1447 йил 25 шаъбон | 2026 йил 13 февраль, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

O‘lim zarbasi

14:00 / 17.10.2021 2853 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Muso ulg‘ayib kuchli yigit bo‘lgach, Alloh taolo unga ilm va hikmat ato etdi.

Muso zolimlardan nafratlanar, ularni xush ko‘rmas edi. Barcha payg‘ambarlar kabi mazlum, bechoralarni sevib, hamisha ularning yonini olib yuradi.

Hamma o‘yin-kulgu bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda Muso fir'avn shahriga kirib keldi. Yo‘lda u ikki kishining urushayotgani ustidan chiqdi. Raqiblarning biri Bani isroillik, ikkinchisi esa Bani Isroilning dushmani qibtiylardan edi.

Bani Isroillik kishi Qibtiydan shikoyat qilib, Musoni yordamga chaqirdi. G‘azablangan Muso qibtiyni bir musht urib o‘ldirib qo‘ydi. Muso alayhissalom qibtiyni o‘ldirib qo‘yganiga qattiq afsuslandi. Buning shayton amalidan ekanini bilib, Muso Allohga tavba qildi.

Albatta, barcha payg‘ambarlar mana shunday ko‘p tavbatazarrular qilganlar.

«(Muso) dedi: Bu shayton amalidandir. Albatta u ochiq adashtirguvchi dushmandir».

Alloh taolo Musoning tavbasini qabul qildi. Chunki u qibtiyni qasddan o‘ldirgani yo‘q edi. Qibtiy to‘satdan birinchi mushtdanoq jon berdi. Muso alayhissalom Allohga hamdu-sanolar aytdi:

- Darhaqiqat, Parvardigorim menga ko‘p ne'matlar bergan va U meni mag‘firat qildi. «Bas, (endi) hargiz mujrimjinoyatkor kimsalarga yordamchi bo‘lmasman».

Muso Fir'avnning mirshablari kelib qachon olib ketar ekan, deya shaharda qo‘rqib yurdi. Chunki ular qarg‘a ko‘zli va chumoli holli kimsalar edi.

Mirshablar Fir'avn xizmatkorlaridan bo‘lgan qibtiyning jasadini topib oldilar. Lekin qancha urinmasinlar, kim o‘ldirganini baribir bila olmadilar. Axir qotilning kimligini Muso va Bani Isroillik bir kishidan boshqa hech kim bilmasdi. Ro‘y bergan qotillik haqida hamma yoqda duv-duv gap yurardi. G‘azablangan Fir'avn qotilni qidirib topish shart ekani haqida buyruq berdi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad


Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Muso Madyan yerlariga yetib keldi. U biror kishini tanimas, biror kishi ham uni tanimas edi. Tunda Musoga kim boshpana beradi U qaerda uxlaydi Mana shu kabi savollar Musoning boshidan kechsada Allohning O`zi madadkor ekaniga zarracha shubha qilmasdi. Muso bir quduqdan molhollarini sug`orayotgan давоми...

3590 15:00 / 21.11.2021
Firaposavnning jinniligi qo`zidi. Firaposavn joyida o`tirolmay qoldi. Momoqaldiroq bo`lib guldiradi, yashin bo`lib chaqnadi. Bechora Firaposavn Bugun u kutmagan narsalar bo`ldi. U Musoni sehrgarlar bilan mag`lub qilmoqchi edi. Sehrgarlar esa endi Musoning qo`shiniga aylandi. Firaposavn sehrgarlarni давоми...

3092 09:30 / 13.03.2022
1 РамазонБугун уйда ажойиб бир ҳолат. Ҳамма жимгина ишига, ўқишига кетмоқда. Ойижоним .Зайнаб, келақол қизим, сенга нонушта тайёрлаб берай,, ndash деди. Ҳеч ким ҳеч давоми...

4231 15:00 / 23.05.2020
12Nuh qavmi orasida turib .Albatta, men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman,, deganida, ba`zi odamlar .Bu qachon payg`ambar bo`lib qoldi, dedilar.Kecha o`zimizdan bo`lgan bir kishi edi, bugun esa men sizlarga Allohning elchisiman, deydi.Nuhning do`stlari .Bu biz bilan yoshlikda birga o`ynar давоми...

5152 19:50 / 26.11.2019
Аудиолар

230197 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148775 14:35 / 11.08.2021