1447 йил 8 Рамазон | 2026 йил 26 февраль, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Jamoat namozining fazilati

12:03 / 12.11.2018 32144 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Har narsaning nuri bor. Din nuri — besh vaqt namozdir. Namoz ayni vaqtda din tirgagi va libosidir. Har narsani buzguvchisi bor. Dinni buzuvchi – namozni tark etmoqdir. Namozni tark etgan – dinining binosini qulatgan bo‘ladi.

Kim jamoat bilan namoz o‘qishni sevsa, Alloh ham uni sevadi. O’sha qulini farishtalarga ham sevdiradi. Namozida davom etgan banda Allohning yo‘lida, rizoligida bo‘ladi.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir kishi bomdod namozini jamoat bilan o‘qib, peshindan oldin vafot etsa, Alloh o‘sha bandaning shirkdan tashqari barcha gunohlarini kechiradi.

Peshin namozini o‘qisa-yu, asr namoziga yetolmasdan vafot etsa, Alloh o‘sha qulini mag‘firat qiladi. (Mahshar kuni huzurida gunohsiz qabul qiladi).

Asr namozini jamoat bilan o‘qib, shom namoziga yetolmay vafot etsa, Alloh undan muhaqqaq rozi bo‘ladi.

Shom namozini jamoat bilan o‘qib, xufton namoziga yetmasdan vafot etgan kishiga mahshar maydonida Ibrohim alayhissalom yo‘ldosh bo‘ladi.

Xufton namozini jamoat bilan o‘qib, bomdod namoziga yetmasdan vafot etgan namozxon jannatda Alloh jamolini ko‘rmoq bilan sharaflanadi».

Ey, farzand!

Jamoat bilan namoz o‘qishni sevgin!

Imom bilan birga ilk takbir aytganga Alloh maxsus baroat (hujjat) beradi. O’sha baroatda jahannamdan qutilgani, jannatda unga ko‘shk hozirlangani yoziladi. Bunday kishi birinchilar qatorida jannatga kiradi.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar:

«Bomdod namozi bilan xufton namozini jamoat bilan o‘qimoqdan ko‘ra afzalroq savob bo‘lmaydi.

Odamlar bu haqiqatni bilsalar edi, namozlarining farzlarini jamoat bilan o‘qishga beparvo bo‘lmasdilar».

Jamoat bilan o‘qilgan namozlarning savobi jamoatning ko‘pligaga ham bog‘liq. Ikki kishi bir yerda jamoat bo‘lib namoz o‘qisa, ular jamoat savobiga sazovor bo‘ladi. O’n kishidan ziyoda jamoat namozining savobini Allohning O’zi taqdirlaydi.

Alloh bir qudsiy hadisda shunday marhamat etadi:

«Bandam menga hech bir ibodat bilan jamoat bo‘lib o‘qigan farz namozidagidek yaqin bo‘lmaydi».

Sunnat namozini qoldirmaslik lozim. Bir hadisi qudsiyda Alloh marhamat etadi:

«Bandamning ko‘zlari, quloqlari, qo‘llari, oyoqlari va butun vujudi namoz o‘qiyotganda Mening amrimda bo‘ladi».

Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Alloh jannati a’loda bir guruh hurlarni yaratdi, ularni inju, yoqut, zabarjad kabi bezaklar bilan ziynatladi. Ulardan: «Sizlar kimlar uchun yaratildingiz?» deya  so‘ralganda, ular:

«Besh vaqt namozini jamoat bilan o‘qiydiganlar uchun yaratildik. Endi ularning bizga yetishlarini kutmoqdamiz», deydilar».

Ey, farzand!

Muazzin azon aytishi bilan darhol masjidga borib, jamoat bilan namoz o‘qishga harakat qilish lozim. Azon tugaguncha gaplashmaslik kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Ey, sevimli sahobalarim! Qiyomatgacha keladigan ummatlarim! Azonni eshitganingizda joyingizda to‘xtangiz. Azon bitguncha boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lmasdan uni tinglangiz».

Azon tinglashning savobi sanagan bilan tugamaydi. Azon tinglashni odat qilgan kishiga jannatda yuksak daraja beriladi. Azon tinglashni odat qilgan kishining gunohlari to‘kiladi. Bu fursatni qo‘ldan bermaslik lozim.

Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir kishi vaqti kirgan namozini o‘qib, keyingi namozi uchun o‘zini hozirlasa, o‘sha kishi uchun ko‘klardagi farishtalar Allohga shunday murojot etadilar:

«Yo Robbiy! Bu qulingning gunohlarini afv et! Bu qulingga rahmating va marhamating bilan nazar qil!»

Bomdod namozi omonat namozdir. Uni o‘qiganni Alloh o‘z himoyasiga oladi.

Namoz karomatlari sanash bilan tugamaydi. Jamoat bilan namoz o‘qishdan gofil qolmaslik kerak.

Bir kun bir zot Rasulullohning sallollohu alayhi vasallam yonlariga kelib:

«Ey, Allohning Rasuli! Madinaning ilon, chayonlari ko’p. Uyim ham masjiddan xiyla uzoq. Men darrandalardan juda qo‘rqaman. Namozlarimni uyimda yolg‘iz o‘qishimga ruxsat berasizmi?» dedi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam unga shunday buyurdilar:

«Albatta jamoatga kelishingiz kerak!»

Sog‘lom kishi jamoatni tark etishi yaxshi ish emas. Yurishga imkonsiz kishi bundan mustasnodir.


“Ey, farzand!” kitobidan

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

5449 15:25 / 01.06.2020
2Iblis va uning zurriyoti bunga qanday rozi bo`sin Insonlar Allohga ibodat qilishda davom etsinlarmi Insonlar bitta xalq bo`lib, ixtilof qilmasinlarmi Albatta bunday bo`lmaydi Albatta bunday bo`lmaydi Odam zurriyotlari jannatga kiradimi, iblis va zurriyotlari do`zaxga kiradimi Albatta bunday давоми...

3346 11:30 / 15.09.2019
4 Ya`qubning Yusufga ruxsat berganidan inilari xursand bo`lishdi. Ular o`rmonga bordilar va Yusufni o`rmondagi quduqqa tashladilar. Kichik Yusufga ham, keksa Ya`qubga ham sira rahm qilmadilar. Yusuf kichkina bola edi, uning qalbi ham yosh edi. Quduq chuqur va qorong`i bo`lib, Yusuf yolg`iz o`zi давоми...

2932 11:10 / 14.03.2019
13Insonlar butlarga ibodat qilishni haq va sog`lom fikr deb bilardilar. Ular butlarga ibodat qilmaydiganlarni, zalolatda va ahmoqlikda, deb bilishar edi.Ular .Otalarimiz butlarga ibodat qilishganku Nega bu ibodat qilmaydi, deyishdi.Nuh alayhissalom butlarga ibodat qilishni zalolat va ahmoqlik, deb давоми...

7032 06:05 / 01.12.2019
Аудиолар

232117 06:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

150628 09:35 / 11.08.2021