1445 йил 27 шаввол | 2024 йил 06 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Uylanish

15:00 / 05.12.2021 6042 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Muso qizlarnikida katta hurmat-izzat ko‘rdi. Ular bu g‘arib yigitni xuddi o‘z farzandlaridek ko‘rib izzat-ikrom qilishdi.

Kunlarning birida qiz otasi huzuriga kelib ma'sumalik bilan shunday dedi:

- «Ey ota, uni (ishga) yollagin. Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir».

Chol dedi:

- Ey qizim! Uning kuchli hamda ishonchli ekanligini sen qaerdan bilasan?

- U odamlar bir necha kishilashib ko‘taradigan quduq qopqog‘ini bir o‘zi ko‘tarib qo‘ydi. Shundan bildimki, u juda kuchli yigit. Endi ishonchligiga kelsak, uni chaqirib kelayotganimda oldinda yurdi va yo‘l bo‘yi biron marta menga qaragani yo‘q. Yollangan ishchi va xizmatkor kuchli va omonatdor bo‘lmog‘i shart. Chunki zaif xizmatkor yaxshi ishlay olmaydi. Sadoqatsiz xizmatkor esa kuchli bo‘lsa ham xiyonati sababli xojasiga zarar yetkazadi.

Qizining taklifi otasining ham ko‘nglidan o‘tgandi. Lekin u masalaga ota sifatida, ko‘pni ko‘rgan oqil keksa kishi sifatida yondoshardi.

Chol o‘z-o‘ziga dedi:

«Mana shu yigitni o‘zimga kuyov qilib olsam-chi?! Axir undan munosibroq yigitni yana qaerdan topaman. Madyanda unga ahl bo‘ladigan biror kishini bilmayman! Shoyad Alloh menga uni kuyov va ko‘makchi bo‘lsin, deb yuborgan

bo‘lsa!»

Chol viqor, mehribonlik va hikmat ila so‘z boshladi. «(Ey Muso, agar rozi bo‘lsang) menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman». Mana shu sening mahring bo‘ladi. Ammo sakkiz yil ishlab berishing shartdir.

Endi, agar o‘n yilni to‘latsang (ya'ni to‘liq o‘n yil ishlab bersang) sen tomoningdan (bizga marhamat bo‘lur). Men seni qiynashni istamayman. Inshaalloh, sen mening solih kishilardan ekanligimni ko‘rursan».

Yigit qizini olib ketgach, chol o‘zining yolg‘iz qolib ketishidan cho‘chidi. U Musoni yaxshilab bilib olmoq niyatida edi. Qachon xotirjam bo‘lsa shundagina topshirar edi.

Muso bunga rozi bo‘ldi va buni Alloh tomonidan deb bildi.

Albatta Alloh bunda uning uchun baraka beradi. Alloh taolo Musoni Madyanga, bu nuroniy keksaga o‘zi yetkazdi.

Uning qalbida bu g‘arib yigitga nisbatan muhabbat va mehribonlik uyg‘otdi.

«(Muso) dedi: «Mana shu sen bilan mening o‘rtamizdagi (bitimdir)».

Muso cholning taklifiga rozi bo‘ldi. U o‘z haqqini muhofaza qilish niyatida aql va hikmat bilan shunday dedi.

«Ikki muddatdan qay birini ado qilsam bas, menga zo‘rlik qilinmas. Alloh aytayotgan so‘zimizga guvohdir».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
14Nuh alayhissalom qavmini, iymon keltirib, Allohga ibodat qilishlari va butlarni tark qilishlari uchun ko`p harakat qildi. Lekin qavmidan baaposzilaridan boshqa hech kim Nuh alayhissalomga iymon keltirmadi. Unga baaposzi bir qo`l mehnati bilan mashg`ul bo`lgan, halol luqma yeydiganlardan boshqa давоми...

2552 11:08 / 08.12.2019
Qadrli bolajonlar, bugun siz bilan birovning uyiga yoki xonasiga kirish uchun ruxsat so`rashni o`rganamiz. Siz kimningdir xonadoniga borganda kirish uchun, avvalo uy egasini chaqirish kerakligini bilasiz. Eshik ochiq bo`lsa ham, ichkaridan uy egasini chaqirmasdan kirib ketish mumkin emas. Buni давоми...

3480 14:40 / 01.04.2019
Yangi topilgan va chiroyli bola qasrning quvonchi va xonadonning ovunchog`iga aylandi. Qasrdagi har bir kishi bolani suyub erkalatar hamda yaxshi ko`rib, maqtar edi. Chunki malika bu bolani qattiq yaxshi ko`rardi. Shundan keyin Bani Isroillik jajji go`dakni saroy bekalari va xizmatkorlari qanday давоми...

2091 14:00 / 12.09.2021
Bani Isroilning dengiz o`rtasidan ochilgan yo`ldan sog`omon o`tib ketganini ko`rgan Fir`avn o`z qo`shiniga qarab dedi Qaranglar Qochoqlarni tutmog`im uchun mening amrimga bo`ysunib dengiz yorildi Fir`avn qo`shini bilan olg`a intildi. Bani Isroilni yana qo`rquv qamradi. Zolim dushman biz tomon давоми...

2472 11:00 / 28.08.2022
Аудиолар

120911 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

42475 14:35 / 11.08.2021