1447 йил 17 жумадис сони | 2025 йил 08 декабрь, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Go‘daklarning so‘yilishi

14:00 / 08.08.2021 3786 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bir qibtiy folbin Fir'avn huzuriga kelib shunday dedi: 

- «Bani Isroilda bir bola tug‘iladi. Sening mulking uni qo‘liga o‘tadi». Fir'avnning jinniligi qo‘zidi. Jallodlariga buyurdiki, Bani Isroilda tug‘ilgan har bir go‘dak qilichdan o‘tkazilsin! Fir'avn o‘zini mutloq shoh deb hisoblagani sababli, xohlagan kishisini o‘ldirish yoki o‘ldirmaslikka o‘zini haqli deb bilardi. Xuddi bir cho‘pon kabiki, suruvidan xohlagan qo‘yini ushlab so‘yishi yoki so‘ymasligi mumkin edi. Fir'avn jallodlari butun Misr bo‘ylab tug‘ilgan o‘g‘il bola qidirib tarqaldilar. Ular qaerda, Bani Isroil qabilasida bir chaqaloq dunyoga kelganidan habar topsalar, go‘dakni qo‘ydek bo‘g‘izlardilar. O‘rmonda bo‘rilar erkin yurardi. O‘lkada ilon-chayonlarga hech kim hech narsa demasdi. Lekin Fir'avn mamlakatida tug‘ilgan Bani Ya'qub go‘daklariga yashash imkoni yo‘q edi. Minglab chaqaloqlar ota-onalarining ko‘z oldida bo‘g‘izlandi. Bani Isroilda farzand tug‘ilgan kun qiyinchilik va mashaqqatli bo‘lar edi. Bu kun mana shu oila uchun (shod-xurramlik emas), mahzunlik va ko‘zyoshlar kuni bo‘lardi. 

Bani Isroilda farzand tug‘ilgan kun ta'ziya va marsiyaga aylanar edi. Bir kunning o‘zida yuzlab bolalar qurbon qilinar edi. Bu xuddi qurbonlik kuniga o‘xshar ediki, unda yuzlab qo‘y-echkilar va mollar qurbonlik qilinar edi.

«Darhaqiqat Fir'avn (Muso) yerida tug‘yonga tushib uning aholisini bo‘lak-bo‘lak qildi. U ulardan bir toifani (ya'ni, Bani Isroilni) xorlab, o‘g‘illarini so‘yar, ayollarini qoldirar edi. Albatta u buzg‘unchi kimsalardan bo‘ldi» (Qasos surasi, 4-oyat).

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

5273 20:25 / 01.06.2020
12Nuh qavmi orasida turib .Albatta, men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman,, deganida, ba`zi odamlar .Bu qachon payg`ambar bo`lib qoldi, dedilar.Kecha o`zimizdan bo`lgan bir kishi edi, bugun esa men sizlarga Allohning elchisiman, deydi.Nuhning do`stlari .Bu biz bilan yoshlikda birga o`ynar давоми...

5000 19:50 / 26.11.2019
13Insonlar butlarga ibodat qilishni haq va sog`lom fikr deb bilardilar. Ular butlarga ibodat qilmaydiganlarni, zalolatda va ahmoqlikda, deb bilishar edi.Ular .Otalarimiz butlarga ibodat qilishganku Nega bu ibodat qilmaydi, deyishdi.Nuh alayhissalom butlarga ibodat qilishni zalolat va ahmoqlik, deb давоми...

6782 11:05 / 01.12.2019
22 Lekin Ya`qub inson edi, uning ko`ksidagi tosh bo`lagi emas balki inson yuragi edi.Unda zarracha bag`ri toshlik yo`q edi.U Yusufni eslab, yarasi mahzunligi yangilandi .Oh, Yusuf, dedi.Shunda o`g`illari uni malomat qilib .Halok bo`lguningizcha Yusufni zikr qilaverar ekansizda, deyishdi.Ya`qub давоми...

2963 15:00 / 19.06.2019
Аудиолар

211517 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

130779 14:35 / 11.08.2021