1447 йил 29 шаъбон | 2026 йил 18 февраль, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Birinchi iymon keltirgan bola

17:02 / 14.01.2019 16952 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Arab qabilalarining yetakchisi hisoblangan Quraysh qabilasining boshlig‘i Abu Tolib ibn Abdulmuttolibning uyida odatdagidan boshqacharoq holat hukm surmoqda. U kishining bolalari  Tolib, Aqiyl, Ja’far, qizlari Foxita va Jumonalar ham nimanidir hayajon bilan kutayotganga  o‘xshaydilar. Xonadon bekasi Fotima binti Asad esa ichkarida. Doya xotin boshliq bir necha  ayollar uning atrofida kuymalanishmoqda. Tashqarida nafaslarini ichiga yutib turganlarga  chaqaloqning yig‘isi eshitiladi. Ular yuzlarida mamnunlik va shukrona alomati ila bir-birlariga  qarab qo‘yishadi. Biroz o‘tib, xonadon boshlig‘iga yana bir o‘g‘il ko‘rganligi haqida xabar berib, undan suyunchi olinadi. U shukrlar qilib, yangi mehmonga Ali degan ismni ixtiyor qiladi.

Yuqoridagi hodisa sodir bo‘lgan sanada Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘ttiz yoshda edilar.

Ali Quraysh qabilasi rahbari o‘g‘li edi, u o‘ziga xos sharoitda o‘sdi. U o‘z otasining  yo‘lboshchilik ishlari ichida ulg‘ayib borar edi. Alining otasi Abu Tolib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning otalari Abdullohning tug‘ishgan akasi edi. Abu Tolib Qurayshga mol-mulki bilan emas, aql-zakovati bilan rahbar bo‘lgan edi. U Qurayshdek katta va obro‘li qabilaning yo‘lboshchisi bo‘lsa ham, o‘zi kambag‘al yashar edi.

Abu Tolibning kambag‘alligi Makkada qahatchilik boshlanganida yana ham bilinib qoldi. U bolalarini boqishda, oila tebratishda mashaqqatga uchradi. Shunda uning qarindoshlari yordamga keldilar.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam boshqa amakilarining oldilariga borib, Abu Tolibning iqtisodiy yetishmovchiligini tushuntirdilar va uning bolalaridan ba’zilarini bo‘lib olib, boqishni taklif qildilar. Aqiylni Abu Tolibning o‘ziga qoldirdilar. Ja’farni Abbos, Alini Muhammad sollallohu alayhi vasallam oldilar.

Shunday qilib, Ali o‘z amakivachchasi, bo‘lajak oxirgi payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u zotning zavjalari Xadija binti Xuvaylidning qaramog‘larida hayot kechira  boshladi. O‘sha vaqtda Ali endigina olti yoshga yetgan edi.

Tabiiyki, yosh bolaga o‘zi yashayotgan oiladagi katta kishilarning tarbiyasi va shaxsiy xislatlari tez ta’sir ko‘rsatadi. Bu masalada Alloh taolo Ali ibn Abu Tolibga katta baxt ato etgan edi. U kishiga Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilalarida ulg‘ayish nasib etdi.

Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qur’oni Karimning birinchi oyatlarini nozil qilib, u zotni Payg‘ambar qilib tanlab olganda Ali o‘n yoshli bola edi.

Insoniyat tarixida eng ulkan o‘zgarish yasagan bu hodisadan birinchilardan bo‘lib xabar topgan, bolalardan birinchi bo‘lib iymon keltirgan ham hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu bo‘ldilar.

Alloh taolo tomonidan yuborilayotgan oyati karimalarni birinchilardan bo‘lib eshitadigan, o‘qib-uqadigan va amal qiladigan kishiga aylandilar. U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ajramas, u kishining barcha ishlarida birga bo‘lar edilar. Ular Islomga oid barcha narsalarni hech kimga bildirmay, sir saqlar edilar. Namozni ham berkinib o‘qir edilar. Bu ishlarga faqatgina yangi musulmon bo‘lganlar sherik bo‘lishni boshlar edilar.

Islom dinining dastlabki soatlaridayoq uning muxlislaridan biriga aylangan Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu yoshliklaridan boshlab, qur’oniy tarbiya og‘ushida o‘sa boshladilar.

U kishi o‘zlarining sof zehnlari ila Qur’oni Karim oyatlarini yod olar va bir yo‘la sof qalblariga qur’oniy ta’limotlarni jo qilar edilar. Asta-sekin musulmonlarning soni ko‘payib bordi. Yosh Ali yangi musulmonlarning hammasini va  ularning Islomga kelishlarini xursandlik ila qarshilar edi.

Shu tarzda hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu pishiq-puxta musulmon bo‘lib yetishib bordilar. U kishining bu xislatlari Alloh taolo tomonidan berilgan boshqa xislatlarga  qo‘shilib, kezi kelganda olamshumul ishlarni amalga oshirishda juda ham qo‘l keldi.

«Hadis va hayot» kitobidan

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ular suratlardan haykallarga o`tdilar. Solih kishilarga ko`plab haykallar yasadilar. Ularni, uylariga va masjidlariga qo`ydilar. Ular, Allohga ibodat qilar va unga hech narsani sherik qilmasdilar. Bu haykallar, solih kishilar ekanini bilardilar. Albatta, bular bir tosh bo`lib, ularga foyda ham давоми...

2470 17:38 / 06.10.2019
14Nuh alayhissalom qavmini, iymon keltirib, Allohga ibodat qilishlari va butlarni tark qilishlari uchun ko`p harakat qildi. Lekin qavmidan baaposzilaridan boshqa hech kim Nuh alayhissalomga iymon keltirmadi. Unga baaposzi bir qo`l mehnati bilan mashg`ul bo`lgan, halol luqma yeydiganlardan boshqa давоми...

3568 11:08 / 08.12.2019
17Yusuf xabar berganidek Misr va Shomda hozirgi Suriya ochlik bor edi. Misrda shunday rahmdil kishi borligini Shom ahli va Ya`qub eshitdi .Albatta, Misrda ochiqko`ngil va saxovatli inson bor bo`lib, u yer xazinalari ustidadir. Odamlar uning oldiga borib, undan taom olardilar,.Ya`qub bolalariga pul давоми...

2768 12:30 / 29.05.2019
15Elchi Yusufning oldiga kelib, .podshoh seni chaqiryapti,, ndash dedi. Yusuf qamoqdan mana shu ahvolda chiqib ketishga rozi bo`lmadi.Odamlar .Bu Yusuf Bu hokimga xiyonat qilgani uchun kecha qamoqda edi. Albatta, Yusufning nafsi katta kekkaygandir. Albatta, Yusuf aqlli, давоми...

2111 16:40 / 19.05.2019
Аудиолар

231592 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

150100 14:35 / 11.08.2021