1445 йил 23 шаввол | 2024 йил 02 май, пайшанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Fir'avn huzurida

15:00 / 26.12.2021 2766 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Muso va Horun Fir'avn oldiga keldilar. Saroy a'yonlari davrasida turib, uni haqqa da'vat qildilar. Muso alayhissalomning bu jur'atini ko‘rib Fir'avn g‘oyat

darg‘azab bo‘ldi va oliy va kibr holida:

- Ey yigitcha! Sen kim bo‘libsanki, mening majlisimda turib menga aql o‘rgatasan?! Sen daryodan tutib olganimiz o‘sha go‘dak emasmisan?!

U (Fir'avn): «Biz seni go‘dakligingdan o‘z ichimizda tarbiya qilmadikmi?! Umringning bir necha yilini bizning ichimizda o‘tkazmadingmi?! Va nonko‘rlardan bo‘lib, qiladigan ishingni qilib qo‘ymadingmi?!» dedi.

Muso g‘azablanmadi. Muso yolg‘on gapirmadi. Muso tonmadi. Muso uzr-bahonalar keltirmadi. Muso qo‘rqmasdan, yashirmasdan, viqorli turib dedi:

U (Muso): «O‘sha ishni qilgan bo‘lsam, bilmasdan qilganman. Bas, sizlardan xavfsirab qochib ketdim. Keyin Alloh menga hikmat berdi va meni Payg‘ambarlardan qildi. Muso alayhissalom so‘zlarini davom ettirdilar:

- Ey Fir'avn! Sen meni boqib olganingni minnat qilyapsan. Lekin, bir o‘ylab ko‘rgin; Men sening qo‘lingga tarbiyalashing uchun qanday tushib qoldim?!

- Agar sen go‘daklarni qatliom qilishga buyurmaganingda onam meni Nilga oqizmasdi va men sening qo‘lingga tushmasdim.

- Sening shunchalik zulmlaring, zo‘ravonliklaring oldida nahot mana shu kichkina marhamating eslashga arzisa?!

- Sen qavmimni eshak va hayvon qatorida ko‘rding.

- Ularni itdek haydading, xorlading! Dahshatli azoblarga solding. Endi mana shu qavmdan bir bolani boqib olgan bo‘lsang nima bo‘pti?!

- Yana tag‘in sen bu ishni o‘zing bilmagan holda qilgansan.

«O‘sha menga qilayotgan minnating Bani Isroilni qul qilib olganingdandir», dedi».

 

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Solih, qavmi oldida turib, ovozi boricha .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 62oyat dedi. Boylar yebichish va befoyda, o`yinkulguda edi. Butlarga ibodat qilib, ulardan boshqani iloh deb bilmasdilar. Solihning daaposvati ularni ajablantirmadi.Samud давоми...

2381 16:00 / 03.04.2021
Muso kelishilgan muddatni o`tab bo`lgach, ahli oilasi bilan Misr tomon yo`lga tushdi. Qizning otasi bilan xayrxo`shlashdilar. Chol ularni kuzatib Allohning barakoti ey bolam Safaringiz bexatar bo`lsin ey qizimQopqorong`u, sovuq bir kechada Muso ahli oilasi bilan yo`lga chiqdi. Sahroda milt etgan давоми...

1994 16:16 / 12.12.2021
Muso alayhissalom Allohga duo qildi. Pok Parvardigor Bani Isrol qavmiga bir sigir so`yishni vahiy orqali buyurdi. Xuddi mana shu yerda masala chigallashdi. Bani Isroil yana masxaraomuz savollarini boshlagandi. .Eslang Muso o`z qavmiga .Alloh bir sigir so`yishlaringni buyurdi, deganda ular давоми...

3002 15:00 / 02.01.2023
Aziz bolajonim Bobongiz, buvingiz, otaonangiz yoki boshqa kimdir sizni erkalasa, mahkam quchoqlasa, sayr qildirsa, o`ynatsa, yuzlaringizdan o`psa, chimchilasa, bilingki, ularning qalbiga Alloh mana shunday mehrmuhabbat joylagan. Sizni ko`rganda ichichidan quvonchga, zavqu shavqqa to`ladi.Mehr давоми...

5540 11:03 / 29.01.2019
Аудиолар

120759 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42320 14:35 / 11.08.2021