1447 йил 16 жумадис сони | 2025 йил 07 декабрь, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Tarozining hikoyasi

15:00 / 09 май 1806 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Avvalo oʻzimni tanishtirsam. Kamina doim xizmatingizga shay tarozi boʻlaman. Biz tarozilar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomni olib kelgunlaricha ham odamzod boshiga tushgan koʻpgina voqealarga guvoh boʻlganmiz. Halokatli bu hodisalarning sababini ham ozmi-koʻpmi bilamiz. Qaysiki yurtda ikki narsa – tarozi va oʻlchovga xiyonat qilish koʻpaysa, shu yurtning boshiga balo-yu qazo yogʻilgan. Hatto ba’zi qavmlar yer yuzidan tamoman yoʻq boʻlib ketgan. Hammasi odamlar bir-birini aldab, ulugʻ hakam – Alloh koʻrib turishini unutib qoʻyishining orqasidan boʻladi. Shuning uchun ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam oʻlchov va tarozi egalariga: «Zimmangizga oʻzingizdan oldin oʻtgan ummatlarning halokatiga sabab boʻlgan ikki narsa yuklatildi», deganlar. Ikki narsaning biri kamina – tarozi, ikkinchisi oʻlchov narsasidir.

Bir kuni bunday boʻldi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkaning bozoridan oʻzlariga kiyim sotib oldilar. Shundoqqina roʻparalarida kamina turgan edim. Mening egam tarozibonlik qilar, shu bilan yuk egalaridan haq olib kun kechirardi. Hazrati Paygʻambarimiz uning oldiga keldilar-da: «Tort va ogʻirroq qil», dedilar.

Men bu barokatli, muborak soʻzlarni eshitib, yayrab ketdim. Qaniydi shunday boʻlsa? Kamina hamisha xaridorlarning yuz-koʻzlaridan sotib olayotgan narsasi bir chimdim boʻlsa ham koʻproq tortilishini istayotganini koʻrib turardim. Ayni paytda mol egasining bir chimdim boʻlsa ham kamroq tortilishini, tarozi oʻzining foydasiga ishlashini xohlayotganini ham payqardim. Mol egasining bunaqa qurumsoqligi menga yoqmas edi. Mana endi Paygʻambarimiz: «Tort va ogʻirroq qil», dedilarmi, u zotning aytganlarini qilish kerak. Qani, mening sohibim nima qilar ekan deb qarab turibman. U yuk egasidan:

– Ogʻirroq qilib tortib bersam maylimi, – deb soʻradi.

– Yoʻq, – dedi u.

– Unda men yukingni tortib bermayman, boshqa tarozibonga olib bor, – dedi mening egam.

Sohibimning harakatidan boshim osmonga yetdi. U ishsiz qolmadi. Boshqa bir yuk egasi ogʻirroq tortib sotishga rozi boʻldi. Bu gap darrovda bozorga tarqadi. Xaridorlar yonimda toʻplanib qolishdi. Sohibimning qoʻli-qoʻliga tegmaydi, deng. Men barokatli taroziga aylanib qoldim.

Asta-sekin boshqa tarozibonlar ham mol egalari bilan kelishuvni yoʻq qilib, sohibimning yoʻlini tutishdi, Paygʻambarimiz hadislariga amal qilishdi. Bozorlarimizga nur va baraka toʻlib ketdi.

Aytmoqchimanki, aziz bolajonlar, siz ham ulgʻayasiz, bozorlarga meva-cheva, Alloh bergan rizqlar, don-dunlar olib kelasiz. Oʻlchab sotiladigan matolar va boshqa narsalar bilan mashgʻul boʻlasiz. Ziqna boʻlmang, saxiy, qoʻlingiz ochiq boʻlsin. Topgan-tutganingizga baraka yogʻilishini oʻshanda koʻrasiz.

Erkin bobo

«Hilol» jurnali 6(63)-son

 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Zunnuni Misriy hazratlari deydilarki Shu o`gitlarni tutgan kishining dunyosi va oxirati obod bo`ladi.Me`dasi ovqat bilan to`la kishining ko`nglidan ilmu hikmat joy olmaydi.Gunoh qilishdan saqlangan kishilarga mujdalar bo`lsinGunohlardan saqlanmoq yo`li ndash kam yemoqdir.Oz yemoq, ko`p zikr etmoq давоми...

5096 14:08 / 08.12.2018
Alloh taolo ularga ketmaket balolar yubora boshladi. Parvardigor ular ustiga suv balosini yubordi. Osmondan yomg`ir quydi. Nil to`lib toshdi. Osmondan yomg`ir yog`averdi, yog`averdi, yog`averdi. Ekin maydonlari va dalalarni suv bosdi. Don va mevalarga qattiq talofat yetdi. Aslida rahmat bo`lgan давоми...

3556 09:00 / 07.08.2022
Qadrli bolajonlar Barchamiz bizni dunyoga keltirgan, tarbiyalab voyaga yetkazgan otaonamizni hurmat qilishimiz, eaposzozlashimiz lozim. Quyida shu haqda baaposzi tavsiyalarni keltiramizHar kun ertalab uyqudan turgach, maktabdan kelganingizda, otaonangiz ishdan yoki boshqa biror joydan kelganlarida давоми...

4261 11:30 / 06.04.2019
Хусейн Муҳаммад Тоҳир туғма кўзи ожиз бўлиб туғилган. 5 ёшида унинг отаси болага ҳафтада етти кун кун бўйи Қуръон ўқиладиган тўлқинга мосланган радио ҳадя этган давоми...

2738 19:08 / 13.06.2020
Аудиолар

211326 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

130591 14:35 / 11.08.2021