatuh! Meni kichkinaligimda tarbiya qilganingiz uchun Sizni Alloh yaxshi mukofotlasin!» der edi. U esa: «Seni ham, o‘g‘lim, keksayganimda menga yaxshilik qilganing uchun Alloh yaxshi mukofotlasin!» der edi. Keyin (ko‘chaga) chiqardi. Qaytganida ham shunga o‘xshash gapni aytardi» (Hasan Marvaziy rivoyat qilgan).

«Ijtimoiy odoblar» kitobidan

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Fir`avn tug`yonga kelib g`aflat va qaysarligida qattiq turib olgach, Alloh taolo unga o`zini o`nglab olishi uchun tanbeh bermoqni iroda qildi. U zot bandalarining kofir holda yurishlariga aslo rozi bo`lmas Alloh taolo yer yuzida fasodning yoyilishini yaxshi ko`rmaydi. Fir`avn juda nodon podshoh давоми...

2711 06:00 / 01.08.2022
Arab qabilalarining yetakchisi hisoblangan Quraysh qabilasining boshlig`i Abu Tolib ibn Abdulmuttolibning uyida odatdagidan boshqacharoq holat hukm surmoqda. U kishining bolalari Tolib, Aqiyl, Ja`far, qizlari Foxita va Jumonalar ham nimanidir hayajon bilan kutayotganga o`xshaydilar. Xonadon давоми...

16970 12:02 / 14.01.2019
Ikkinchi kuni Muso o`sha Bani Isroillikni yana boshqa qibtiy bilan urushib, janjallashib turganini ko`rdi. Bani Isroillik uyalmasdan yana uni yordamga chaqirdi. Muso unga dedi Sen yaramas odam ekansan. Hadeb hamma bilan yoqa bo`g`ishaverasanmi Yana tag`in baqirib, meni yordamga chaqirasan Nima, давоми...

2721 10:00 / 24.10.2021
ndash Assalomu alaykum, kaminani ovozimdan tanidingiz, shekillia Ha, ha, men Boriman, Bori Hayron bolmang, kamina ham Paygambarimiz Muhammad alayhissalom haqlarida hikoya qilish niyatidaman. Siz .Qadimda bir Bori bolgan ekan. U qoy boqib, choponlik qilgan ekan,, degan hikoyani eshitganmisiz Osha давоми...

3678 06:00 / 06.08.2023
Аудиолар

232037 06:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

150550 09:35 / 11.08.2021