1447 йил 21 жумадис сони | 2025 йил 12 декабрь, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Husaynni yaxshi ko’rganni Alloh yaxshi ko’radi

11:03 / 29.01.2019 6975 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aziz bolajonim! Bobongiz, buvingiz, ota-onangiz yoki boshqa kimdir sizni erkalasa, mahkam  quchoqlasa,  sayr qildirsa, o’ynatsa, yuzlaringizdan o’psa, chimchilasa, bilingki, ularning qalbiga Alloh mana shunday mehr-muhabbat joylagan. Sizni ko’rganda ich-ichidan quvonchga, zavq-u shavqqa to’ladi.

Mehr ko’rsatish, rahimdillik qilish borasida Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomdan o’tadigan  kishi yo’q. Keling, U zotning bolalarga bo’lgan e’tiborlari haqida yana bir misol ko’raylik.   

Ya’lo ibn Murra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan yo’lga chiqdik. Taomga chaqirilgan edik. Qarasak, Husayn ko’chada o’ynab yuribdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam tezda odamlardan oldinga chiqib, bolaga qarab qo’llarini cho’zib, shoshib yurib ketdilar.

Bola hali u yoqqa, hali bu yoqqa qochardi. Kulishdi. Oxiri Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni ushlab, ko’tarib oldilar. Bir qo’llarini jag’iga, bir qo’llarini boshiga qo’yib, siladilar, so’ng quchoqladilar. So’ngra:

«Husayn mendandir, men Husayndandirman. Kim Husaynni yaxshi ko’rsa, Alloh taolo uni yaxshi  ko’radi. Husayn nabiralardan biridir», dedilar».

Ushbu hadisdan ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nihoyatda bolajon, kichkinalarni

yaxshi ko’radigan zot bo’lganlari, nabiralarini qanday erkalashlari, quchoqlashlari, yaxshi ko’rishlari ko’z o’ngimizda namoyon bo’lib turibdi.

Shu bilan birga, imom Husayn roziyallohu anhuning fazilatlari qanchalik ulug’ bo’lganini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishi haqlarida buyuk bir bashoratni aytganlarini, u kishini yaxshi ko’rgan odamni Alloh taolo yaxshi ko’rishi haq ekanini bilib olamiz. Demak, ushbu hadisga amal qilib, kichkinalarimizni erkalatib, o’ynatib, quchoqlab, o’pib, xursand qilib, ayni paytda imom Husayn roziyallohu anhuga bo’lgan muhabbatimizni farzandlarimizga ham singdirib borishimiz kerak ekan.

«Hadis va hayot» kitobidan

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Uzoq yillar misrliklar o`z ahdlarida turib, Kanaposondan kelganlarning fazlini hamisha yodda saqlar edilar. Kanaposonliklar .Bani Isroil, ndash molmulk va sharaf egalari deyilar edi. Lekin, vaqt o`tishi bilan odamlar ham astasekin o`zgardi. Xulqlar yomonlashdi, kishilar Allohga daaposvat va давоми...

8235 14:00 / 11.07.2021
15Elchi Yusufning oldiga kelib, .podshoh seni chaqiryapti,, ndash dedi. Yusuf qamoqdan mana shu ahvolda chiqib ketishga rozi bo`lmadi.Odamlar .Bu Yusuf Bu hokimga xiyonat qilgani uchun kecha qamoqda edi. Albatta, Yusufning nafsi katta kekkaygandir. Albatta, Yusuf aqlli, давоми...

2039 16:40 / 19.05.2019
Solih .Qaysi oyatni xohlaysizlar, desa, ular .Agar rostgo`y bo`lsang, biz uchun shu tog`dan homilador tuya chiqargin, deyishdi. Odamlar tuyani tosh emas, tuya tug`ishini yaxshi bilardilar, Tuyaning yerdan o`sib chiqmasligi yoki toshdan paydo bo`lmasligi hammaga maaposlum edi. Ular Solihni ojiz давоми...

5635 15:00 / 09.05.2021
16 Yusuf bilardiki, odamlarda omonatdorlik oz edi.Yusuf bilardiki, odamlarda xiyonat ko`p edi.Yusuf ko`rardiki, odamlar Allohning mollariga xiyonat qilardilar.Yusuf ko`rardiki, albatta yerda xazinalar ko`p, lekin ular zoe qilingan edi. Albatta ular zoe qilingan, chunki amirlar Allohdan qo`rqmas давоми...

2170 11:40 / 26.05.2019
Аудиолар

212722 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

131937 14:35 / 11.08.2021