1445 йил 19 шаввол | 2024 йил 28 апрель, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Kan'ondan Misrga

15:00 / 20.06.2021 1757 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ya'qub alayhissalom o‘z o‘g‘illari bilan Kan'ondan Misrga ko‘chdilar. Chunki, uning o‘g‘li Yusuf alayhissalom Misrda hokimlik qilib, buyruq va qaytariqlar uning izmida edi. Ular Kan'onda qo‘y boqib, echki sog‘ib, jun sotib tirikchilik qilishardi. Misrda esa Yusufning xizmatkorlari ham turfa ne'matlar ichida edi. Ya'qub alayhissalom va uning o‘g‘illari endi Kan'onda qolib nima qilishadi?! Yusuf alayhissalom otasi hamda og‘alarini Misrga chorlab kishi yubordi. Chunki, unga otasi va og‘alarisiz taom tatimasdi. Qandoq ham tatisinki, axir (shuncha yil begona yurtda hamma qarindoshlaridan ajralib) yolg‘iz yurish osonmi?! Otasi, akalari o‘zlarining Kan'ondagi tor hovlilarini to‘ldirib o‘tirgan bir paytda Yusuf alayhissalom muhtasham saroylarga sig‘armidi?! Nihoyat Ya'qub alayhissalom o‘g‘illarini boshlab Misrga kirib keldi. Otasi va og‘alarining tashrifidan behad shod bo‘lgan Yusuf ularni izzat-ikrom bilan kutib oldi. Misr o‘z xojasining, e'zozli podshohining oilasini quvonch bilan qarshiladi. Shahar ahli bu muborak oilaga qattiq mehr qo‘ydilar. Chunki ular insonlarga karamli, saxovatli bo‘lgan Yusufni juda sevar edilar. Kishilar Yusufni o‘zlariga mehribon, g‘amxo‘r og‘a sifatida ko‘rsalar, Ya'qub alayhissalomni muhtaram ota o‘rnida qabul qilgan edilar. Keksa yoshli nuroniy Ya'qub alayhissalomga shahar ahli xuddi o‘z o‘g‘illaridek bo‘ldi. Ya'qub va bolalari uchun Misrda yashash ma'qul keldi va Misr ular uchun vatan bo‘lib qoldi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
8Alloh insonlarga qattiq g`azab qilib, ularni laaposnatladi. Nima uchun Alloh insonlarga g`azab qilib, ularni laaposnatlamasin Ularni shuning uchun yaratganmi Shuning uchun ularga rizq berganmiAllohning yerida yurib, uning ustida Allohga kufr keltiradilarAlloh bergan rizqni yeb, Allohga shirk давоми...

4618 19:30 / 20.10.2019
Ey, farzandHar narsaning nuri bor. Din nuri mdash besh vaqt namozdir. Namoz ayni vaqtda din tirgagi va libosidir. Har narsani buzguvchisi bor. Dinni buzuvchi ndash namozni tark etmoqdir. Namozni tark etgan ndash dinining binosini qulatgan bo`ladi.Kim jamoat bilan namoz o`qishni sevsa, Alloh ham uni давоми...

24311 17:03 / 12.11.2018
1Odam alayhissalomdan keyinAlloh taolo odam alayhissalom zurriyotlariga baraka berdi. Ular ichida ko`plab o`g`il va qizlar bor edi. Odam alayhissalom zurriyotlari tarqalib, ko`paydi. Agar odam alayhissalom qaytib kelib, bolalarini ko`rganlarida, tanimay qolardilar. Agar u zotga .Bu sening давоми...

7553 09:10 / 10.09.2019
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

3659 10:40 / 20.07.2019
Аудиолар

120544 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42152 14:35 / 11.08.2021