1447 йил 26 жумадис сони | 2025 йил 17 декабрь, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Azob

14:53 / 12.06.2021 3064 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Solih tuyaning so‘yib, o‘ldirilganini bilgach, afsuslandi va juda xafa bo‘ldi. Insonlarga qarata: «Diyoringizda uch kun bahramand bo‘lib turing. Bu yolg‘on bo‘lmagan va'dadir» (Hud surasi, 65-oyat) dedi.

Mana shu yurtda yer yuzida fitna-fasod qo‘zg‘ab yuradigan to‘qqizta buzg‘unchi kimsa ham yashardi. Ular tunda Solih alayhissalomni va uning oilasini pinhoniy ravishda o‘ldirib yuborishga kelishdilar.

- Agar bizdan so‘rashsa, bilmaymiz, deb turaveramiz, deyishdi. Lekin Alloh taolo Solih alayhissalomni va u kishining ahli oilalarini asrab qoldi. Nihoyat aytilgan uch kun ham o‘tib, azob keldi. Odamlar tongni odatdagidek qarshiladilar.  Banogoh qattiq zilzila bilan dahshatli qichqiriq yangradi. Mana shu qichqiriq zarbidan yuraklar yorilib ketdi. Zilzila oqibatida uylar vayronaga aylandi. Samud qavmi uchun shiddatli kun bo‘ldi. Odamlarning barchasi vafot etib, shahar xarobaga aylandi. Solih alayhissalom va u kishiga ergashgan mo‘minlar bu badbaxt shaharni tashlab chiqdilar. Endi ular bu yerda nima ham qilishardi. Qavmining jasadlariga ko‘zi tushgan Solih alayhissalom hazin ovozda:

- «Ey qavmim! Darhaqiqat men sizlarga Parvardigorim risolatini yetkazgan va nasihatlar qilgan edim. Lekin sizlar nasihatgo‘ylarni sevmasdingiz», (A'rof surasi, 79-oyat) dedilar.

(Bir vaqtlar gullab yashnagan shahar o‘rnida) bugun huvillagan saroy xarobalari va tashlandiq quduqdan boshqa hech narsa qolmadi. Biror chaqiruvchi ham, unga javob qiluvchi ham topilmaydigan bo‘m-bo‘sh qo‘rqinchli shahar xarobalari ko‘zga tashlanib turibdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Shomga ketar ekanlar Samud qavmi yashagan diyorga yaqinlashib, o‘z ashoblariga: «O‘zlariga zulm qilgan kimsalar maskanlariga, ularga yetgan narsa sizlarga ham yetib qolishidan qo‘rqib yig‘lagan holda kiringiz!» dedilar. «Ogoh bo‘lingizkim, Samud (qabilasi) Parvardigorlariga kofir bo‘lgan edilar. Ogoh bo‘lingizkim, Samud (qabilasi) halokatga uchradi»

(Hud surasi, 68-oyat)

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Uzoq yillar misrliklar o`z ahdlarida turib, Kanaposondan kelganlarning fazlini hamisha yodda saqlar edilar. Kanaposonliklar .Bani Isroil, ndash molmulk va sharaf egalari deyilar edi. Lekin, vaqt o`tishi bilan odamlar ham astasekin o`zgardi. Xulqlar yomonlashdi, kishilar Allohga daaposvat va давоми...

8249 14:00 / 11.07.2021
Маълумки, 1 июнь куни Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куниrdquo сифатида нишонланади. Ушбу байрам кўпчилик давлатларда Халқаро болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш давоми...

5306 20:25 / 01.06.2020
Bani Isroilga nisbatan Fir`avnning adovatini ko`rgan xalq ham Isroil farzandlariga zulmzo`ravonlik qilishda Fir`avnga yaqinlashdilar. Hatto yosh bolalar Isroil farzandlarini so`kar, mahalla itlari esa oldiga solib quvlar edi. Har kuni yangi bir balo, har kuni tashvishli bir xabar Bani Isroil давоми...

3417 14:00 / 27.06.2022
Hud qavmi ichida turib, daaposvat qilgan holda .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 65oyat dedi. Qanday qilib, yaratgan zotga ibodat qilmay, toshlarga ibodat qilasizlar Ey qavmim Bu toshlarni sizlar kechagina yasagan bo`lsangiz va bugun давоми...

3321 15:00 / 09.01.2021
Аудиолар

214312 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

133512 14:35 / 11.08.2021