1445 йил 16 шаввол | 2024 йил 25 апрель, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
islom.uz-1430

Излаб... (Тўхтаев Дилшод Раҳим ўғли)

21:47 / 19.04.2017 6577 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Balki mendadur aybning hammasi,
Axtarish shart emas yiroqlardan hech.
Kezgim kelib yolg’iz bog’larni bugun,
Uzoq o’yga tolgim, tark etgim kelar.

Bulbul sayroqilar, olamni lahzaga solib,
Allohim kechirgin bu xonishlarim.
Men ham bulbuldek shu bog’ ichra bugun,
Nechun xonish qilolmay, o’taman tilsiz.

Atrofimda o’t-o’lan o’sishin zimdan kuzatib,
Quyoshning botishin va tongda otishin ko’rib.
Bu holni tafakkur etolmay, zikir etolmay,
Chumoli singgari Alloh naznida yurgim keladi.

So’ngi soatlarim oxirlab qolar har kuni,
Soniya ketidan daqiqa kelib, lahzaga solib.
O’shal manzil tomon yaqinroq borib,
Bur umir afsuslar qilgim keladi...

Vatan!

Sarson sarhadlarda qoldimku bugun,
Chorasiz qolgan kema singari.
Tonglaring qadrini his etib bugun,
Vatanim , Sajdagohim senga talpinib.

Hadislarni mutoala ayladim mudom,
Lek shuni angladim, Vatan muqaddas.
Har qarichin sev derlar, zarrasinchi, ayt?!
Axir aziz ko’rmayunmi sahrolaringni?!

Yo’lboshchi sarkarda bo’lib har nafas,
Bobolar jang qilda kim deya mudom?!
Javob axtaraymu, o’zimda yo yiroq!
Qo’ygan qadamim senmasmu Vatan?!

Kelajak avlodning ruhi tetikdur,
Olg’a saflarda bosmoqda qadam.
Qadim ajdodlarga davomchi bo’lib,
Vatan tuyg’usi ili o’smoqda hamon.

Hikmat1!

Gar insonsan, odamiylik his etgil,
Gar insonsan, hotamtoylik kasb etgil.
Gar insonsan, iymoningni qilib e’zoz,
Muhabbatla hayotingni nurafshon et.

Har nafasda, yaxshilikla safar etgil,
Har nafasda, ota-onang duosin ulug’ etgil,
Har nafasda, sevar yoring ko’rib guldek,
Muhabbatla hayotingni nurafshon et.

Tabasumla, tongda ko’zing ochar bo’lgin,
Tabasumla, yor do’stlarga quchog’ ochgil.
Tabasumla, hayotingni ko’rib nurdek,
Muhabbatla hayotingni nurafshon et.

Ilm izlab ketar bo’lsang dunyo-jahon,
Olimlardek olamni etib doim ziyo-da.
Haqning haqiqatin o’qib har vaqt,
Dunyo ilmin kelajakga etar bo’lgin.

Insonsan insonlikni qadr etgil,
Bandasan yaratganga shukr etgil.
Yurting sevib, har qarichin obod etib,
Yomonlikni g’anim bilib, Yaxshilikla sayr etgil!

Hikmat2!!!

Ey notovon yaralgan inson,
Garchi odamsan nokasu beburt.
Yuraging g’amga botganku butkul,
Axir bandasanmi, iblismi yoxud.

Ne uchun yomonlikni qilib qadrdon,
O’zgalar umrini qilib sar hisob.
Qadamin damba –dam ko’zlab yuribsan,
G’arib, Yaratgandan qo’rqmadingmu, ayt?!

Oh, bu dunyo qanchalar razil,
Men vayrondurman qahru g’azabdan.
O”zligimni tanimoq qiyin bunchalar,
Lazzatlanish dardida ado bo’libman.

Ammo, ne qilay sarsonman hamon,
Badbxtlar domida qolganman butkul.
Nola tortayin har vaqt, har qachon,
Najot bo’lmasa iyminimdan hech.

Yig’layin tunu-kun mayliga,
Mayliga o’layin Alloh yo’lida.
Erta mashharda ne bo’lgay gumon,
Azobmi yo rohat, Rahmonga ayon!


Ishq

Navoiy ham g’azal birlan yig’lamish,
Ko’ksinda armonlarin tark aylamish.
O’zni yod tutdi mudom, har safar,
Dil istagin bajo etmay, fig’on bog’lamish.

Yassaviy ne der edi, ul so’zinda,
Bandasan qilg’il yomonliqni tark.
O’tkinchiyu foniydir bu dunyo,
Xok erding bo’larsan albat yana gil.

Mashrabni der erdilar telba oshiq,
Unda yashar jismi, joni yo’q edi.
Ishqi visolni der edi,o’rtab qalbin,
So’ngi so’zin ham qildi u ishq aro.

Haq ishqi deya o’tdilar birma bir,
Basri-yu, Robiyalar singari.
Muhammadga asl ummatu vafodor,
To qiyomat ahliga ibrat bo’ldilar.

Ey Abdulloh dilni pokla, haq ila,
Dilshod etmoqlikka bolib olamni.
Esla, so’zing ne edi, bilg’il mudom,
So’ng so’zing ham bo’lmog’idir shu.

Yodda tuting!

Aldamchi dunyoda aldandim bugun,
Beshafqat hayotda qoqildim hardam.
Qalbga quloq solmadim hech vaqt,
Gunohlarim ketidan quvibman har on.

********************************

Tangrim bergan umr o'tib bormoqda,
Keraksiz-noma'qul ish bilan har kun.
Behuda ishlarga sarf bo'lib bir-bir,
Hayot sarlavhasi yopildi butkul.

Ohirlagan umrim ayanchli edi,
Ajal farishtasi hamrohim bo'ldi.
Kalimam dildamas, tilimda edi,
Jon chiqar paytida muzlab qolibdi.

O'lim farishtasi ruhimni oldi,
Birma-bir dahshatli savollar berdi.
"Nega osiy eding foniy dunyoda?
Allohning amrini unitding anda!"

Savol-javob, og'irdir do'stlar,
Oxirat azobi undanda yomon.
Qizigan jahannam o'ti dahshatdir,
Azobin his etib turibman hardam.

Ko'zimiz vaqtida ochaylik do'stlar,
Qadrdon akajon, uka-singillar.
Har vaqtingiz g’animat, yodda tutingiz,
Umringiz so'ngida afsus qilmangiz!

Najot bergil!

Alloh kechir, avf etgil,
Istig'forim, tavbalarim qabul etgin.
Chiroyli bir sabr-toqat ato etgil,
Iymon bergil, insof bergil.

Shayton vas-vasasi, aldovidan,
Xirs-u, navsdan najot bergil.
Ko'nglimga bir poklik bergin,
Iymon bergil, insof bergil.

Munofiq-u, mushriklardan nari qil,
Bid'at, gumon, shubhalardan xalos qil.
Muslim-u, muslimaatga hamroh qilgin,
Iymon bergil, insof bergil.

Alloh rizosi uchun!!!

Bir bandaman gunohkor xolos,
Hayotimda savobim bir oz .
Bir telbaman ishqga mubtalo,
Alloh deya har vaqt, har qachon.

Muhammadga ummat bo'ldimmi?
Yo shaytonga sherikmu yoxud?
To'g'ri yo'lni qay vaqt tanladim?
Alloh deya har vaqt, har qachon.

Dunyo ishlarini qo'yaman ustun ,
Iymonimni yenganman butkul.
Osiylikni tan olib shu kun,
Alloh deya har vaqt, har qachon.

Namoz vaqti kelgan bir paytda,
Ishim ko'p deb qilamiz rukuj.
Qalb muzlaganini tushundim bugun,
Alloh deya har vaqt, har qachon.


Muallif: Abdulloh ibn Rahm al Buhoriy.

(To’xtaev Dilshod Rahim o’g’li)

Муаллиф
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Бисмиллаҳир Роҳманир РоҳимЗамонавий фандаги Қуръон ҳақиқатлариДин билан дунёни, дунё билан динни ўрганамиз.И.А.Каримов.Алҳамдулиллаҳ. Вас солату вас соламу ъала давоми...

12219 22:41 / 19.04.2017
Бисмиллаҳир Романир РоҳиймСутнинг хосил бўлишиЧорва ҳайвонларида ҳам сиз учун, албатта, ибрат бордир. Биз сизларни уларнинг қорнидан, гўнг ва қон орасидан давоми...

18079 22:42 / 19.04.2017
СИНОВЛИ ДУНЁГўдакларга эътибор бергансиз. Беғубор кўзлари билан атрофни кузатади, аммо гапира олмайди. Уларнинг ички дунёсига кира олмаймиз, чунки, ҳеч қайсимиз давоми...

3367 21:42 / 19.04.2017