1447 йил 29 шаъбон | 2026 йил 17 февраль, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Payg‘ambarlar qissasi: Podshoh oldida

15:16 / 12.10.2018 8460 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

(davomi)

10 

Shaharda juda katta va juda zolim podshoh bor edi. Odamlar o‘sha podshohga sajda qilardilar. Podshoh eshitdiki, Ibrohim (a.s.) Allohga sajda qiladilar va Undan boshqa hech bir zotga sajda qilmaydilar. Podshoh bundan g‘azablandi va Ibrohim (a.s.)ni (chaqirishni) buyurdi. Ibrohim (a.s.) uning oldiga keldilar, u zot Allohdan boshqa hech kimdan qo‘rqmas edilar. Podshoh: “Robbing kim?” dedi. Ibrohim (a.s.): “Robbim Alloh!” dedilar. Podshoh: “Ey Ibrohim! U Alloh kim?” dedi. Ibrohim (a.s.): “U tiriltiruvchi va o‘ldiruvchidir”, dedilar. Podshoh dedi: “Men ham tiriltiraman va o‘ldiraman”. Podshoh bir kishini keltirdi va uni o‘ldirdi. Yana bir kishini keltirdi uni o‘ldirmadi. Podshoh dedi: “Men tiriltiraman va o‘ldiraman, bir kishini o‘ldirdim va birini o‘ldirmadim”. Podshoh nodon edi, shuningdek barcha mushriklar ham. Ibrohim (a.s.) podshohga va qavmiga tushuntirishni xohladilar. Ibrohim (a.s.) podshohga: “Albatta, Alloh quyoshni mashriqdan chiqaradi, bas, sen uni mag‘ribdan chiqargin-chi”, dedilar. Shunda podshoh hayratda qoldi va sukut saqladi. Podshoh sharmanda bo‘ldi va biror javob topa olmadi.

11 − Otani da’vat etish

Ibrohim (a.s.) o‘z otalarini ham haq yo‘lga da’vat etishni xohladilar va unga: “Ey otajon! Nima uchun eshitmaydigan, ko‘rmaydigan va senga biror foyda bera olmaydigan narsaga ibodat qilasan?” dedilar. Nima uchun foyda ham bera olmaydigan, zarar ham bera olmaydigan narsaga ibodat qilasan? “Ey otajon! Shaytonga ibodat qilma”. Ey otajon! Rahmonga ibodat qil!”, dedilar.

Ibrohim (a.s.)ning otasi bundan g‘azablandi va: “Men seni uraman, meni tinch qo‘y va biror narsa dema”, dedi. Ibrohim (a.s.) haliym edilar va otalariga: “Omon bo‘l”, men bu yerdan ketaman va robbimga duo qilaman”, dedilar.

Ibrohim (a.s.) juda afsuslandilar va boshqa bir shaharga ketishni va robbilariga ibodat qilib, odamlarni Allohga da’vat etishni xohladilar.

12 − Makkaga

Bu holatdan Ibrohim (a.s.) qavmi, podshoh va Ibrohim (a.s.)ning otasi g‘azablanishdi. Ibrohim (a.s.) boshqa shaharga safar qilishni xohladilar. U yerda Allohga ibodat qilib, odamlarni haq yo‘lga da’vat etishni xohladilar.

Ibrohim (a.s.) otalari bilan vidolashgan holda o‘z shaharlaridan chiqib ketdilar. Ibrohim (a.s.) Makkani qasd qilib yo‘lga chiqdilar va xotinlari Hojar o‘zlari bilan birga edi. Makka shunday ediki, u yerda na o‘t-o‘lan va na shox-shabba yo‘q edi. U yerda quduq ham, anhor ham yo‘q edi. U yerda hayvonlar ham, odamlar ham yo‘q edi. Ibrohim (a.s.) Makkaga yetib kelib, u yerga tushdilar. Ibrohim (a.s.) ayollari Hojar va o‘g‘illari Ismoilni shu yerga tashlab ketdilar. Ibrohim (a.s.) ketishni xohlaganlarida ayollari Hojar: “Ey Sayyidim, qayerga? Meni bu yerga tashlab ketasizmi? Bu yerda suv ham, ovqat ham yo‘q-ku? Sizga buni Alloh amr qildimi?” deganida, Ibrohim (a.s.): “Ha!” dedilar. Hojar: “Unday bo‘lsa, bizni zoye qilib tashlab qo‘ymaydi”, dedilar.

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Aziz bolajonlar, albatta, siz ovqatlanish odoblarini yaxshi bilsangiz kerak. Ularga rioya qilish, boshqalarga ham o`rgatish zarur ekanini ham unutmang. Eng asosiysi, bunday odob turlarini bizga Payg`ambarimiz alayhissalom o`rgatganini esda saqlang. Ularga asoslanib yashash savob ekanini doimo yodda давоми...

3615 16:01 / 01.02.2019
Vaaposda kuni choshgohda odamlar to`pto`p bo`lib uylaridan maydonga chiqishganini ko`rasan. Bolalar, yigitlaru qariyalar, erkagu ayol maydonga qarab yurardilar. Uyda bemorlar va yura olmaydigan ojizlardan boshqa hech kim qolmadi.Firaposavnning bosh shahri bo`lmish Matariyya faqat sehr va sehrgarlar давоми...

2519 16:00 / 20.02.2022
Bir kuni hazrati Hasan Basriyning huzurlariga bir ayol kelib, shunday dedindash Ey, Allohning do`sti Sizga savollarim bor, javob berishingizni istayman,ndash So`rang, ndash dedilar Hasan Basriy hazratlari.ndash Ey.. Imom Din pokligi, din javhari, din xazinasi nima ndash dedi ayol.Hasan Basriy давоми...

30257 18:05 / 02.12.2018
2Yusufning Binyamin ismli tug`ishgan ukasi bor edi. Ya`qub u ikkovini juda yaxshi ko`rar edi. Hech kimni ulardek yaxshi ko`rmas edi. Akalar esa Yusuf va Binyaminga hasad qilardilar va g`azab bilan Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`pa ko`proq yaxshi ko`radi Nega otamiz Yusuf va Binyaminni давоми...

3644 12:10 / 03.03.2019
Аудиолар

231217 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

149745 14:35 / 11.08.2021