1447 йил 25 шаъбон | 2026 йил 13 февраль, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ona bag‘rida

14:00 / 03.10.2021 2766 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Musoning mehribon onasi Musoning singlisiga dedi:

- Qizim, bor, ukangni qidir, shoyad u tirik bo‘lsa. Alloh taolo uni saqlashni va sog‘-omon qaytarishni menga va'da qilgandi.

Musoning opasi ukasini daraklab ketdi. Atrofdagilar shoh qasridagi chiroyli go‘dak haqida gaplashishardi. Qiz saroy ayollarini suhbatlariga quloq tutdi:

- Malika so‘ratgan bolaga emizuvchi Asvon shahridan keldimi?

- Ha bekachim, lekin bola uni ham emmayotgan emish.

- Yo Alloh! Bu bola nega hech bir ayolni emmaydi-ya? Endi adashmasam shu malika chaqirtirgan oltinchi ayol edi-ya?

- Ha, aytishlaricha u judayam pokiza ayol ekan. Hamma go‘dagiga uni enaga qilardi. Shunda Musoning opasi ushbu so‘zlarga quloq tutib, odob bilan suhbatga qo‘shildi.

- Men shahardagi bir ayolni bilaman. Go‘dak albatta uni emishi kerak.

- Yo‘q, men bunga ishonmayman,- dedi saroy bekachi, - biz oltita ayolni olib keldik, lekin bola birontasini ham emmadi. Saroyda xizmat qiladigan ayollardan biri aytdi:

- Kelinglar, yettinchisini ham sinab ko‘raylik, bizdan nima ketdi? Bu gap malikaning qulog‘iga yetdi. U joriyani chaqirib dedi:

- «Bor va o‘zing bilan o‘sha ayolni olib kel»!

Musoning onasi qasrga keldi. Kanizaklar Musoni keltirishdi. Bola ayolning quchog‘iga talpinib uni ema boshladi. Go‘yoki bular va'dalashib olgandek. Axir nima uchun ham uni emmasin?! Bu ayol uning mehribon onasi-ku! Nima uchun ham uni emmasin?! Muso uch kundan buyon och edi-ku. Malik ajablandi. Butun saroy ahli ham ajablandi. Fir'avn ichiga shubha kirdi:

- Nega bola bu ayolni emishga talpindi. Nima, u onasimi?! Musoning onasi javob berdi:

- Podshohim, men hushbo‘y hidlik, shirin sutlik ayolman. Hech qaysi go‘dak mendan yotsiramagan. Fir'avn jim bo‘ldi. Musoning onasiga podsholikdan nafaqa tayin qilindi. Musoning onasi farzandini bag‘riga bosib uyiga qaytdi.

«Shunday qilib, biz (Musoning onasi) ko‘zlari shodlanishi va g‘am chekmasligi uchun hamda Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin ko‘p (odamlar Allohning va'dasi haq ekanini) bilmaydilar».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad


Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Od qavmi bularning barchasini eshitdilaru, lekin iymon keltirmadilar. Hudning nasihati va hikmati ular ichida zoe bo`ldi.Ular .Ey Hud dalil va isboting yo`qku Axir, sening yangi so`zingni deb eski ilohlarimizni tark qilmaymizku Otalarimiz ibodat qilib kelgan ilohlarni, bitta so`z bilan tark давоми...

4754 15:00 / 06.02.2021
Bir qibtiy folbin Firaposavn huzuriga kelib shunday dedi .Bani Isroilda bir bola tug`iladi. Sening mulking uni qo`liga o`tadi,. Firaposavnning jinniligi qo`zidi. Jallodlariga buyurdiki, Bani Isroilda tug`ilgan har bir go`dak qilichdan o`tkazilsin Firaposavn o`zini mutloq shoh deb hisoblagani давоми...

3915 14:00 / 08.08.2021
12Nuh qavmi orasida turib .Albatta, men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman,, deganida, ba`zi odamlar .Bu qachon payg`ambar bo`lib qoldi, dedilar.Kecha o`zimizdan bo`lgan bir kishi edi, bugun esa men sizlarga Allohning elchisiman, deydi.Nuhning do`stlari .Bu biz bilan yoshlikda birga o`ynar давоми...

5152 19:50 / 26.11.2019
Qadrli bolajonlar, bugun siz bilan birovning uyiga yoki xonasiga kirish uchun ruxsat so`rashni o`rganamiz. Siz kimningdir xonadoniga borganda kirish uchun, avvalo uy egasini chaqirish kerakligini bilasiz. Eshik ochiq bo`lsa ham, ichkaridan uy egasini chaqirmasdan kirib ketish mumkin emas. Buni давоми...

4694 14:40 / 01.04.2019
Аудиолар

230224 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148801 14:35 / 11.08.2021