1447 йил 25 шаъбон | 2026 йил 13 февраль, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Qamoqdagi mav’iza

15:00 / 20.04.2019 3924 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Yusuf qamoqqa kirganda, qamoq ahli Yusufning oliyjanob yigit ekanini bildi. Haqiqatda Yusufda ulkan ilm bor edi.

Haqiqatda Yusufning ko‘ksida rahmdil yurak bor edi. Qamoq ahli Yusufni yaxshi ko‘rib qolib, uni hurmat qildilar.

Odamlar Yusufdan xursand bo‘lib, uni hurmatladilar. U bilan birga qamoqqa ikki kishi kirgan edi. Ikkovi tushini hikoya qilib berdi.

“Ulardan biri: “Men tushimda sharob tayyorlab yuribman”, dedi.

Boshqasi esa: “Men boshimda non ko‘tarib yuribman, qush undan yemoqda”, dedi. 

U ikkovi Yusufdan bu tushlarning ta’birini so‘radi. Yusuf tush ta’birlarini bilar edi. Yusuf payg‘ambarlardan biri edi. Uning davrida insonlar Allohdan boshqaga ibodat qilardilar. Ular o‘z ichlaridan ko‘plab xudolarni to‘qib olgandilar.

“Bu quruqlik xudosi, bu dengiz xudosi, bu rizq xudosi, bu yomg‘ir xudosi”, der edilar.

Yusuf bularning barchasini ko‘rib, kular edi.

Yusuf bularning barchasini o‘ylab,  yig‘lar edi.

Yusuf ularni Allohga da’vat qilishni xohlardi. Alloh bu narsa qamoq ichida bo‘lishini xohladi.

Qamoq ahli va’z qilinishga haqli emasi?

Qamoq ahli rahm qilinishga haqli emasmi?

Qamoq ahli Allohning bandalari emasmi?

Qamoq ahli ham odam bolalari emasmi?

Yusuf qamoqda bo‘lsa ham, lekin hur va jur’atli edi.

Yusuf kambag‘al bo‘lsa ham, lekin qo‘li ochiq va saxiy edi.

Albatta, payg‘ambarlar hamma joyda haqni baralla aytadilar.

Albatta, payg‘ambarlar hamma vaqt yaxshilik va ezgulikda bo‘ladilar.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Odning yebichish, bekorchilik va o`yinkulgudan boshqa ishlari yo`q edi. Birbirlariga, baland qasrlar va keng uylarni qurishda maqtanishar edi. Ularning mollari suvda, loyda va toshlarda zoe bo`lib ketar edi. Biror bo`sh joy yoki baland yerni ko`rsalar, u yerga baland qasr qurardilar. Uylarni, xuddi давоми...

2790 15:00 / 26.12.2020
Aqlli bolalar ko`chaga chiqishdan oldin oila a`zolariga bu haqda xabar berib, ularga yaxshi tilaklar bildiradi va duolarini so`raydi. Otaonasidan alohida duo oladi.Bunday qilish bolalarning odobli ekaniga ishoradir. Otaonasidan, boboyu buvisidan, yaqinlardan duo olib, ko`chaga chiqqan bolaning давоми...

6980 13:00 / 09.02.2019
Bani Isroilga nisbatan Fir`avnning adovatini ko`rgan xalq ham Isroil farzandlariga zulmzo`ravonlik qilishda Fir`avnga yaqinlashdilar. Hatto yosh bolalar Isroil farzandlarini so`kar, mahalla itlari esa oldiga solib quvlar edi. Har kuni yangi bir balo, har kuni tashvishli bir xabar Bani Isroil давоми...

3559 14:00 / 27.06.2022
Uzoq yillar misrliklar o`z ahdlarida turib, Kanaposondan kelganlarning fazlini hamisha yodda saqlar edilar. Kanaposonliklar .Bani Isroil, ndash molmulk va sharaf egalari deyilar edi. Lekin, vaqt o`tishi bilan odamlar ham astasekin o`zgardi. Xulqlar yomonlashdi, kishilar Allohga daaposvat va давоми...

8479 14:00 / 11.07.2021
Аудиолар

230241 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148817 14:35 / 11.08.2021