1446 йил 20 жумадис сони | 2024 йил 22 декабрь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Qo’shnichilik haqlari va odoblari

15:10 / 20.01.2019 25948 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Qo‘shniga duch kelganda salom berib, hol-ahvol so‘rashish, xasta bo‘lsa, ziyoratida bo‘lish zarur.

Qo‘shnini ziyorat etish uchun ruxsat olish, iznsiz uyiga kirmaslik lozim. qo‘shnini xafa qiluvchi ishlardan saqlanish kerak.

Qo‘shni biror narsa so‘rasa berish, ishi tushsa bitirishga astoydil harakat qilish kerak.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir kishi mo‘min birodarining ishiga yordam berib, bitirsa, Alloh o‘sha kishining 30 ta dunyoviy, 40 ta uxroviy, jami — 70 ta juda muhim ishini hal etadi».

Inson ish buzuvchi emas, qo‘ldan kelguncha ish bitiruvchi bo‘lishi kerak. Qo‘shnining‘ ishi tushsa, uni mashaqqatga qo‘ymaslik lozim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Qo‘shnining qo‘shnidan haqqi meros haqqiday (muhim). Agar bu qo‘shni musulmon bo‘lsa, bu haq ikki barobar ortadi».

Faqir qo‘shnining taomlanishi uchun oziq-ovqatlar olishiga yordam berish kerak. Taom pishirganingizda hidi qo‘shniga yetsa, albatta o‘sha pishirgan taomingizdan qo‘shningizga yedirishingiz shart bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar:

«Bir kishi hidini uydan tashqariga chiqarib taom pishirsayu qo‘shnilariga bermasa, joyini jahannamdan tayyorlayversin!»

Qo‘shni haqi juda muhim bir haq. Qo‘shni nochor qo‘shnisiga yeganidan yedirib, kiyganidan kiydirishi kerak. Har ehtiyojini bitirishi kerak. Har xususda qo‘shni qo‘shnining ko‘nglini olishi, molini, jonini, sha’nini, or-nomusini o‘zinikidan ziyodaroq ko‘rishi zarur. Bu xizmatlar oxiratda do‘zaxga to‘siq bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga shunday deydilar:

«Ey, Abu Hurayra! Bir kishining ilm majlisida bir soatcha o‘tirishi va suhbat tinglashi, Alloh haqqi uchun o‘z-o‘zicha qirq yil ibodat qilgan bilan barobar».

Bilmasdan, anglamasdan bajarilgan bir amalning Alloh huzurida hech bir qiymati yo‘q.

Ey, farzand!

Yer yuzidagi barcha jonzotlarga shafqatli, marhamatli bo‘lmoq lozim.

Siddiqlarning alomati:

I. Qilgan yaxshiligini va yordamini yashirincha qiladi.

2. O’ziga kelgan falokatni yashiradi, boshqalar eshitmasin deb harakat qiladi.

3. Qay vaqt ixtiyoridan tashqari bir gunoh qilib qo‘yganini bilib qolsa, darhol ketidan tavba qiladi, istig‘for aytadi va sadaqa beradi.

Ey, farzand!

Keraksiz, foydasiz suhbatdan saqlanmoq lozim. Mazmunli va oz, haqiqiy suhbatlashish va g‘ayrat qilish kerak. Ham dunyoda, ham oxiratda huzurli bo‘lish shunga bog‘liq. Shuni unutmaslik kerakki, ko‘p gapirgan – ko‘p xato qiladi.

Allohni ko‘p zikr etish kerak. Allohni ko‘p zikr etuvchining qalbiga ilm, ko‘ngliga hikmat oqadi.

Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga xitoban shunday deydilar:

«Ey, Abu Hurayra! Bir kishiga Alloh Nuhning alayhissalom umri qadar o‘n asrlik yosh bersa, o‘sha kishida shu uch xislat bo‘lmasa, yillab qilgan ibodatining bir qiymati yo‘q. Bu xususiyatlar shular:

1. Bilganiga amal etish.

2. Dunyoviy ehtiyojlarda xasis ham, isrofgar ham bo‘lmaslik.

3. Gunohlardan saqlanish. Gunoh qilishdan ko‘ra olovda yonmoqni afzal ko‘rish». Taqvo sohibi bo‘lish uchun U farz qilgan narsalarni o‘rniga qo‘yib ado etib, gunoh ekanini bildirgan narsalarni tark qilish shartdir.

Faqir va muhtojlarga yordam bergan, taomlantirgan kishini Alloh jannat ne’matlari bilan siylaydi. Ming gunohini o’chirib, ming savob yozadi. Muhtojlarga har jihatdan madad-yordam berish zarur. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘larga, qo‘ni-qo‘shnilar, do‘stu birodarlarga xasislik qilmaslik kerak. Bularga sarflangan narsa sadaqa o‘rniga o‘tadi.

Abu Umoma roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadislarida shunday deyiladi:

«Bir kishining oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga ko‘rsatadigan ikromi ikromlarning eng go‘zalidir. Bularga nisbatan xasislik qilmaslik kerak».

Ey, farzand!

To‘rt xislat kishining yaxshilik egasi ekanini va yaxshiligini bildiradi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

1. Mo‘l-ko‘l (boy va kambag‘al) zamonlarda zakot va taqchil paytlarda sadaqa bermoq.

2. G’azablangan holda jahlini yutmoq.

3. Bir kishida ko‘rgan kamchilikni atrofga yoymasdan berkitmoq.

4. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga, atrofidagilarga nisbatan jo‘mard, saxovatli muomalada bo‘lmoq.

Shunday xislatlarga ega bo‘lgan zot yaxshi insondir. Bu xislatlar kishini yaxshi inson sifatida namoyon etadi.

Chanqagan kishiga suv ichirmoq ikromlarning eng savoblisidir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Chanqagan bir kishiga suv ikrom etganning amal daftariga yetmish yillik ibodat savobi yoziladi.

Bu ikromni suv tanqis joyda qilganga hazrati Ismoil alayhissalom (bunga Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallam ahli bayti ham doxil) avlodlaridan bir kishini kofir qo‘lidan qutqarganning savobi beriladi».

Ey, farzand!

Xayr va hasanotni mo‘l qilmoq, saxiy bo‘lmoq lozim. Alloh xayr qilguvchi, saxiy qullarini sevadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Har doim xayr qilib, xayrli ishlar bilan mashg‘ul va yomon ishlardan uzoq bo‘lgan qulini Alloh sevadi».

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir dona xurmo bilan bo‘lsa ham faqirga ikrom etganga o‘sha xurmo donasi besh narsani mujdalaydi:

1. Men bir dona edim, meni ko‘paytirding.

2. Kichik narsa edim, ulg‘aytirding.

3. Men dushman edim, sen do‘st aylading.

4. Men yeyilib yo‘q qilinardim, meni abadiylashtirding.

5. Hozirgacha sen meni saqlashga harakat etarding, bundan buyon men seni saqlanishingni tilayman».

Ey, farzand!

O’rniga xarjlangan mol kamaymaydi. Shubhasiz ortadi. Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qilgan:

«Uch xususda hech shubha qilmasdan qasamyod etaman:

1. Sadaqa berish va xayrga sarf etish bilan mol kamaymaydi. Balki ortadi, ko‘payadi.

2. Bir kishiga yomonlik qilinsa, yomonlik ko‘rgan uni kechirsa, Alloh qiyomat kunida o‘sha kechirgan qulini mahshar xalqi havas qiladigan bir kishiga aylantiradi.

3. Tilanmoqqa odatlangan faqirlikdan qutilmaydi.

Ey, farzand!

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytgan rivoyatga ko‘ra, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Alloh rizosi uchun qilingan bir yaxshilikka ming savob bilan javob beriladi».

Abu Hurayra roziyallohu anhu deydilarki:

«Buni eshitgan bir zot mendan shu xabar to‘g‘rimi, yo‘qmi deb so‘radi. Men unga shunday javob berdim: Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitdim. Shunday dedilar:

«Kim Alloh uchun qarz bersa, Alloh unga ikki ming savob ehson etadi. Birovga qarz beruvchi yaxshilik bilan bersin, hamda yaxshilik bilan olsin».

Chunki yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sizlar bir-biringiz bilan qarz oldi-berdi qilgan paytingizda bu ishni yaxshilik bilan ado etingiz. Agar boy bo‘lib, faqirda bergan qarzingizni kechib yuborsangiz, mahshargohda arshning soyasida bo‘lasiz. Jannat ham sizni oshiq bo‘lib kutadi!»

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Aziz bolajonlar Siz, albatta, bobobuvilaringizni, otaonangizni, akaopalaringizni, umuman, yoshi kattalarni hurmat qilish zarur ekanini bilasiz. Bu ishingiz tahsinga loyiq. Bu bilimingizga amal qilish esa ko`plab savob keltiradi.Musulmonlar o`z otaonalariga hurmat ko`rsatish borasida hammaga давоми...

7804 11:00 / 05.02.2019
Shundan so`ng Alloh taolo Muso alayhissalomga faoliyatga kirishishni amr qildi. Aslida, Muso mana shu ish uchun yaratilgan edi. Firaposavn yer yuzida haddidan oshib, tug`yonga tushdi, buzg`unchilik qildi. Uning qavmi Allohga kufr keltirdi. Ular ham Allohning yerida buzg`unchilik qildilar.Alloh давоми...

2457 14:00 / 19.12.2021
Muso qizlarnikida katta hurmatizzat ko`rdi. Ular bu g`arib yigitni xuddi o`z farzandlaridek ko`rib izzatikrom qilishdi.Kunlarning birida qiz otasi huzuriga kelib maapossumalik bilan shunday dedi .Ey ota, uni ishga yollagin. Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir,.Chol dedi давоми...

7391 15:00 / 05.12.2021
2Iblis va uning zurriyoti bunga qanday rozi bo`sin Insonlar Allohga ibodat qilishda davom etsinlarmi Insonlar bitta xalq bo`lib, ixtilof qilmasinlarmi Albatta bunday bo`lmaydi Albatta bunday bo`lmaydi Odam zurriyotlari jannatga kiradimi, iblis va zurriyotlari do`zaxga kiradimi Albatta bunday давоми...

2577 16:30 / 15.09.2019
Аудиолар

137630 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

57695 14:35 / 11.08.2021