1447 йил 25 шаъбон | 2026 йил 13 февраль, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sabrning ahamiyati

12:45 / 16.02.2019 6295 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Uch narsada sabr etgan kishi yuksak darajalarga yetadi:

1. Nafsining istaklariga sabrli bo‘lganning jannatda har nafasiga Alloh uch yuz daraja beradi.

2. Kim ibodat iztiroblariga sabr etsa, Alloh taolo o‘sha kishining sabri uchun olti yuz daraja ehson etadi.

3. Falokat qarshisida sabr etganga Alloh yetti yuz daraja ehson aylaydi!»

Muso alayhissalom Alloh taologa shunday dedilar:

«Allohim! Bandangga bir falokat yoki achchiq bir xabar kelsa, o‘sha quling: «Inna lillaha va inna ilayhi rojiun», deya sabr ko‘rsatsa, buning uchun unga nima ehson etasan?»

Alloh marhamat etdi:

«Ey, Muso! Men o‘sha qo‘limning har nafasiga qiyinchiligi ketguncha uch yuz daraja beraman.

O’sha falokatning ustiga yana bir falokat kelsa, qulim yana sabr qilsa, yana shunday darajalarni ato etaman!»

Ey, farzand!

Falokat, balo va musibatlarga sabr etish kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

«Alloh taolo bir kishining molu joniga, farzandiga bir falokat bersa, o‘sha kishi bundan shikoyatchi bo‘lmay, Alloh taologa shukr etishda davom qilsa va ahvolidan birovga shikoyatda bo‘lmasa, Men o‘sha qulimni mahshargohda azoblashdan hayo qilaman!»

Kishi o‘zi uchun nima xayrli ekanini bilolmaydigan holga tushishi, hayot va o‘lim orasida qolib, birini tanlashi kerak bo’lganida shunday deyishi lozim:

«Allohim! Men uchun yashamoq xayrli bo‘lsa, sog‘lik va ofiyat ber. O’lmoq xayrli bo‘lsa jonimni ol. Mening har qanday holimni eng yaxshi bilguvchi o‘zingsan!»

Yashab, yurib turganda o‘limni orzu qilish to‘g‘ri emas. Hamda Allohdan har doim xayr-yaxshilik so‘rashi lozim.

O’limdan qochib qutilish mumkin emas. O’lmaslik uchun chiranish yoki o‘limni yoqimsiz ko‘rsatish foyda emas, zararlidir.

Janoza xizmatida bo‘lib, dafn paytida qabrga Alloh rizosi uchun loaqal bir kurak tuproq tashlash kerak. Bir valiy zot shunday rivoyat qiladi:

«Bir kishi avvalroq o‘lgan bir kishini tushida ko‘rdi. Ahvolini so‘radi. Marhum shunday dedi:

«Mezon (tarozu)da savobimni tortdilar, juda yengil keldi. Shunda bir kishi kelib, savob pallamga bir kosa qo‘ydi, savob tarafi og‘irlashdi. Shundan so‘ng Alloh taolo gunohlarimni afv etdi.

Men o‘sha kosa nimaligini u yerdagi farishtalardan so‘radim. Farishtalar shunday javob berdilar:

«Sen bir kun bir qabrga bir kurak tuproq tashlading, о’sha xizmatingni Alloh huzurida qabul qildi. Otgan bir kurak tuproq savobi tarozining savob pallasiga qo‘yildi va savob tarafi og‘ir kelishini ta’minladi».

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Assalomu alaykum, azizlar. Men sizga ozimni tanishtirishdan oldin bazi bir narsalarni aytib bermoqchi edim. Allohning haq rasuli Muhammad alayhissalom Madinaga hijrat qilganlaridan keyin bu yerda bir masjid qurdirdilar. Masjidning uzunligi yuz gaz, eni qirq gaz edi. Bu muborak binoning tomini давоми...

2373 16:35 / 11.01.2024
Assalomu alaykum, azizlar Men odamzotning ajralmas dosti ndash Olov bolaman. Ha, qiyomatgacha inson bilan birgabirga yashash mening taqdirimga yozilgan. Odamzot ovqat pishirmoqchi bolsa otga aylanaman. Tunlarni yoritmoqchi bolsa, chiroqqa aylanaman. Sovqotib qolsa, isitib qoyaman. Bu dostlik давоми...

5837 16:30 / 21.01.2023
Muso kelishilgan muddatni o`tab bo`lgach, ahli oilasi bilan Misr tomon yo`lga tushdi. Qizning otasi bilan xayrxo`shlashdilar. Chol ularni kuzatib Allohning barakoti ey bolam Safaringiz bexatar bo`lsin ey qizimQopqorong`u, sovuq bir kechada Muso ahli oilasi bilan yo`lga chiqdi. Sahroda milt etgan давоми...

3008 16:16 / 12.12.2021
Ey, farzandBoylikka havas qalbni qattiqlashtiradi.Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Sabrli faqir, din jihatidan boydir. Qirq kun ilmiga amal etguvchi olimlar majlisida davomli qatnashgan kishining qalbi nurlanadi. Chunki ilm ndash qalb jilosidir,.Alloh bir kishiga давоми...

3999 11:39 / 02.01.2019
Аудиолар

230211 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

148789 14:35 / 11.08.2021