1445 йил 2 зулқаъда | 2024 йил 10 май, жума
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Рамазон

Masjidimizda Ramazon shukuhi

20:11 / 30.03.2023 1073 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qurʼon tadabburi uchun qulay imkoniyatdan foydalaning!

Azizlar, barchangizni kirib kelgan Ramazoni sharif oyi bilan yana bir bor muborakbod etamiz.

Har yilgidek, bu yil ham Ramazon oyi o‘zgacha shukuh bilan kirib keldi. Barchamiz uchun sabr-qanoat, xayr-saxovat mavsumi, Kalomulloh tilovati, xatmi Qurʼonlar mavsumi, gunohlardan poklanib, behisob ajru savoblarga erishish, jahannam azobidan najot topish mavsumi boshlandi.

Yurtimizdagi minglab masjidlar qatori, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jomeʼ masjidida ham taroveh namozlari o‘qilmoqda. Har yilgidek, bu yil ham taroveh namozlari barcha ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn efirga uzatilmoqda. Ammo fazilatli shayx hazratlarining anʼanasiga sodiq qolib, masjidimiz ahli siz azizlar uchun bu borada o‘ziga xos yangilikni Ramazon tuhfasi o‘laroq taqdim etmoqdalar.

Gap shundaki, bu yildan boshlab taroveh namozlaridagi xatmlar paytida efirda ayni paytda o‘qilayotgan Qurʼoni Karim oyatlari hamda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub maʼno tarjimalari ham uzatilmoqda.

Shu munosabat bilan barcha qalbi Qurʼonga oshno azizlarimizni Qurʼon tadabburiga chorlaymiz. Xususan, masjidga kela olmaydigan nuroniylarimizni, imkoniyati cheklangan matonat ahlini, Ramazon kunlarida ikki hissa ajru savobga ega bo‘layotgan uy bekalari va barcha opa-singillarimiz xatmi Qurʼonga someʼ bo‘lish bilan birga, oyati karimalarni musʼhaf yozuvida o‘qib, ularning maʼnolarini ham tadabbur qilishga taklif etamiz.

Alloh taolo barchamizga ushbu Ramazon oyini iymon, ixlos, taqvo va maʼrifat oyi qilsin!

Xatmi Qurʼonga, Qurʼon tadabburiga marhamat, azizlar!

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Рамазон ойининг фазилатларидан бири ndash унда ижобат бўлувчи дуо бордир. Бу ҳақда имом Аҳмад Жобир розияллоҳу анҳудан яхши санад билан ривоят қиладилар.Набий давоми...

1805 11:02 / 21 март
Ибн Аббос розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади.Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам одамларнинг энг сахийи эдилар. У зотнинг энг сахийликлари Рамазонда ndash давоми...

2164 17:00 / 05.04.2022
Меҳмондўстлик ndash Исломнинг гўзал кўрсатмаларидан бири. Ислом арконларига амал қилган мусулмонлар, энг меҳмондўст халқлардан ҳисобланишлари бежизга эмас. давоми...

3398 13:49 / 13.06.2018
Рамазон ойидаги рўза сабабли ҳиндистонлик Рахул исмли йигит Исломни қабул қилди. Рахулнинг қиссаси қандай Қандай қилиб у Исломга кирди Рамазон ойи ва ундан кейин давоми...

5395 14:18 / 17.05.2018