1447 йил 20 жумадис сони | 2025 йил 11 декабрь, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sirning oshkor bo‘lishi

15:00 / 19.06.2019 2969 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

22 

Lekin Ya’qub inson edi, uning ko‘ksidagi tosh bo‘lagi emas balki inson yuragi edi.

Unda zarracha (bag‘ri) toshlik yo‘q edi.

U Yusufni eslab, yarasi (mahzunligi) yangilandi: «Oh, Yusuf!!!» dedi.

Shunda o‘g‘illari uni malomat qilib: «Halok bo‘lguningizcha Yusufni zikr qilaverar ekansiz-da?!» deyishdi.

Ya’qub: «Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning O‘ziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilaman», dedi.

Ya’qub umidsizlik kufr ekanini bilar edi. Ya’qubning Allohdan umidi katta edi.

Ya’qub bolalarini Yusuf va Binyaminni izlash uchun yuborib, bunda qattiq harakat qilishga chaqirdi. Va ularni Allohning rahmatidan noumid bo‘lishdan qaytardi.

Akalar uchinchi marta Misrga keldilar. Ular Yusufning huzuriga kelib,

kambag‘alliklaridan shikoyat qilib, rahm qilishni so‘radilar.

Shu yerda Yusufning mahzunligi va muhabbati g‘alayonga kelib, o‘zini tiyib ololmadi. Va: «Otamning bolalari, payg‘ambarning bolalari kambag‘allik va musiybatlarini podshohlardan bir podshohga shikoyat qilmoqdalarmi?

Ular haqidagi ish qachongacha maxfiy qoladi?

Ularning ahvolini qachongacha ko‘rib turaman?

Qachongacha otamni ko‘rmayman?

Yusuf o‘zini tiyib tura olmasdan, ularga: «Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni bilasizlarmi?» dedi.

Akalar bu sirni ularning o‘zlari va Yusufdan boshqa hech kim xabardor emasligini bilardilar. Shunda uning Yusuf ekanini bildilar.

Subhanalloh! Yusuf tirikmi? U quduqda o‘lmaganmi?

Yo tavba! Yusuf Misr hokimimi?

U o‘sha yerdagi xazinalarning ustidagi odammi?

U o‘sha bizga yegulik buyurgan odammi?

Ularda albatta bu gapirayotgan Yusuf ibn Ya’qub ekani xususida hech shubha qolmadi!

«Ular: «E-e, hali sen Yusufmisan?!» dedilar. U: «Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat ko‘rsatdi. Haqiqatda kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, go‘zal ish qiluvchilarning ajrini zoe qilmagay», dedi. Ular: «Allohga qasamki, haqiqatda Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa, xatokorlardan bo‘ldik», dedilar».

Yusuf ularning ishlarini malomat qilmadi. Balki: «Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U rahm qilguvchilarning rahmlirog‘idir», dedi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandQo`shniga duch kelganda salom berib, holahvol so`rashish, xasta bo`lsa, ziyoratida bo`lish zarur.Qo`shnini ziyorat etish uchun ruxsat olish, iznsiz uyiga kirmaslik lozim. qo`shnini xafa qiluvchi ishlardan saqlanish kerak.Qo`shni biror narsa so`rasa berish, ishi tushsa bitirishga astoydil давоми...

31633 15:10 / 20.01.2019
14Nuh alayhissalom qavmini, iymon keltirib, Allohga ibodat qilishlari va butlarni tark qilishlari uchun ko`p harakat qildi. Lekin qavmidan baaposzilaridan boshqa hech kim Nuh alayhissalomga iymon keltirmadi. Unga baaposzi bir qo`l mehnati bilan mashg`ul bo`lgan, halol luqma yeydiganlardan boshqa давоми...

3466 11:08 / 08.12.2019
Isroil farzandlari o`jar tabiatli bolaga o`xshardilar. Ular buyurilgan ishning teskarisini qilishni va masxaralashni yaxshi ko`rishardi. Bu qavm o`zlariga aytilgan narsani albatta almashtirish kerak, deb turardi. Xuddi o`jar bolalar kabi Agar siz ularga .Tur,, desangiz o`tirib olishadi. .O`tir,, давоми...

2154 15:43 / 31.10.2022
Muso kelishilgan muddatni o`tab bo`lgach, ahli oilasi bilan Misr tomon yo`lga tushdi. Qizning otasi bilan xayrxo`shlashdilar. Chol ularni kuzatib Allohning barakoti ey bolam Safaringiz bexatar bo`lsin ey qizimQopqorong`u, sovuq bir kechada Muso ahli oilasi bilan yo`lga chiqdi. Sahroda milt etgan давоми...

2872 16:16 / 12.12.2021
Аудиолар

212617 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

131836 14:35 / 11.08.2021