1445 йил 26 шаввол | 2024 йил 05 май, якшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Buzoqqa sigʻinish

19:00 / 10.12.2022 1283 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda koʻp narsaga sigʻinishlarini Bani Isroil oʻz koʻzlari bilan koʻrardilar. Shu bois Isroil farzandlari asta-sekin shirkdan nafratlanmay qoʻydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk muhabbati uy qura boshladi. Ozgina fursat topilishi bilanoq misli pastlikka yugurayotgan suvdek shirkka qarab chopishardi. Qalblar buzilgan, xohish-istaklar notoʻgʻri yoʻnalishga burilgan edi. Haq yoʻlni koʻra-bila turib tashlab ketardilar. Zalolatga mudom quchoq ochardilar. Bani Isroil Firʼavn taʼqibidan qochib Qizil dengizdan oʻtib ketdi.

«Soʻng ular butlarga sigʻinib turgan bir qavm oldidan oʻtdilar va: «Ey Muso, bizlarga ham ularning ilohlari kabi xudo qilib (yasab) ber», dedilar».

Ularning bu nooʻrin tilaklaridan Musoning jahli chiqdi.

- «Albatta sizlar bilmaydigan қавмдирсизлар!».

Vo ajab! Bu ne zulm?! Axir Alloh hali dunyoda hech kimga bermagan neʼmatlarini sizlarga bermadi-mi?

Axir Alloh taolo ularni butun olamlardan afzal qilib qoʻymadimi?!

Muso dedi:

- «Men, sizlarni butun olamlardan afzal qilib qoʻygan Allohdan oʻzgani (yaʼni jonsiz butni) sizlarga xudo qilib beramanmi?».

Muso Parvardigori bilan soʻzlashmoq uchun Tur togʻiga qarab ketdi. Bani Isroil Muso ketganidan soʻng shaytonning ovi va shirkning oʻljasiga aylandi.

Ularning orasida Somiriy degan bir badbaxt kimsa ham yashardi.

«Soʻng (Somiriy oʻsha zeb-ziynatlarni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozi bor haykal-buzoq (yasab) chiqarib berdi. Soʻng (Somiriy va uning sheriklari): «Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, (Muso) unutib, (uni boshqa yerdan izlagani ketibdi»), dedilar».

Bani Isroil qavmi mana shu buzoq bilan fitnalandi.

Ular koʻr va karlarcha buzoqqa sigʻina boshladilar. «Axir uning oʻzlariga biron soʻz qaytara olmayotganini va biron ziyon ham, foyda ham yetkazishga qodir emasligini koʻrmaydilarmi?!

Axir ular oʻsha (buzoq) oʻzlariga soʻzlay olmasligini va hidoyat ham qila olmasligini bilmadilarmi?!

Holbuki (buzoqqa sigʻinishlaridan) ilgari Horun ularni qattiq maʼn qilib:

- «Ey qavmim, sizlar bu bilan faqat imtihon qilindinglar xolos, (bas, u buzoqqa sigʻinmanglar!) Shak-shubha yoʻqki, sizlarning. Parvardigoringiz yolgʻiz Rahmon marhamatli Allohdir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!»- degandi».

Lekin Somiriyning sehri bilan aldanib, qalbi buzoq muhabbatiga yoʻgʻrilgan Bani Isroil bu zalolatidan qaytmadi.

«Ular: «To bizlarga Muso qaytmagunicha, unga (shu butga) ibodat qilib–sigʻinishdan hargiz ajralmaymiz», degan edilar».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Lekin uzoq davom etgan qullik Bani Isroilga o`z ta`sirini o`tkazgan, ularning xulqatvori va hayotdan zavq olish hissini buzgan edi.Bani Isroil bola tabiatli bo`lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi. Shukri kam, nolishi ko`p, давоми...

983 16:13 / 24.10.2022
Ey, farzandQabristonda kulish harom. U yerda kulganga Alloh uhud tog`i og`irligicha gunoh yozadi. Qabristonda gunohlarini eslab, ichkinichkin yig`lagan kulibkulib jannatga kiradi. Qabristondan ibrat olib, marhumlar holiga achingan kishi jahannamdan qutiladi.Ey, farzandO`tgan kunlar o`tmishda давоми...

8252 11:10 / 20.02.2019
Solih tuyaning so`yib, o`ldirilganini bilgach, afsuslandi va juda xafa bo`ldi. Insonlarga qarata .Diyoringizda uch kun bahramand bo`lib turing. Bu yolg`on bo`lmagan vaaposdadir, Hud surasi, 65oyat dedi.Mana shu yurtda yer yuzida fitnafasod qo`zg`ab yuradigan to`qqizta buzg`unchi kimsa ham yashardi. давоми...

2119 14:53 / 12.06.2021
Hud qavmiga nasihat qilib, ularni hikmat va muloyimlik bilan daaposvat qilishda davom etdi.Hud .Ey qavm Men sizlarni akangiz va kechagi do`stingizman. Meni tanimayapsizlarmi Ey birodarlarim Nimaga mendan qo`rqib, qochib, uzoqlashyapsizlar Men sizlarni molingizdan biror narsa nuqsonga давоми...

1791 15:00 / 23.01.2021
Аудиолар

120868 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42439 14:35 / 11.08.2021