1447 йил 8 Рамазон | 2026 йил 26 февраль, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sog‘liq ham, boylik ham Allohning sinovi

06:03 / 03.01.2019 9914 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Zuhd va taqvo sohibi bo‘lmoq kerak.

Yahyo ibn Muoz deydilarki:

«Zuhdning ma’nosi – dunyo (ziynati)ni tark etmoqdir».

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Dunyo sevgisi barcha xatolarning boshidir. Dunyoni zohidlardan boshqasi tark etolmaydi!». Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sevimli sahobalarim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Siz juda ko‘p sevadigan uch narsa borki, hech biri sizniki emas! Bular:

1. Jon (ruh)ni juda sevasiz, lekin jon – Alloh taoloning bir amridir.

2. Molni (mol-dunyoni) ko‘p sevasiz. Lekin mol – merosxo‘rlarnikidir.

3. Dunyoni ko‘p sevasiz. Holbuki, qisqa bir umr surib, dunyoni tashlab ketasiz!»

Ey, farzand!

Sog‘liq ham, boylik ham Allohning sinovi. Zotan, dunyo – imtihon, sinov maydoni.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga shunday dedilar:

«Ey, Abu Hurayra! Alloh taolodan boshqasiga umid bog‘lama. Unga tavakkul qil, Unga ishon, Unga suyan. Ne muroding bo‘lsa Undan ista, Undan so‘ra. Senga keladigan bir zararni yeru ko‘k ahli bir joyga to‘planib, o‘nglamoqqa kirishsalar ham o‘nglay olmas. Uning amri va iznisiz hech kim senga zarar va yomonlik qila olmas».

Allohning iznisiz hech kim moddiy, ma’naviy homiylik qilolmaydi. Ya’ni Alloh iroda etmaguncha, hech kim moddiy va ma’naviy jihatdan himoyasiga ololmaydi, hatto Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoati ham Allohning izniga tobe’dir.

Badandagi har vujud parchasining bir odobi bor.

Ko‘zning odobi – haromga qaramaslik.

Tilning odobi – haromni gapirmaslik.

Yolg‘on, g‘iybat behuda, bekorchi, befoyda, zararli so‘zlar haromga kiradi. Bu haqda ham Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallam ulug‘ so‘zlari bor:

«Foydasiz so‘zlarni so‘zlamagan kishining iymoni nurli bo‘ladi».

Quloqning odobi – haromni tinglamaslik. Eshitilganlardan yaxshi-yomonini ajratish, yaxshi bo‘lganini qabul qilib tinglash, yomonini tinglamaslikdir. Beixtiyor, tasodifan eshitgan so‘zlarga amal qilmaslik lozim.

Oyoqning odobi – haromga yurmaslik. Harom bo‘lgan joylarga bormaslikdir.

Me’daning odobi – harom yemaslik.

Kim shu a’zolarini haromlardan saqlasa, Alloh taolo o‘sha qulining barcha gunohlarini afv etadi. Aksincha harakat qilmagan kimsa o‘z falokati va halokatini o‘z qo‘li bilan hozirlagan bo‘ladi.

Ey, farzand!

Bu nasihatlarni tutsang, Alloh huzurida, payg‘ambarlar oldida, oxir zamon payg‘ambari Hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning yonlarida, avliyolar va barcha insonlar orasida yuzing yorug‘, oq, porloq va darajang yuksak bo‘ladi, Inshaalloh!

Мавзуга оид мақолалар
Solih, qavmi oldida turib, ovozi boricha .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 62oyat dedi. Boylar yebichish va befoyda, o`yinkulguda edi. Butlarga ibodat qilib, ulardan boshqani iloh deb bilmasdilar. Solihning daaposvati ularni ajablantirmadi.Samud давоми...

3726 11:00 / 03.04.2021
Ey, farzandNamozning ruku, sajda va boshqa ruknlarini amr etilganidek, o`z joylariga qo`yib o`qimoq kerak. Saodat asrida Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir namozxonning ruku, sajdalarga e`tiborsizligini ko`rdilar va marhamat etdilar.Bu kishi namozlarida shunday davom etsalar, .yarim, давоми...

8160 13:03 / 15.11.2018
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

4759 05:40 / 20.07.2019
Musoning haq so`zlariga eapostiroz bildirishdan ojiz qolib, javob topa olmagach Firaposavn munozarada yutib chiqmoqchi bo`ldi Ey Muso Sen aytayotganingni eshitib qoldim, barcha olamlar Parvardigori kim o`ziMuso dediU Muso .Agar anglamoqchi bo`lsangiz, U osmonlaru yer va ularning orasidagi давоми...

2825 08:00 / 02.01.2022
Аудиолар

232002 06:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

150515 09:35 / 11.08.2021