1445 йил 3 зулқаъда | 2024 йил 11 май, шанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Otа-onаngizni e'zozlаng!

11:30 / 06.04.2019 2527 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar! Barchamiz bizni dunyoga keltirgan, tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onamizni hurmat qilishimiz, e'zozlashimiz lozim. Quyida shu haqda ba'zi tavsiyalarni keltiramiz:

Har kun ertalab uyqudan turgach, maktabdan kelganingizda, ota-onangiz ishdan yoki boshqa biror joydan kelganlarida ularga salom bering.

Biror joyga chiqmoqchi bo‘lsangiz yoki biror ish qilmoqchi bo‘lsangiz, ota-onangizdan ruxsat so‘rang. Ular ruxsat bersalar yaxshi, ruxsat bermasalar xarxasha qilib ularni ranjitmang. Shuningdek, ularning xonalariga ham hamisha ruxsat so‘rab kiring.

Ota-onangiz buyurgan har bir yaxshi ishni bajaring. Dangasalik qilib «Yo‘q» demang. Ularga quloq soling.

Ovqatlanganda avval ular ovqatni boshlab berishlarini kuting. Ulardan oldin dasturxonga qo‘l uzatmang, beodoblik bo‘ladi.

Yo‘lda yurganda ota-onangizdan oldinda yurmang. Ularning ortida yoki yonida yuring.

Ota-onangiz biror ish qilganda ularga yordamlasha olsangiz yordamlashing. Bo‘lmasa, ularga xalal bermang.

Ota-onangiz sizga qilgan yaxshiliklari uchun ularga rahmat ayting. Ularni yaxshi ko‘rishingizni tez-tez aytib turing. Yuzlaridan, qo‘llaridan o‘pib ularga mehringizni izhor qiling.

Ulardan tez-tez hol so‘rab turing. «Dadajon, yaxshimisiz?», «Oyijon, yaxshimisiz?», «Sog‘ligingiz yaxshimi?», «Ishdan yaxshi keldingizmi? Charchamadingizmi?» deb ularning holidan xabardor bo‘ling.

Ularni ko‘p duo qiling. Аyniqsa, namoz o‘qiganingizdan keyin, Qur'on tilovat qilganingizdan keyin ularni ko‘p-ko‘p duo qiling. «Аllohim, ular bizni kichikligimizdan to hozirgacha tarbiyalagani kabi O‘zing ularga rahm qil. Ularga yaxshiliklar ber, umrlarini uzoq qil. Hamisha xursand, baxtli bo‘lsinlar», – deng.

Ota-onangiz charchagan vaqtda sho‘xlik qilib, shovqin solib ularni battar qiynamang. Biroz dam olgunlaricha o‘z xonangizda bo‘lib turing.

Kech bo‘lganda ota-onangiz bilan xayrlashib, ularga yaxshi tilaklar bildirib, o‘z o‘rningizga borib yoting.

Ota-onaning yaqinlari – buvi-buva, amma-xola, tog‘a-amakilarni hurmat qilish ham ota-onani hurmat qilishdek muhimdir. Ota-onasini hurmat qilgan bola ularni ham hurmat qiladi. Shuningdek, aka-ukalar, opa-singillar bilan ham ahil-inoq bo‘lish lozim. Bir-biriga yaxshi muomala qilib, ishlarida yordamlashish kerak. O‘zaro urishmang. Bundan ota-onangiz xafa bo‘ladilar.

G‘iyosiddin Yusuf

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandKechasi uxlash uchun o`ringa yotishdan avval Mulk Taborak surasi o`qiladi.Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu surani o`qimasdan o`rinlariga kirib uxlamasdilar. Bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar.Yotadigan vaqtda Mulk Taborak давоми...

74640 17:30 / 10.02.2019
Ey, farzandBu qismda masjidlarga aloqador odoblardan so`z ochamiz. Masjidga borayotgan kishining har qadamiga savob yozilib, gunohlari afv etiladi.Masjidga o`ng oyoq bilan kiriladi. Shu onda .Allohim Bizga rahmat eshiklarini ochgaysan, deya duo qilinadi. Keyin chap oyoq ichkari olinadi. Agar masjid давоми...

14923 16:30 / 01.11.2018
14 Podshoh bu tushning ta`biri va tadbirini eshitgach, juda shod bo`ldi va .Bu ta`birning egasi kim uni kim aytdi Bizga nasihat qilib, tadbir qilishga yo`llab qo`ygan kishi kim,, degan edi, suv tashuvchi soqiy .Bu rostgo`y Yusufdir. U menga podshohga suv tashuvchi bo`lishimni ham давоми...

1748 14:29 / 15.05.2019
15Boylar .Nuh daaposvat qilayotgan narsa haq va xayrli narsa emas,. Nimaga bilasizlarmi Chunki biz barcha yaxshiliklarda oldinlab ketganmiz. Barcha yaxshi taomlar, barcha yaxshi kiyimlar bizda. Odamlar barcha narsada bizga tobedirlar. Biz bilamizki, albatta yaxshilik bizni adashtirmaydi va shaharda давоми...

2646 13:05 / 16.12.2019
Аудиолар

121201 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42727 14:35 / 11.08.2021