1447 йил 25 шаъбон | 2026 йил 13 февраль, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Alloh qanday ham go‘zal yaratibdi!

11:00 / 16.01.2019 6975 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bir zamonlar yo‘q edik. Moviy osmon, yulduzlar, quyosh, oy, rang-barang gullar, sayroqi  qushlar, umuman, bu dunyoning o‘zi yo‘q edi. Allohdan boshqa hech bir narsa yo‘q edi. Yolg‘iz Alloh bor edi, xolos. 

U xohladi, biz bor bo‘ldik. U xohladi, osmonlar, yer yuzi, qushlar, hasharotlar, dengizlar,   irmoqlar bor bo‘ldi. Butun olam va uning ichidagilar bor bo‘ldi. Alloh «bo‘l» dedi va har  narsa bo‘laverdi. Insonni, hayvonlarni va boshqa jonli va jonsiz narsalarni – butun borliqni go‘zal qilib yaratdi.

Ko‘rishimiz uchun ko‘z, tinglashimiz uchun esa quloq berdi. To‘g‘rini xatodan ajratishga aql berdi. Bizga jon berdi, qushlarga, daraxtlarga, chechaklarga hayot berdi.

Robbimiz yer yuzini go‘zalliklarga burkadi.

Dunyodagi har bir narsa qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘ldi. Mukammal bir muvozanat va reja qurildi olamda. Dunyo aylanishini, quyosh ziyo sochishni, qushlar o‘z navolarini boshladi.

Robbimiz otamiz Odamni va onamiz Havvoni yaratdi. Muhabbatni paydo qildi. Odam Ato va Havvo onamiz turmush qurdilar. Insoniyat nasli ko‘paya boshladi. Kishilar soni ortdi va ular yer yuziga yoyildilar. Bir-biridan farq qiluvchi tillar, turli irqlarga mansub millatlar jamlandi. Insonlar birlashib qishloqlar, shaharlar, o‘lkalar qurdilar.

islom.uz tahririyati

Мавзуга оид мақолалар
Od qavmi bularning barchasini eshitdilaru, lekin iymon keltirmadilar. Hudning nasihati va hikmati ular ichida zoe bo`ldi.Ular .Ey Hud dalil va isboting yo`qku Axir, sening yangi so`zingni deb eski ilohlarimizni tark qilmaymizku Otalarimiz ibodat qilib kelgan ilohlarni, bitta so`z bilan tark давоми...

4754 15:00 / 06.02.2021
Baaposzilarning Solih alayhissalomga moyil bo`layotganini ko`rgan boybadavlat kimsalar o`zlarining boshliqliklaridan ajrab qolishdan qo`rqib, tipirchilab qolishdi. Ular dedilar.Bu sizga o`xshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydi, siz ichgan narsadan ichadi. Agar o`zingizga o`xshagan basharga давоми...

2882 13:17 / 11.04.2021
Rivoyatga ko`ra, Hasan Bisriy hazratlari bir haj mavsumida ortida zambil bilan tavof etayotgan bir kishini ko`rdilarndash Orqangizdagi zambilni qo`yib, bemalolroq tavof etsangiz bo`lmaydimi ndashdedilar.ndash Orqamdagi zambil yuk emas, og`irligini men sezmayman. U otam bittasida onam давоми...

16369 15:35 / 10.01.2019
14 Podshoh bu tushning ta`biri va tadbirini eshitgach, juda shod bo`ldi va .Bu ta`birning egasi kim uni kim aytdi Bizga nasihat qilib, tadbir qilishga yo`llab qo`ygan kishi kim,, degan edi, suv tashuvchi soqiy .Bu rostgo`y Yusufdir. U menga podshohga suv tashuvchi bo`lishimni ham давоми...

2599 14:29 / 15.05.2019
Аудиолар

230255 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148830 14:35 / 11.08.2021