1446 йил 25 жумадис сони | 2024 йил 27 декабрь, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN

ҚОМУС

Аҳмадия -

Аҳмадия - 19-a. oxirida Hindistonda vujudga kelgan diniy harakat. Mirza Rulom Ahmad Kodiyoniy (1835-1908) asos solgan. U 19-a.ning 70-y.larida Panjob musulmonlari o‘rtasida yirik ulamo va avliyo sifatida nom chiqargan. Islom tarixi va ilohiyot bo‘yicha bir necha asar yozgan. 1891 y.da "Anjumani Ahmadiya" diniy tashkilotini tuzgan. Izdoshlari uni "payg‘ambar", deb e’lon etgan. Vafotidan keyin uning o‘rniga Hakim Nuriddin qolgan. Bashar Ahmad ibn Rulom ham taniqli A. arboblaridan hisoblanadi, "Siyrat ul Mahdiy" ("Mahdiyning hayot yo‘li"), "Kalimat ul-fasl" ("Ajratuvchi so‘z") va b. kitoblari bor.
A. aqidalari islomga zid. A. aqidasi bo‘yicha: 1) G’ulom Ahmad va’da qilingan Iso Masih emish; 2) Alloh ro‘za tutar, namoz o‘qir, uxlar, uyg‘onar, yozar, imzo chekar, ba’zan adashar emish; 3) Muhammad sollalohu alayhi vasallam oxirgi payg‘ambar emas, chunki Alloh o‘z ehtiyojiga ko‘ra yer yuziga payg‘ambarlar yuborib turar, ulardan eng afzali esa G’ulom Ahmad emish; 4) Jabroil (as) G’ulom Ahmadga vahiy olib tushar emish; 5) Kodiyon qishlog‘i Makkai-mukarrama va Madinai-munavvaradan afzal emish; 6) Araq ichish, af’yun va b. mast qiluvchi narsalarni iste’mol qilish mumkin. Hoz. kunda ahmadiylar Hindiston va Pokistondan tashqari, bir necha arab mamlakatlari, Eron, Afg‘oniston, Afrika hamda G’arb mamlakatlarida tarqalgan. Londonda ularning katta markazi bor. Ahmadiylar MDH hududiga keyinga yillarda kirib keldi. Ko‘proq ishbilarmon, tojir va xayriya jamiyati vakillari sifatida Tatariston va b. joylarda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Robita al-alam al- islom (Islom olami ittifoqi) A.ni "islomga yot oqim" deb e’lon qilgan.