1445 йил 26 шаввол | 2024 йил 05 май, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Kimga aql berilmagan bo‘lsa, unda iymon ham, hayo ham bo‘lmaydi

18:01 / 25.11.2018 10029 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

 Ey, farzand!

Alloh Xoliqi Zul Jalol avval aqlni yaratdi. Bu haqda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Alloh aqlni yaratib, uni nur ichiga qo‘ydi. Ilmni aqlning taniga kiydirdi. Fahm (sezgi)ni aqlning joniga berdi. Zuhd va taqvoni unga joylashtirdi. Ixlosni yuziga berdi. Xasislik (to‘ymaslik)ni qulog‘iga berdi. Rostlikni tiliga berdi. Jo‘mardlik (saxovat)ni qo‘liga berdi. Tavakkulni beliga berdi. Qo‘rquvni belidan pastga, umidni belidan balandga berdi. Keyin Alloh O’zi yaratgan aqlga shunday xitob qildi: «Ey, aql! Ko‘tar boshingni! Tila, tilagingni beray!»

Aql shunday dedi:

«Ey, mening Parvardigorim! Men faqir, haqir bir maxluqingman, faqat gunohlarimni kechirishingni so‘rayman. Meni qay qulingga loyiq ko‘rsang, o‘sha bandangni ham kechirgaysan!»

Alloh taolo shunday dedi:

«Ey, Mening farishtalarim! Sizlar guvoh bo‘ling! Men qay qulimga aql bergan bo‘lsam, o‘sha qulimni kechirdim. Boshida aqli bor kishi har ishini aqlga muvofiq qiladi».

Alloh taolo Qur’oni karimda (Naziat, 40-41) marhamat etadi: «Ammo kim Robbining azamatidan qo‘rqib o‘zini yomonlikdan (havoyi nafsdan, shayton sharridan) qaytargan (saqlagan) bo‘lsa, boradigan joyi, shubhasiz, jannatdir!».

Alloh aqldan so‘ng nafsni yaratdi, taniga esa jaholatni kiygizdi. Shahvatni ko‘ziga berdi. Ochko‘zlikni tomog‘iga berdi. Yolg‘onni tiliga berdi. O’zini xira ko‘rmoqni (xudbinlikni, manmanlikni, kerilishni) ko‘ksiga berdi. Ta’magirlik va hirsni qorniga berdi. Zulmni beliga berdi. G’azabni qo‘liga berdi. Nopoklikni tanosil a’zolariga berdi. Fasod (fisq, g‘avg‘o, buzg‘unchilik)ni oyog‘iga berdi. Shubhani belidan quyisiga, shirkni belidan yuqorisiga berdi. Keyin Alloh marhamat etdi:

«Ey, Mening farishtalarim! Guvoh bo‘ling, kim mening amrimni tutmay, nafsiga ergashsa, uni jahannamga otgum».

Alloh Qur’onda (Naziat, 37,38–39 oyatlar) marhamat etadi:

«Yo‘ldan ozib, tug‘yonga tushib dunyoni afzal ko‘rib, ustun qo‘yuvchilarning boradigan joyi, shubhasiz, jahannamdir!»

Demak, har kim ishini aqlga muvofiq ado etmog‘i xayrlidir. Aql qabul qilmaydigan ishdan yaxshilik hosil bo‘lmaydi. Aqlga zid harakat qilgan – nafsiga ergashgandir. Bunday kishining jahannamgatushishiga Alloh farishtalarni guvoh qildi.

Inson uchun eng buyuk dushman – nafsdir. Nafs, yomonlikdan omon bo‘lmoq – aqlga quloq solmoq, aqlning yaxshi ko‘rsatmasiga ko‘ra harakat etmoqdir.

Allohning borligi, birligi ham aql bilan taniladi. Payg‘ambarlar aqli yuksakdir. Yo‘llari ham aqlga muvofiqdir. Aql bilan ado etilgan amallar jannatga ko‘tariladi.

Allohning rahmati va barokatiga inson aql bilan yetadi. Roziligini aql bilan qozonadi.

Allohning borligi va birligini anglamagan, paygambarlarga ishonmagan aqlsiz, tentak, dinsiz, kofir, dahriydir.

Musulmon bo‘lgani holda nafsining amrida bo‘lgan ahmoqlar ham bor.

Alloh Qur’oni karimda shunday deydi:

«... ular hayvonlar kabi, hatto tubanroqdirlar...» (Furqon surasi, 44-oyat). Ya’ni nafsiga ergashganlar to‘rt oyoqli hayvonlarqan ham tubanroq bo‘ladi.

Ey, farzand!

Alloh Odam alayhissalomni yaratdi, Jabroil alayhissalom aql, iymon va hayoni unga keltirib, shunday dedilar:

– Ey, Odam! Sizga Allohdan salom. Keltirganim uch narsadan birini qabul qilishingni istaydi.

Odam alayhissalom aqlni qabul qildilar. Jabroil alayhissalom iymon va hayoga:

– Qani, sizlar ayrilib, keting, – dedilar. Shunda iymon:

– Alloh menga aqldan ajramasligimni, u qayda bo‘lsa, o‘sha yerda bo‘lishimni amr etdi. Men aqldan ayrilmayman, – dedi.

Keyin hayo:

– Alloh meni iymonga omonat qildi. Iymon qayda bo‘lsa, men ham o‘sha yerdaman. Iymon bo‘lgan joydan ayrilmasman dedi.

Shundan so‘ng uchovi bir joyda qolib, bir-biridan ayrilmadilar. Bu holga ko‘ra Alloh kimga aql bergan bo‘lsa, iymon va hayo ham u bilan birgadir. Kimga aql berilmagan bo‘lsa, unda iymon ham, hayo ham bo‘lmaydi.


“Ey, farzand!” kitobidan

Мавзуга оид мақолалар
11Alloh, Nuhni oaposz qavmiga elchi qilib yuborishni xohladi. Qavmda boylar va boshliqlar bor edi, lekin Alloh oaposz risolati topshirigaposini bajarishga Nuhni tanladi. Ulardan birortasini tanlamadi. Alloh, Oaposz topshirigaposini kim koapostara olishini biladi. Alloh omonatini kim koapostara давоми...

2295 14:03 / 17.11.2019
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

3666 10:40 / 20.07.2019
Ey, farzandEng avvalo, onaga juda e`tiborli bo`lish kerak. Uni ranjitadigan soaposz va harakatlardan tiyilmoq lozim.Alloh Muso alayhissalomga shunday dedi.Ey, Muso Bir kishi otaonasiga qarshi chiqib, tili bilan ularni va yoki ulardan birini xafa qilsa, o`sha kishining tilini kes tiy, to`xtat Har давоми...

41600 11:10 / 07.01.2019
Alloh taolo Bani Isroilni kitobsizhidoyatsiz qavmlar kabi adashibuloqib ketishni istamadi. Ularni kor tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek bolib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun roza tutishni, songra Tur togiga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur давоми...

1752 14:50 / 04.02.2023
Аудиолар

120905 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42472 14:35 / 11.08.2021