1445 йил 11 шаввол | 2024 йил 20 апрель, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
19:30 / 26.03.2022 2424 Кўриш режими

Xotira: «Rafiqlarning yaxshisi Ahmad Muhammad Tursun rohimahulloh»

Ahmad hoji Muhammad Tursun 1949 yili Namangan shahrida tugʻilganlar.

Ellikka yaqin badiiy, ilmiy-maʼrifiy, publitsistik kitoblari nashr etilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi edilar.

Ustozimizning «Hilol-Nashr» nashriyotining katta muharriri edilar. «Siz qanday yashamoqchisiz?», «Sohilsiz dengiz», «Ulugʻlar shunday yashashgan», «Koʻhna dunyo rivoyatlari», «Hikmatlar kitobi», «Rivoyatlar kitobi» kitoblari aynan nashriyotimiz tomonidan chop qilingan, xalqimizga taqdim qilingan edi. Yana boshqa nashriyotlar tomonidan ham muallifning 20 dan ziyoda badiiy, diniy-maʼrifiy kitoblar nashr qilinib, xalqimiz orasida sevib mutolaa qilinadi.  

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining safdoshlaridan, hassos adibimiz, xalqimiz ardogʻidagi yozuvchi, ustoz Ahmad Muhammad Tursun 2021-yilning 18-may kuni Toshkent shahrida vafot etganlar.  

Alloh taolo barcha oʻtgan solih zotlar qatorida Ahmad hoji ustozimizni ham oxiratlarini obod qilsin!

Муаллиф
islom.uz
Манба
islom.uz
Калит сўзлар: Иймон Намоз