1445 йил 10 шаввол | 2024 йил 19 апрель, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sadaqa berishning fazilati

13:01 / 31.12.2018 20058 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

 Ey, farzand!

Faqir va muhtojlarga yordam bergan, taomlantirgan kishini Alloh jannat ne’matlari bilan siylaydi. Ming gunohini o’chirib, ming savob yozadi. Muhtojlarga har jihatdan madad-yordam berish zarur. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘larga, qo‘ni-qo‘shnilar, do‘stu birodarlarga xasislik qilmaslik kerak. Bularga sarflangan narsa sadaqa o‘rniga o‘tadi.

Abu Umoma roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadislarida shunday deyiladi:

«Bir kishining oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga ko‘rsatadigan ikromi ikromlarning eng go‘zalidir. Bularga nisbatan xasislik qilmaslik kerak».

Ey, farzand!

To‘rt xislat kishining yaxshilik egasi ekanini va yaxshiligini bildiradi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

1. Mo‘l-ko‘l (boy va kambag‘al) zamonlarda zakot va taqchil paytlarda sadaqa bermoq.

2. G’azablangan holda jahlini yutmoq.

3. Bir kishida ko‘rgan kamchilikni atrofga yoymasdan berkitmoq.

4. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga, atrofidagilarga nisbatan jo‘mard, saxovatli muomalada bo‘lmoq.

Shunday xislatlarga ega bo‘lgan zot yaxshi insondir. Bu xislatlar kishini yaxshi inson sifatida namoyon etadi.

Chanqagan kishiga suv ichirmoq ikromlarning eng savoblisidir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Chanqagan bir kishiga suv ikrom etganning amal daftariga yetmish yillik ibodat savobi yoziladi.

Bu ikromni suv tanqis joyda qilganga hazrati Ismoil alayhissalom (bunga Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallam ahli bayti ham doxil) avlodlaridan bir kishini kofir qo‘lidan qutqarganning savobi beriladi».

Ey, farzand!

Xayr va hasanotni mo‘l qilmoq, saxiy bo‘lmoq lozim. Alloh xayr qilguvchi, saxiy qullarini sevadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Har doim xayr qilib, xayrli ishlar bilan mashg‘ul va yomon ishlardan uzoq bo‘lgan qulini Alloh sevadi».

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir dona xurmo bilan bo‘lsa ham faqirga ikrom etganga o‘sha xurmo donasi besh narsani mujdalaydi:

1. Men bir dona edim, meni ko‘paytirding.

2. Kichik narsa edim, ulg‘aytirding.

3. Men dushman edim, sen do‘st aylading.

4. Men yeyilib yo‘q qilinardim, meni abadiylashtirding.

5. Hozirgacha sen meni saqlashga harakat etarding, bundan buyon men seni saqlanishingni tilayman».

Ey, farzand!

O’rniga xarjlangan mol kamaymaydi. Shubhasiz ortadi. Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qilgan:

«Uch xususda hech shubha qilmasdan qasamyod etaman:

1. Sadaqa berish va xayrga sarf etish bilan mol kamaymaydi. Balki ortadi, ko‘payadi.

2. Bir kishiga yomonlik qilinsa, yomonlik ko‘rgan uni kechirsa, Alloh qiyomat kunida o‘sha kechirgan qulini mahshar xalqi havas qiladigan bir kishiga aylantiradi.

3. Tilanmoqqa odatlangan faqirlikdan qutilmaydi.

Ey, farzand!

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytgan rivoyatga ko‘ra, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Alloh rizosi uchun qilingan bir yaxshilikka ming savob bilan javob beriladi».

Abu Hurayra roziyallohu anhu deydilarki:

«Buni eshitgan bir zot mendan shu xabar to‘g‘rimi, yo‘qmi deb so‘radi. Men unga shunday javob berdim: Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitdim. Shunday dedilar:

«Kim Alloh uchun qarz bersa, Alloh unga ikki ming savob ehson etadi. Birovga qarz beruvchi yaxshilik bilan bersin, hamda yaxshilik bilan olsin».

Chunki yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sizlar bir-biringiz bilan qarz oldi-berdi qilgan paytingizda bu ishni yaxshilik bilan ado etingiz. Agar boy bo‘lib, faqirda bergan qarzingizni kechib yuborsangiz, mahshargohda arshning soyasida bo‘lasiz. Jannat ham sizni oshiq bo‘lib kutadi!»

"Ey, farzand!" kitobidan

Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandNamozning ruku, sajda va boshqa ruknlarini amr etilganidek, o`z joylariga qo`yib o`qimoq kerak. Saodat asrida Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir namozxonning ruku, sajdalarga e`tiborsizligini ko`rdilar va marhamat etdilar.Bu kishi namozlarida shunday davom etsalar, .yarim, давоми...

5720 18:03 / 15.11.2018
Alloh taolo Musoga qavmining Somiriy sehri bilan fitnalanganini malum qildi.Muso goyat xafa bolib, gazablanib qaytdi. U Alloh uchun qavmiga va ogasi Horunga gazab qildi. .Muso qaytib kelgach dedi .Ey Horun, sen ularning yoldan ozganlarini korgan paytingda mening ortimdan borishingdan va menga bu давоми...

993 11:00 / 09.03.2023
Od qavmining kuchi, o`zlariga va insonlarga zararli bo`lib qoldi. Chunki ular, Allohga va oxirat kuniga ishonib, iymon keltirmadilar. Ularni nima zulmdan va dushmanchilikdan man qiladi Nima uchun insonlarga zulm qilmasinlarki, ular o`zlaridan yuqorida hech kimni kuchli deb ko`rmaydilar. Hisob давоми...

2243 15:00 / 19.12.2020
Lekin Samud qavmi haddan oshdi, kibrga ketdi. Ular .Nega endi mollarimiz har kuni sug`orilmas ekan, deb tuyaga qo`pol munosabatda bo`la boshladilar. Solih alayhissalom Alloh taolo mo`jizasi bo`lmish tuyaga nisbatan yumshoq muomalada bo`lishni eslatsalarda, qavm sira quloq solmasdi. Kim shu tuyani давоми...

2704 15:40 / 06.06.2021
Аудиолар

120083 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

41749 14:35 / 11.08.2021