1445 йил 9 зулқаъда | 2024 йил 17 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Rahim qilmaganga rahim qilinmas

12:30 / 26.01.2019 3311 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aziz bolajonlar, Payg‘ambarimiz alayhissalomning naqadar bolajon bo‘lganlarini bilasizmi? Bu haqda sizga aytib berishganmi? Keling, quyidagi hadisni birgalikda o‘rganamiz. Shunda o‘zimiz bilib olamiz Rasulimiz bolalarni qanchalar yaxshi ko‘rganini.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Al-Aqra’ ibn Hobis Taymiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirganida u zot Hasan ibn Alini o‘pdilar.

Shunda u: «Mening o‘nta bolam bor. Ulardan birortasini o‘pganim yo‘q», dedi.

Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga nazar soldilar va: «Rahim qilmaganga rahim qilinmas», dedilar».

Buxoriy, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘ta bolajon edilar. U zot o‘z nabiralari imom Hasan va imom Husaynlarni juda ham yaxshi ko‘rar va ularga mehribonlik ko‘rsatar edilar.

Ushbu rivoyatda u zot sollallohu alayhi vasallamning imom o‘ Hasan roziyallohu anhuga ko‘rsatgan mehrlari, sahobalardan birlarining bunga bo‘lgan munosabatlari va ushbu munosabatning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan baholanishi haqida so‘z ketmoqda.

Bundan boshqalar ham bu ishni qilishlari joizligini  bilib olamiz. kelib chiqadi. Bolasini o‘pish unga rahm ko‘rsatish ekan. Kishi birovga, xususan, o‘z bolasiga rahm qilmasa, Alloh taolo ham o‘sha kishiga rahm qilmasligini ham o‘rganib oldik.

“Hadis va hayot” kitobidan

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Isroil farzandlari o`jar tabiatli bolaga o`xshardilar. Ular buyurilgan ishning teskarisini qilishni va masxaralashni yaxshi ko`rishardi. Bu qavm o`zlariga aytilgan narsani albatta almashtirish kerak, deb turardi. Xuddi o`jar bolalar kabi Agar siz ularga .Tur,, desangiz o`tirib olishadi. .O`tir,, давоми...

1138 15:43 / 31.10.2022
Musoning onasi emizishni tugatgach, bolani qasrga qaytardi. U saroyda huddi shahzodalardek ulg`aydi. Shu bois shohlar va boybadavlat kimsalar qarshisida esankirash, o`zini yo`qotib qo`yish unga begona edi. Muso Firaposavn va uning ahli qanday nematlar ichida yashayotganiga shaxsan guvoh bo`ldi. давоми...

1563 17:30 / 10.10.2021
Ey, farzandOlimlar suhbatida qatnashishga harakat qil, odobdan tashqari so`z va harakatlar qilma. Jamoat huzuriga salom berib kir. So`ngra o`zingga munosib o`rin tanla. Iznsiz to`rga va e`tiborli joyga borib o`tirma.Suhbatni diqqat bilan tingla. Biladigan narsangni so`rama. Bilmaganingni so`rab давоми...

3160 11:00 / 24.01.2019
Musoning haq so`zlariga eapostiroz bildirishdan ojiz qolib, javob topa olmagach Firaposavn munozarada yutib chiqmoqchi bo`ldi Ey Muso Sen aytayotganingni eshitib qoldim, barcha olamlar Parvardigori kim o`ziMuso dediU Muso .Agar anglamoqchi bo`lsangiz, U osmonlaru yer va ularning orasidagi давоми...

1850 13:00 / 02.01.2022
Аудиолар

121480 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42977 14:35 / 11.08.2021