1445 йил 24 шаввол | 2024 йил 03 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Haq va botil

13:00 / 27.02.2022 2918 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

«Muso ularga dedi: «Sizlar tashlaydigan narsangizni tashlangizlar».

«Bas (sehrgarlar) iplari va asolarini tashladilar va «Fir'avn izzatiga qasamki, albatta biz g‘oliblardirmiz», dedilar».

Shunda kishilar g‘alati narsaning guvohi bo‘ldilar. Maydonda ilonlar sudralib yurardi. Odamlar dahshatga tushdi. Hamma «Ilon, ilon» deya qichqirib o‘zini orqaga otdi.

Ayollar baqirdi, yosh bolalar yig‘ladi va maydonda “ilon, ilon”, degan qichqiriqlar baland bo‘ldi. Muso ham odamlar ko‘rayotgan narsani ko‘rib ajablanar edi. «(Ular qo‘llaridagi aso va iplarni tashlagan edilar) banogoh iplari va asolari sehr qilganlari sababli (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi».

Musoning qalbiga qo‘rquv kirdi. Axir qanday qilib ham qo‘rqmasin?!

Bu kun yechim-sinov kunidir. Imtihon soatlarida kishi yo hurmat topadi va yo xorlanadi. Xudo ko‘rsatmasin, agar sehrgarlar g‘olib chiqsa-chi?! To‘satdan Muso mag‘lub bo‘lib qolsa-ya?! –Alloh bunga izn bermasin. Unda nima bo‘ladi?! Alloh asrasin!!!

Musoning g‘alabasi bir kishining g‘alabasi emas. Balki u podshoh Fir'avn ustidan qozongan g‘alabasidir. Balki botil oldidagi haqning g‘alabasidir. Mag‘lublikni Xudo ko‘rsatmasin va izn ham bermasin.

Lekin Alloh o‘z nabiysiga dalda berib: «Qo‘rqmagin. Albatta sen o‘zing g‘olib bo‘luvchisan. Qo‘lingdagi narsani (ya'ni asoyingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagan narsalari faqat bir sehrgarning makri-hiylasi xolos. Sehrgar esa qaerda bo‘lmasin zafar topmas».

Muso dedi: «(Mana shu) sizlar qilgan ish sehrdir. Albatta Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzg‘unchi kimsalarning ishini o‘nglamaydi. Va garchi jinoyatchi kimsalar istamasalar-da, Alloh o‘z so‘zlari (ya'ni amru farmonlari) bilan haqiqatni ro‘yobga chiqarur».

So‘ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi. Bas, haqiqat qaror topdi, ularning qilgan harakatlari esa botil bo‘ldi».

Endi sehrgarlar dahshatga tushib, esankirab qolishdi:

- Bu nima o‘zi?! Sehr nimaligini, uning aslini va turlarini biz yaxshi bilamiz.

- Sehr qilishda bizning oldimizga tushadigani yo‘q! Biz shu sohaning ustozi va peshvolarimiz!

- Muso ko‘rsatgan narsa sehr emas!

- Sehr emas!

- Agar sehr bo‘lganida, biz ham unga qarshi sehr qilardik, sehrga sehr bilan javob berardik!

- Bizning hunarimiz uning oldida chilparchin bo‘ldi. Xuddi quyosh qarshisida namlik qurib bitganidek butkul yo‘qoldi.

- Bu qaerdan bo‘lishi mumkin?!

- Bu Alloh tomonidandir!

Sehrgarlar Muso alayhissalomning payg‘ambarligiga va Alloh tomonidan unga mo‘'jiza berilganiga to‘la amin bo‘ldilar. Hamda baqirgan va qichqirgan holda:

«Horun va Musoning Parvardigoriga iymon keltirdik», deyishdi.

«Sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga tashlanib«Barcha olamlarning Parvardigoriga – Muso va Horunning Parvardigoriga iymon keltirdik», dedilar».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy
Tarjimon Anvar Ahmad

 

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Baaposzilarning Solih alayhissalomga moyil bo`layotganini ko`rgan boybadavlat kimsalar o`zlarining boshliqliklaridan ajrab qolishdan qo`rqib, tipirchilab qolishdi. Ular dedilar.Bu sizga o`xshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydi, siz ichgan narsadan ichadi. Agar o`zingizga o`xshagan basharga давоми...

2086 13:17 / 11.04.2021
Qavm yebichish, befoyda o`yinkulgu ichida edi. Dunyo hayotiga rozi bo`lib, xotirjam edilar. Hudning so`zlaridan yuraklari siqilib, birbirlariga .Hud nima deyapti Hud o`zi nima xohlayapti Biz uning so`zlarini tushunmayapmiz. U nodonmi yoki jinnimi, deyishar edi. Hud yana bir bora daaposvat давоми...

1702 15:00 / 16.01.2021
davomi4Hayit kuni keldi. Odamlar xursand bo`ldilar. Odamlar hayitga chiqishdi, bolalar ham chiqishdi. Ibrohimning otasi ham chiqdi. Ibrohimning otasi Ibrohimga Biz bilan chiqmaysanmirdquo dedi. Ibrohim Men kasalmanrdquo, dedi. Odamlar ketdilar, Ibrohim esa uyda qoldi. Ibrohim butlarning oldiga давоми...

3582 18:36 / 07.10.2018
Ey, farzandAlloh Xoliqi Zul Jalol avval aqlni yaratdi. Bu haqda Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Alloh aqlni yaratib, uni nur ichiga qo`ydi. Ilmni aqlning taniga kiydirdi. Fahm sezgini aqlning joniga berdi. Zuhd va taqvoni unga joylashtirdi. Ixlosni yuziga berdi. Xasislik давоми...

10021 18:01 / 25.11.2018
Аудиолар

120795 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42362 14:35 / 11.08.2021